1-tayanch-harakat tizmi uchun mashqlar
2-joyida yurish turlari
3-raqs qadamlari
4-6 umumiy ta`sir etuvchi mashqlar
Asosiy qism
(Dastlabki xolat mashqlari)
6
9
1-bo`yin mushaklari uchun
2-3 qo`llar va yelka-kamar uchun
4-6 tana qismlari uchun
7-9 oyoqlar uchun mashqlar
Turli xil yugurish va sakrashlar
2
-
Har xil turdagi yugurish va sakrash
Asosiy qism (o`tirish va yotishning dastabki xolatlaridan mashq qilish)
6
9
1-qo`llar
2-gavda
3-tos-son
4-qorin pressi uchun mashqlar
5-oyoqlar
6-umumiy ta`sir etuvchi mashqlar
7-qorin pressi uchun mashqlar
8-oyoqlar
9-umumiy ta`sir etuvchi mashqlar
Yakuniy qism;
2
3
1-egiluvchanlik sifatini rivojlantiruvchi mashqlar
2-tiklovchi
3-nafas mashqlari
JAMI
20
27
2) asosiy qismda bajariladigan mashqlar ketma-ketligi majmuaning tarkibilari turli mushak guruhlarini mashq qildirishga qaratilganligi bilan belgilanadi.
O`rgatish jarayonida samarali bo`lgan va amalda yaxshi tashkil etilgan tana qismlari uchun "yuqoridan - pastga" ishlash ketma-ketligi bo`yicha: dastlabki holatda bo`yin, qo`l va yelkama-kamar, gavda va tos-son, oyoq mushaklari uchun mashqlarni muntazam ravishda ketma-ket bajarishni o`z ichiga oladi. (9- jadvalga qarang.).
Ritmik gimnastika quvnoqlik, xushchaqchaqlik va mustaqillikni rivojlantiradi, harakatga tabiiy ishonch va qulaylik beradi. Har bir harakatning muvaffaqiyatli hisoblangan ko`rinishi bolalarning ritmik gimnastikaga bo`lgan qiziqishini sezilarli darajada oshiradi.
Bolalarga mos mashqlarni tanlab, turli tabiat hodisalari, hayvonlarning ko`rinishlarini va harakatlarini taqlid qilishlari mumkin.
13-Mavzu:Stretching Fitbol (katta diametrli to`plar mashqlar) Reja 1- Fitbol (katta diametrli to`plar mashqlar) 2- Fitboll-gimnastika majmuasi tarkibi 3- Fitbol mashqlari turli xil dastlabki xolatlardan Stretching mashg`ulotlari Hindiston va Xitoy sog`lomlashtirish gigienik gimnastikasining qadimiy tizimlariga asoslangan. Bugungi kunda birinchi marta amerikalik shifokorlar Bobat va Kabash tayanch-harakat tizimlarini travmatik reabilitatsiya qilishni rivojlantirish uchun bunday mashqlarni davolash vositasi sifatida qo`lladilar. 1980-yilning boshida bu usul shved va amerikalik mutaxassislarning asarlarida bayon etilgan va bu termin sport faoliyatida ham qo`llanilmoqda. Shu bilan birga, uning nomi «strec» «cho`zish» degan ma`noni anglatadi.
Stretching usulining mohiyati shundaki, bolaning ma`lum bir mushak guruhini cho`zib, shu holatni saqlab tura oladi va bu holatda bir muddat qoladi.
Bunday mashqlar mushaklarning tonusini bir me`yorda tutishiga, muskul, bo`g`imlarning qayishqoqligi, tayanch harakat tizimining umumiy holatini yaxshilashga yordam beradi. Barcha harakatlar katta amplitudada lekin sekin sur`atlarda bajarilishi kerak, bu esa bo`g`imlarning harakatchanligini oshiradi va bola tanasiga yengillik, va qulaylik hissini beradi.
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida, odatda, o`yin stretchinglari usuli qo`llaniladi. Mashqlar musiqa ostida amalga oshiriladi. Har bir mashg`ulotda ajoyib sahna ko`rinishi shaklida hikoya - rol o`yinlari tashkil etiladi. O`yin mashqlarning davomiyligi mayin musiqa tinglash bilan hissiy jihatdan uyg`un amalga oshiriladi. O`yinning maqsadi beriladigan vazifa va yuklamalar bolaning barcha mushaklarida bir xil taqsimlanishini nazarda tutadi.