Professor- o‘qituvchilarning familiyasi, ismi va sharifi
|
Lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni
|
Shtat birligi
|
O‘quv yuklama hajmi (jami soat)
|
1.
|
Babaxolov SH.B.
|
I.f.f.d (PhD) katta o‘qituvchi
|
|
|
2.
|
Hasanov Sh.T
|
I.f.d professor
|
|
|
4.
|
Qalandarov R.X.
|
Katta oʻqituvchi
|
|
|
6.
|
Nurullayev U.U.
|
Assistent
|
|
|
7.
|
O‘razov J.S.
|
Assistent
|
|
|
8.
|
Pardayev X.A.
|
Assistent
|
|
|
9.
|
Muradov SH.A.
|
Assistent
|
|
|
10.
|
Saydullayeva F.J
|
Assistent
|
|
|
11.
|
Ismailov A.I
|
Assistent
|
|
|
12.
|
Ilashov B.SH
|
Assistent
|
|
|
13.
|
|
|
|
|
14.
|
|
|
|
|
15.
|
|
|
|
|
16.
|
|
|
|
|
17.
|
|
|
|
|
18.
|
|
|
|
|
19.
|
|
|
|
|
20.
|
|
|
|
|
21.
|
|
|
|
|
22.
|
Vakansiya
|
Assistent
|
|
|
Kafedra bo‘yicha jami:
|
|
|
Kafedrada 2023-2024 o‘quv yilida 20,5 shtat birligi bo‘lib hozirgi kunda 13,25 shtat birligi professor-o‘qituvchilarga taqsimlab berilgan qolgan 7,25 shtat birligi vakantsiya holida.
Kafedra professor-o‘qituvchilari Iqtisodiyot va boshqaruv hamda Agrobiologiya fakultetining barcha ta’lim yo‘nalishlariga ma’ruza, amaliy va seminar darslari o‘tadi.
Yangi o‘quv yili boshlanishida kafedrada o‘tiladigan barcha fanlar reja asosida mavzularga bo‘linib, har bir mavzu uchun kerakli soatlar ajratilgan. Shuningdek, butun o‘quv yili davomida talabalar bajarishi shart bo‘lgan mustaqil ishlar ro‘yxati va o‘tish vaqti belgilandi.
Kafedra xodimlari Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti tomonidan tuzilgan uslubiy ko‘rsatmalar va ma’lumotlaridan foydalanishadi.
Bo‘lajak iqtisodchilarga chuqur bilim berishda, ularni yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun asosiy darsliklardan tashqari, eng sifatli va zamonaviy ma’lumotlarga ega bo‘lgan manbalardan va xorijiy adabiyotlardan hamda tavsiyanomalardan foydalaniladi.
2. USLUBIY ISHLAR
Kafedrada uslubiy ishlarni yaxshilash maqsadida doimiy ravishda yig‘ilishlar o‘tkazilib turiladi. Bunda, asosan o‘quv-uslubiy masalalar, tarbiyaviy, ilmiy tadqiqot ishlari va boshqa bir qator muamolar hal etiladi.
Barcha uslubiy ishlar yuqori tashkilotlardan kelgan qarorlar asosida institut rektori, fakultet dekanati bilan hamkorlikda bajariladi. Ushbu tashkilotlar ko‘rsatmalari asosida kafedra ish rejalariga o‘zgartirishlar va tuzatishlar kiritiladi.
Kafedradagi barcha fanlardan amaliy va laboratoriya ishlanmalari, tarqatma materiallar tayyorlanib, chop ettiriladi.
Kafedrada o‘tiladigan barcha fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari va ma’ruza matnlari ko‘rib chiqilib, ularni ko‘pchiligi qaytadan tuziladi. Amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy ko‘rsatmalar tasdiqlandi.
Kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha o‘quv uslubiy majmualar (O‘UM) tayyorlanib, institut ARM ga hamda ZIYONET.UZ saytiga joylashtiriladi.
Kafedra mudiri, barcha o‘qituvchilar bir-birlarining ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlariga ogohlantirishsiz kirishi tashkil etilgan bo‘lib ular kafedra yig‘ilishida muhokama qilinib, yutuq va kamchiliklari har bir o‘qituvchiga ko‘rsatib o‘tiladi.
3. KAFEDRA O‘QUV BAZASI
Kafedrada jami 7 ta xona mavjud bo‘lib, shundan 2 tasi ma’ruza xonasi 2 tasi seminar xonasi 2 ta professor-o‘qituvchilar xonasi va 1 ta kafedra mudiri xonasi mavjud. Mazkur o‘quv xonalari va professor-o‘qituvchilar xonasi o‘quv yili davomida zamon talablariga mos ravishda jihozlanib boriladi.
4. ILMIY TADQIQOT ISHLARI
Kafedra yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv yili davomida turli respublika va xorijiy ilmiy loyihalar tanlovida ishtirok etish talab etiladi. Yosh pedagog kadrlarni ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish va turdosh OTM larida salohiyatli professor-o‘qituvchilar rahbarligida ilmiy-tadqiqot ishlari mavzularini rasmiylashtirishi rejalashtiriladi. Bundan tashqari respublikada, xorij jurnallarida va turli ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirokini kuchaytirish lozim.
5. TARBIYAVIY ISHLAR
Kafedra xodimlari fakultetimiz ta’lim yo‘nalishlaridagi talabalarga ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy va jamoat ishlarni olib borishda faol qatnashib, yetuk kadr kamol topishi bilan bir vaqtning o‘zida, ular mustaqil Respublikamizning har tomonlama vatanparvar, komil insonlari bo‘lib yetishishlariga o‘z hissalarini qo‘shib borishadi.
Shuni nazarda tutgan holda, barcha o‘qituvchilarimiz har bir dars soatlarini tarbiyaviy ishlar bilan qo‘shib olib borishadi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari fakultetga biriktirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasiga asosan guruh talabalari bilan birgalikda yurtimizning qadimiy, tarixiy obidalariga va tarixiy muzeylarga boradilar. Bu haqdagi ma’lumotlarni institutimizning yoshlar bilan ishlash bo‘limiga taqdim etishadi.
6. ISHLAB CHIQARISHGA ILMIY - AMALIY YORDAM
Kafedra professor-o‘qituvchilari doimiy ravishda respublika hamda viloyatimiz miqyosida tashkil etiladigan turli tadbirlar hamda iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy tekshirish institutlari va ilmiy hamda ta’lim dargohlari bilan ilmiy, ijodiy aloqada bo‘lib, ularga har xil muammolarni hal qilishda yordam ko‘rsatib kelishadi.
Kafedra xodimlari o‘quv yili davomida reja va hukumatimizning qaror, farmonlari asosida ishlab chiqarishga yordam beradilar.
Mavsumiy ishlarda ilmiy amaliy seminarlar o‘tkazish hamda ommaviy axborot vositalarida yoritish.
Kafedra mutaxassisliklariga mos bo‘lgan tashkilotlar, qo‘shma korxonalarga, yakka tartibda maslahat so‘rab kelgan shaxslarga amaliy yordam ko‘rsatish.
2023-2024 o‘quv yilida Iqtisodiyot va biznes kafedrasi yig‘ilishlarining rejasi
1 – yig‘ilish. Avgust 2023 yil
1. Kafedraning ish rejasini va o‘tiladigan fanlar bo‘yicha professor-o‘qituvchilar taqsimoti, yangi o‘quv yiliga ND, IO‘D, O‘UMlarini elektron modulini yaratish va tasdiqlash.
2. Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik masalalari boʻyicha Institutda, fakultet miqyosida olib borilayotgan ishlar boʻyicha axborot.
3. Kafedra professor-o‘qituvchilarining ish rejalarini tasdiqlash va ijro-intizom va uning bajarilishi to‘g‘risida.
4. Kafedraga olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar rejasini muhokamasi to‘g‘risida
5. Turli masalalar.
2 – yig‘ilish. Sentyabr 2023 yil
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasiga oid Farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari ijrosini ta’minlash to‘g‘risida
2. Kafedra professor-oʻqituvchilarining oʻzaro darslarga kirish rejasini tuzish va tasdiqlash
3. Kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ish rejalarini muhokama qilish va tasdiqlash.
4. Kafedra professor-oʻqituvchilarining 2023-2024 oʻquv yilida malaka oshirish kurslariga yuborish toʻgʻrisidagi grafiklarni tasdiqlash.
5. Turli masalalar.
– yig‘ilish. Oktyabr 2023 yil
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasiga oid Farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari ijrosini ta’minlash to‘g‘risida.
Kafedrada ilmiy to‘garaklar faoliyati, iqtidorli talabalar bilan ishlash to‘g‘risida.
Kafedra oʻqituvchilarining talabalari bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar toʻgʻrisida.
Turli masalalar.
Dostları ilə paylaş: |