Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti



Yüklə 21,02 Kb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü21,02 Kb.
#170021
1   2   3
2-son bayonnoma

I.Eshitildi: Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan majlis raisi i.f.f.d (PhD) Sh.Babaxolov so‘zga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasiga oid Farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari ijrosini ta’minlash toʻgʻrisida axborot berdi.
Qaror qilindi:

  1. Kafedra mudirining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasiga oid Farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari ijrosini ta’minlash toʻgʻrisidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Qaror ochiq ovoz berish yo‘li bilan bir ovozdan ma’qullandi.


II. Eshitildi: Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan majlis raisi i.f.f.d (PhD) Sh.Babaxolov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil
29-avgustdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi 464-I-sonli Qonuni 5-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi
20-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutiga tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak ahloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni jalb qilish, ularning malaka ko‘nikmalarini oshirish hamda pedagogik mahoratini yanada rivojlantishish maqsadida kafedraga yangi ishga qabul qilingan yosh kadrlar, stajyor-o‘qituvchilar hamda ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro darslarga kirish rejasi tuzib chiqilganligi hamda tasdiqlanganligi toʻgʻrisida axborot berdi.
Muhokama uchun so‘zga chiqdilar:
Eshitildi: Katta oʻqituvchi X.Pardayev so‘zga chiqib, o‘zaro darslarga kirish rejasi to‘g‘ri joriy qilinganligi, pedagogik mahoratni oshirib borishda tajriba almashish imkoniyati tug‘ulganliginini e’tirof etdi. Shu bilan birgalikda, yosh o‘qituvchilarga ochiq darslarni tashkil etishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi haqida tushunchalar berib o‘tdi.
Qaror qilindi:

  1. Kafedra mudiri Sh.Babaxolovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Professor-o‘qituvchilarning o‘zaro darslarga kirish jarayonlari tasdiqlangan rejada ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi nazoratga olinsin.

Qaror ochiq ovoz berish yo‘li bilan bir ovozdan ma’qullandi.



Yüklə 21,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin