III. Eshitildi: Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan majlis raisi i.f.f.d (PhD) Sh.Babaxolov so‘zga chiqib, har bir oʻqituvchi 2023-2024 o‘quv yili uchun ilmiy-tadqiqot ish rejalarini alohida shakllantirib qoʻyishi talab etilishini aytib o‘tdi. Shuningdek har bir professor-o‘qituvchining 2023-2024 o‘quv yili uchun ilmiy-tadqiqot ish rejalari o‘rganilib chiqildi.
Bundan tashqari, majlis raisi i.f.f.d (PhD) Sh.Babaxolov tomonidan: kafedrada 2023-2024 oʻquv yilida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini jadallashtirish maqsadida har haftaning shanba kuni “Doktarantlar maktabi” ilmiy seminarini tashkil etilash taklifi berildi.
Muhokama uchun so‘zga chiqdilar:
Eshitildi: Katta oʻqituvchi Sh.Muratov so‘zga chiqib, bu masala ham toʻgʻri ta’kidlanib oʻtilganligini, har bir professor-oʻqituvchi pedagogik faoliyati bilan bir qatorda oʻzining ilmiy-tadqiqot faoliyatini ham birga olib borishi kerak ekanligini takidlab o‘tdi. Shuningdek, OAK ro‘yxatidagi jurnallarda, Scopus/WoS bazasidagi jurnallarda, Xalqaro anjumanlarda va Respublika miqyosidagi o‘tkaziladigan milliy anjumanlarda chop ettiladigan ilmiy maqola va tezislarning har biri etiborga olinishini eslatib o‘tdi.
Shu bilan birgalikda, “Doktarantlar maktabi” ilmiy seminarini tashkil etilashini qo‘llab-quvatlab, ilmiy-tadqiqot ishini olib borishda va boshlashda o‘zaro fikr almashinishlar muhum ro‘l o‘ynashini takidlab o‘tdi.
Qaror qilindi: Professor-o‘qituvchilarning 2023-2024 o‘quv yili uchun ilmiy-tadqiqot ish rejalari tasdiqlansin.
2023-2024 oʻquv yilida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini jadallashtirish maqsadida har haftaning shanba kuni Kafedra qoshida “Doktarantlar maktabi” ilmiy seminarini tashkil etilsin
Qaror ochiq ovoz berish yo‘li bilan bir ovozdan ma’qullandi.
IV. Eshitildi: Kun tartibidagi to‘rtinchi masala yuzasidan majlis raisi i.f.f.d (PhD) Sh.Babaxolov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 27-avgustdagi PF-5789-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 23-sentabrdagi 797-son qarori ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy bilimi, ko‘nikmalari va mahoratini uzluksiz yangilab borish, zamonaviy talablarga muvofiq oliy ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni oshirish, qayta tayyorlash va malaka oshirish maqsadida kafedrada asosiy shtat birligida faoliyat olib borayotgan F.Saydullayeva hamda B.Ilashov nomzodlarini 2024-yil mart va aprel oylarida malaka oshirish kurslariga yuborish rejalashtirilganligini ma’lum qildi.
Qaror qilindi: Kafedra mudiri Sh.Babaxolovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Qaror ochiq ovoz berish yo‘li bilan bir ovozdan ma’qullandi.
Majlis raisi Sh.B.Babaxolov Majlis kotibi E.Z.Nortoshev