MIRZO ULUG’BEK (1394-1449) Buyuk munajjim, davlat arbobi, ilmfan va madaniyat homiysi, o’z davrida Samarqandda rasadxona qurdirib, astronomik maktab yaratgan olim. Ilmiy merosining gultoji — «Ziji jadidi Ko’ragoniy» asari bo’lib, «Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola», «To’rt ulus tarixi» asarlari ham uning qalamiga mansub. Zero, Sohibqiron o’z bunyodkorlik maqsadiga erishish uchun sobitqadamlik bilan harakat qilgan. Jumladan, bu haqda «Temur tuzuklari»da yozganidek «Biror ishni bajarishni o’ylasam butun zehnim, vujudim bilan bog’lanib, bitirmagunimcha undan qo’limni tortmadim»1, degan so’zlari bugun ham ibratlidir.
Uning Movarounnahr, Xuroson va boshqa joylarda bunyod etgan inshootlari, Temuriylar sulolasi davridagi madaniyat, fan va adabiyot sohasidagi yutuqlar bunga misol bo’la oladi. Barcha davrlarda va turli xalqlar tarixida milliy g’oya va mafkura o’zida gumanizm talablarini, xalqning iroda va intilishlarini aks ettirgan taqdirda jamiyatni birlashtirib, uning salohiyati va imkoniyatlarini to’la yuzaga chiqarishda beqiyos omil bo’ladi.
Xind xalqining buyuk farzandi Mahatma Gandi (1869 1948) o’z ma’naviyati, g’oyalari va ilgor qarashlari bilan XX asrning buyuk shaxslariDan biriga aylandi. U mustamlakachilarga qarshi kurashning timsoli edi. U hindlar bilan musulmonlarning o’zaro do’stligini mustahkamlashga intildi. Gandi din bilan siyosatni bir biriga borlashga harakat qildi. Fidoyilik va vatanparvarlik namunalarini ko’rsatdi. Men uyim to’rt tomondan devor bilan o’ralib, derazalarim zich bekitib qo’yilishini istamayman. Barcha mamlakatlar madaniyati uyimga erkin kirib kelishini xohlaymanu, lekin uning oyog’imdan qoqib yiqitishini ham istamayman, degan edi. Darhaqiqat, Mahatma Gandi hind xalqining fidoyi
ALISHER NAVOIY
(14411501) O’zbek mumtoz adabiyotining asoschisi, buyuk mutafakkir va davlat arbobi. O’zbek tili jozibasini o’z «Xamsa»si bilan butun olamga namoyon etgan ulug’ so’z san’atkorining «Badoyi ulbidoya», «Navodir ulnihoya», «Zubdat uttavorix», «Chor kitob», «Majolis unnafois», «Mahbub ulqulub», «Xazoyin ulmaoniy» kabi asarlari ham xalqimiz ma’naviyma’rifiy xazinasidan munosib o’rin egallagan. vatanparvari bo’lib, u boshqa xalqlar ma’naviyati ta’sirida o’z xalqi madaniyati va taraqqiyotining yanada rivojlanishini istar edi.
Masalan, XX asrda dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan yaponcha taraqqiyot modelini olaylik. Yapon milliy mafkurasi «milliy davlatchilik tizimi» (kokutay), «fuqarolik burchi», «yapon ruhi», «tadbirkorlik», «umummilliylik», «fidoyilik», «vatanparvarlik», «paternalizm», «jamoaga sadoqat», «modernizasiya» kabi g’oya va tushunchalarga asoslanib, mamlakat erishgan yuksak natijalarga poydevor bo’ldi.
Shunday bunyodkor g’oyalardan biri Janubiy Koreya mamlakati rivojiga katta hissa qo’shgan fidoyi inson Yong Ki Kimning yuksak g’oyalarga asoslangan vatanparvarlik faoliyati va bunyodkorlik ishlari diqqatga sazovor. O’tgan asrning 30 yillarida «12 oila qishloqda» degan harakatni boshlab, giyoh ham ko’karmagan tashlandiq tepalikni sotib olib,
ZAHIRIDDIN MUXAMMAD BOBUR
(14831530)
Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida munosib o’rin egallagan adib, shoir, olim, yirik davlat arbobi va sarkarda. Uning jahon ommasiga mashhur bo’lgan shoh asari «Boburnoma»dan tashqari, «Mubayyin», «Xatti Boburiy», «Harb ishi» kabi asarlari va go’zal she’riyati mashhurdir. obod qilishga kirishdi.Keyinchalik fermerlar tayyorlaydigan «Kanaan»(imkoniyatlar maktabi) ni
ochadi. U hamisha faqat tashlandiq, giyoh o’sishi qiyin bo’lgan yerlarni olib, obodqilib, odamlarni o’z tashabbusi, g’oyasi bilan orqasidan ergashtirib mamlakat rivoji va obodonligiga o’z hissasini qo’shdi. Bugungi kunda «Kanaan» ta’lim dargohining bosh maqsadi — tinglovchilarda insoniy e’tiqod tuyg’ularini shakllantirish, ularga insoniy fazilatlar komillik o’zaro tenglik birodarlik vatanparvarlik hislarini singdirishdir.Vatan va millat ravnaqi yo’lida fidokorona mehnatqilish, tug’ilib o’sgan Vatanni jondan ortiq sevmoqlik shart ekanligi g’oyasi har bir tinglovchiga singdiriladi. Bitta fidoiy, vatanparvar insonning yuksakg’oyalarga asoslangan ishlari bugungi kunda keng tarqalib Janubiy Quriyaning obod bo’lishiga katta hissa bo’lib qo’shilmoqda.Ozodlik mustaqillik tinchlik adolat, tenglik hamkorlik do’stlik birodarlik hurfikrlilik ma’rifatlik bagrikenglik xalqparvarlik vatanparvarlik insonparvarlik tashabbuskorlik mehnatsevarlik xayrixohlik barqarorlik tadbirkorlik ishbilarmonlik halollik poklik va h.k. bunyodkorlik g’oyalarining ko’rinishlari bo’lsa, kelajakka ishonch, adolat, haqiqatni tan olish, jur’atli bo’lish, sobitqadamlik mehrmuruvvat, sahovatlilik baynalminallik millatlararo do’stlik va birodarlik fidoyilik yurtga sadoqatlilik taraqqiyparvarlik iymone’tiqodlilik vijdon erkinligi, safarbar etish, uyushtirish, farovonlik tashabbuskorlik ezgulik yaratuvchilik fikr erkinligi va Yeoyalar xilmaxilligini tan olish, bagrikenglik bunyodkor g’oyalarga xos xususiyatlardir.
Vayronkor g’oyalar jamiyat, xalq va davlatlarning tanazzuliga sabab bo’ladi, Gayriinsoniy maqsadlarga xizmat qiladi.
Insoniyat tarixida ezgulik va bunyodkorlik G’oyalari bilan yovuzlik va buzgunchilik g’oyalari o’rtasida hamisha kurash bo’lganligi tarixdan ma’lum. Yovuzlik g’oyalari tarixda hamisha salbiy va yovuz kuchlar faoliyati hamda hukmronligini ifodalaydi. Salbiy yurishlarga turtki bo’lgan toyalarga, irqchilik fashizm, terrorizm, mustamlakachilikni targib qiluvchi g’oyalar misol bo’ladi.
Insoniyatning, jumladan, O’zbekistoning bir necha yuz yillik tarixida ham turli bosqinchiliklar oqibatida zulm, zo’ravonlik kulfat uruglarini sochish va qon to’kilishiga sabab bo’lgan buzg’unchi g’oyalar va mafkuralarning halokatli ta’siri bilan bog’liq voqyealar ko’p bo’lgan. Bu g’oyalar o’zlarida mustabidlik intilishlarini goh yashirin, goh oshkora ifodalagan holda amalga oshgan.
Jumladan, bolshevizm bilan bir qatorda, XX asrning boshida mustabid g’oya va mafkuraning boshqa shakli — fashizm paydo bo’ldi.
Fashizm (ital. Fasismo — boglam, birlashma) — Garb mamlakatlarida XX asr boshlaridagi ogir iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy buxronlar davrida vujudga kelgan o’ta tajovuzkor va vayronkor g’oyalar asosida shakllangan insoniyatga qarshi nazariya va amaliyot. U jamiyatda o’ta reaksion va tajovuzkor doiralarning dunyoqarashi va manfaatini ifoda etgan holda, ochiqdanochiq terroristik diktaturaga, zo’ravonlik royasiga tayanadi. Fashizmning muhim xususiyati ochiqdanochiq shovinizm va irqchilik bo’lib, uning mohiyati jamiyatning barcha taraqqiyparvar qatlamlari, ilgor fikrlia’zolariga qarshi kuch ishlatishning eng ogir va zararli shakllarini qo’llash jarayonida yaqqol namoyon bo’ladi. Fagsizm o’z kirdikorlarini yashirish va xaspo’shlash uchun siyosiy tilyog’lamalik yolg’on va bo’htonlardan ustalik bilan foydalanadi. Fashizmning tashqi siyosati bosqinchilikdan va xalqaro terrorchilikdan iborat bo’lib, bunday siyosiy rejimlar XX asrning 30yillarida Italiyada, Germaniyada, Portugaliyada, Ispaniyada va Sharqiy Yevropaning boshqa bir qancha mamlakatlarida o’rnatilgan edi. Fashistlar Germaniyasi militaristik Yaponiya bilan ittifoq tuzib, 1939-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushini boshlagan. Bu urush insoniyatga mislsiz kulfat va falokatlar keltirdi, 50 milliondan ortiq odam halok bo’ldi, yuzlab shahar va qishloklar vayron qilindi.
O’tgan asrning 70yillariga kelib, Portugaliya, Gresiya, Ispaniyada ham fashistik tartiblar barbod bo’ldi. Ammo bugungi kunda ham ba’zi mamlakatlarda (Avstriya, Germaniya va b.) fashistik unsurlarning muayyan darajada faollashuvi kuzatilmoqda. Yangi fashizm g’oyasi insoniyat uchun zararli ekanligini har bir inson anglamosh lozim.
Bolshevizm mafkurasi bo’lgan kommunistik ta’limot xalqlarning milliy-etnik o’ziga xosliklarini yo’qotish, «proletar baynalmilalligi» shiori bilan maydonga chiqqan bo’lsa, fashizm bir hukmron millatning «irqiyetnik sofligi»ni mutlaklashtirishni targibtashviq etdi. U irqchilikning homiysi hisoblanadi.
«Rasizm» so’zi «rasa» (irq) atamasidan kelib chiqqan. Bu atama XVII asrdan boshlab Yevropada «insoniyat nasli»ni turli irqiy guruhlar, jumladan, «oq» va «sariq» irqqa ajratish uchun qo’llana boshladi.
Irqchilik — odamlar o’rtasidagi ijtimoiy tengsizlik bosqinchilik zo’ravonlik va urushlarni kishilarning turli irqlarga mansubligi bilan oqlashga xizmat qiluvchi g’ayri milliy ta’limot.
Irqchilik ta’limoti «oq tanli»larning afzalligi, ularning azaldan «oliy irq» etib tanlangani, boshqa irqlarning esa «oq»larga qaraganda nomukammal yaratilganligi va hamisha taraqqiyotning quyi pogonalarida turishini «asoslab» beradi. Uning asosiy yeoyasi o’zining «ilohiy» tabiatiga ko’ra «oq» irklarni «quyi» irqlar ustidan hukmron qilishga da’vat etishga qaratilgan edi. Irqchilik milliy mansubligi va terisining rangiga ko’ra farqlanib turuvchi kishilarga tazyiq o’tkazish, ularni haqoratlash, urish va o’ldirish kabi harakat hodisalarda yaqqol namoyon bo’ldi. U buyuk davlatchilik ashaddiy shovinizm, «tanlangan» xalqlarning milliy afzalligi g’oyalari bplan chambarchas boglanib ketadi.
Irqchilik ta’limoti boshqa xalqlarga nisbatan bosqinchilik talonchilik amaliyoti bilan yaqindan bog’liqdir. Irqchilik ta’limoti bilan qurollangan fapshstlar Germaniyasi «oriylar irqi» hukmronligini o’rnatish maqsadida jahon urushini boshlagani bunga yaqqol misoldir. Hozir ham reaksion mafkuraga asoslangan kayfiyatdagi ayrim guruhlar, ularning nazariyotchilari irqchilik g’oyalarini targ’ib etib, «qoloq» xalqlarning go’yo mustaqil rivojlanishga ruhiy tayyor emasliklarini da’vo qilmoqdalar. Dunyoning turli mintaqalaridagi bunday qarashlar va harakatlarni xalqlar ozodligini bo’shshga, ular ustidan hukmronlik o’rnatishga intilish deb tushunish mumkin. Sobiq ittifoq parchalanib ketganidan so’ng ba’zi imperiyacha fikrlovchi ayrim siyosatdonlar va ularning nazariyotchilari qarashlarida ham irqchilik kayfiyatlari paydo bo’lganini kuzatish mumkin. Bunday qarashlarning asossiz ekanini hayot ko’rsatmoqda. Ma’lumki, irqlar odamlarning ikkilamchi tashqi nasliy xususiyatlari (badanining rangi yuzbosh tuzilishi kabi belgilari) bir xil bo’lgan, tarixiy davrda shakllangan guruhlardir. Dunyoda yevropalik mo’rul va negrlik belgilariga qarab ajratiladigan uch asosiy irq bor. Insonning jismoniy tuzilish asoslari (suyak mushak miya va tananing boshqa a’zolari) barcha irqqa mansub kishilarda bir xildir. Butun insoniyat yagona biologik turga — «Nomo sapiens»ga mansubdir. Tarixiy taraqqiyot davomida irqlarning aralashuvi — irqiy belgilarning o’zgarishi sodir bo’lib kelgan va u hozir ham davom etmoqsa. Barcha irqlar madaniy taraqqiyotga birdek qobiliyatlidirlar. Irqchilik insoniyatga qarshi g’oyadir. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida barcha irqlar va millatlarning teng huquqliligi belgilab qo’yilgan. Bu qoida jahon hamjamiyatining xalqaro huquq me’yorlariga javob beradi.
Bugungi kunda insoniyatga katta tahdid solayotgan yana bir eng yovuz yuyalardan biri — terrorizmdir. TERRORIZM (lot. Terror — qo’rquv, dahshat) — ma’lum yovuz maqsad yo’lida kuch ishlatib, odamlarni jismoniy yo’q qilishdan iborat bo’lgan g’oyaga asoslangan zo’ravonlik usuli. Ko’rqitish va dahshatga solish orqali o’z hukmini o’tkazishga urinish terrorchilikka xosdir. U iqtisodiy, siyosiy, diniy, royaviy, irqiy, milliy, guruhiy, individual shakllarda namoyon bo’lishi mumkin. Jamiyatga doimiy qo’rquv, fitna, galamislik muhitini vujudga keltirish, zo’ravonlik yo’li bilan jamiyat barqarorligini buzish, gunohsiz kishilar, jumladan, bolalarning halok bo’lishiga olib keladigan siyosiy maqsaddagi o’ldirish va portlatishlar bu mudhish g’oyaning asl mohiyatini tashkil etadi.
Terrorizm harakatlari insoniyat tarixida yangilik emas. U insoniyat hayotiga tahlika va tahdid solib, turli garazli maqsadlarning, g’oyalar va xohish irodalarning timsoli sifatida yashaydi. Terrorizm ma’lum bir guruhning shaxsiy manfaatlari, o’z orzuumidlari va gayriinsoniy xattiharakatlarning majmuasidir. Ayni paytda, u ana shu maqsadlarning amalga oshishi uchun har qanday xunrezliklardan, qotilliklar va zulmdan qaytmaydi.
Terrorizm xattiharakatlarining mazmuni va mohiyati bevosita zo’ravonlik inson hayotiga tahdid va uning huquqlarini poymol etish bilan bogliq bo’lgan. U butun mamlakatni xonavayron qilishga olib kelgan xalq, millat va mamlakat taqdirini butunlay boshqa o’zanga burib yuborib, o’z maqsadi va royalarining ro’yobga chiqishi uchun hyech narsadan tap tortmasdan hokimiyatga erishish da’vosidir. Ayni paytda, u har qanday fikrlash, aqlidrok doirasida ish yuritishdan xoli bo’lgan shafqatsizlik ashaddiy xunxo’rlik jazava va tazyiq bilan yovuz niyatini amalga oshiradigan bir to’da olomon faoliyatidir.
Terrorizm turli mamlakatlarda xilmaxil shakllarda va har xil maqsadlar asosida dunyoga keladi. Ma’lum bir mamlakat xalqlarining dunyoqarashi, ma’naviyruhiy qiyofasi, aniqrogi, ehtiyojlari, turmush tarzi bevosita ana shunday jarayonlarning shaklini, qiyofasini, mohiyatini va rivojlanish jarayonlarini, boshqacha qilib aytganda, evolyusiyasini belgilaydi.
O’zlarining yovuz niyatlariga erishish uchun hokimiyatni Qo’lga kiritishni ko’zlovchi kuchlarning zo’ravonligi va qo’poruvchiligi siyosiy terrorga misol bo’ladi. Siyosiy terrorizm nafaqat jinoyatchi guruhlar, hatto ba’zi reaksion, agressiv ruhdagi rasmiy siyosiy kuchlar tomonidan uyushtirilishi va qo’llanishi ham mumkin.
Chorizm imperiyasining kolonial va shovinistik siyosati, sovet imperiyasining g’oyaviy qatogonlari xalqimizga qarshi o’ziga xos terror edi. Bugungi kunda ham mustaqil rivojlanish yo’lidan borayotgan mamlakatimizga nisbatan g’araz niyat bilan qarovchi «yovuz» kuchlar terrorchilik yo’liChshlan taraqqiyot yo’limizdan chalg’itishga, bizni qaramlikka, asoratga solishga urinmoqsa. Ular vatanfurush xoinlardan ham, terrorchilikni «kasb» qilib olgan, «buyurtma» bo’yicha qo’poruvchilik va bosqinchilik bilan shug’ullanuvchi yollanma xalqaro terrorchi, jinoyatchi guruhlardan ham foydalanmokdalar. 1999 yilgi fevral voqyealari, Amerika Qo’shma Shtatlarida 2001 yil 11 sentyabrda sodir bo’lgan voqyealar, dunyoning turli mamlakatlarida amalga oshirilayotgan xunrezliklar terrorchilar o’z maqsadlari yo’lida hyech narsadan top tortmasliklarini ko’rsatib turibdi.
Mamlakatimiz Prezidenti I.K.Karimov «Nezavisimaya gazeta» (Moskva)ning muxbiri Viktoriya Panfilovaga (2005 yil 14 yanvar) bergan intervyusida: «Xalqaro terrorizm» tushunchasi 2001 yilning 11 sentyabridan ayniqsa urf bo’ldi. Biroq bundan ancha avval ham Italiyada «Qizil brigadalar» va Germaniyada «Baodermayn xof» bir paytlar tinchlikni talab qiluvchi tashkilot sifatida matbuotga chiqqan, bugunga kelib esa eng ashadsiy terrorchilar, qotillar va zo’ravonlarni yetkazib beradigan tashkilotga aylangan. «Hizbut tahrir»ni misol qilib keltirish mumkin. Shu sababli ham bizning ishonchimiz komilki, avvalambor, terrorchilar tomonidan yoshlarning ongiga singdirib, ularni elaktirishtirib ishlarga tortadigan yovuz mafkuraga qarshi keskin kurash olib borish kerak. «Terrorchilikka qarshi kurashda bizning prinsipimiz nuqtai nazarimiz o’zgargani yo’q» — deb ta’ki dl aydi:.
Darhaqiqat, terrorizm qanday bayroq ko’tarib chiqmasin,kanday shiorlar bilan niqoblanmasin, uning reaksion, jiyaoyatkorona mohiyatini farqlab olish, yovuz niyatini ochib tashlash ongli, hur fikrli insonning, har bir vatanparvar fuqaroning burchidir.
Yovuz g’oyalardan yana biri buyuk davlatchshshk shovinizmi va agressiv millatchilikdir.
Buyuk davlatchilik shovinizmi — bir davlatning boshqa davlat yoki davlatlar ustidan siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy va harbiy hukmronligini o’rnatishga qaratilgan nazariya va amaliyot.
Xususan, XIX asr oxiridan boshlab Rossiya imperiyasining hukmron doiralari boshqa xalqlarga, jumladan, O’rta Osiyo xalqlariga nisbatan ana shunday siyosat olib borganlar. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrlarda ham bir qancha mamlakatlar buyuk davlatchilik siyosatini xilmaxil ko’rinishda olib bordilar.
Prezident I.A.Karimov o’zining «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik xavfsizligimizga tahdid solayotgan muammolardan biri ekanligini alohida ta’kidlagan: «O’tgan mustaqil rivojlanish yillari davlatimizning suvereniteti va barqarorligiga tahdid saqlanib qolmoqda, deb aytish uchun asos bo’la oladi. Bu tahdid buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik ruhidagi shiorlarda, bildirilayotgan fikrlarda, sharhlarda va muayyan hattiharakatlarda namoyon bo’lmoqda»1.
Buyuk davlatchilik shovinizmi gayriinsoniy xususiyatga ega bo’lib, boshqa xalqlarni qaram qilish, iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayotda ularni kamsitipshing o’ziga xos shaklidir.
Shovinizmning tarixan halokatli ekanligiga sabab shuki, Haddan tashqari kuchayib ketgan va ayniqsa, o’z milliy mumtozligiga ishonishga asoslangan buyuk davlatchilik zo’ravonlik asosiga qurilganligidadir. Bu esa, o’z navbatida, buyuk Davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilikni ifoda etuvchi davlatlarning o’zida ko’plab qurbonlar va yo’qotishlarga olib keladi.
Shu bois aytish mumkinki, shovinizm, pirovardida, davlatning o’ziga zarba beradi, uning poydevorini kuchsizlantiradi, ichki ziddiyatlarni kuchaytiradi. U jamiyatni parchalab yuborishga va uning uchun ogir bo’lgan oqibatlarni keltirib chiqarishga qodir. Garchi tarixiy davrlari va shartsharoitlari turlicha bo’lsada, Rim, Usmonlilar, Germaniya hamda Rossiya va Sovet imperiyalarining tarixidan bunga ko’plab misollar topish mumkin.
Shovinistik kuchlar butungi kunda, birinchidan, mamlakat aholisiga axborot orqali va mafkuraviy yo’l bilan tazyiq o’tkazish, ikkinchidan, mintaqa davlatlari ichida ziddiyatlarni yuzaga keltirish, uchinchidan, jahon afkor ommasida O’zbekiston haqida noto’g’ri tasavvurlarni shakllantirishga harakat qilmoqda. Bu yo’lda ular xilmaxil usul va vositalardan foydalanmoqdalar.
Buyuk davlatchilik shovinizmi ham jaholatning bir ko’rinipsh. Unga qarash faqat ma’rifat bilan kurashish mumkin. Bunda, ayniqsa, xalqaro hamjamiyat, jumladan, uning teng huquqli a’zosi bo’lgan har bir davlat bilan o’zaro manfaatli aloqalar o’rnatish yaxshi omil bo’lib xizmat qiladi. Ana shundagina mintaqamiz hyech qachon sivilizasiyalar to’qnashmaydigan, balki ular birbiriga ijobiy ta’sir etib, birbirini boyitadigan makonga aylanadi.
Diniy aqidaparastlik esa siyosiy maqsadlar yo’lida mavjud ijtimoiy muammolarni ilk ya’ni mazkur din paydo bo’lgan paytdagi arkonlar asosida hal etmoq niyatidagi harakat va qarashlardan iborat.
Aqidaparastlar diniy e’tiqod shakllanishining boshlangich davrida belgilangan, o’sha zamondagi siyosiyijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarga mos bo’lgan barcha yo’lyo’riqlarning qat’iy hamda ogishmay bajarilishini talab qiladilar va shu tariqa diniy oqimlarni ifodalashda qo’llanadigan islohot shaklini shart qilib qo’yadilar.
Islom arkonlarini niqob qilib olgan aqidaparastlarning asosiy g’oyasi — «sof islom» qat’iyatlariga (prinsiplariga) qaytish, maqsadi esa islomiy davlat joriy etishdan iborat. Aqidaparast guruhlar haqiqatni tushuntirish, ishontirish kabi usullar orqali targib etishni tan olmaydi. Ular o’z g’oyalari bid’atli, g’ayriinsoniy bo’lishiga qaramasdan, o’ta johil va boshqalarga nisbatan murosasiz munosabatda bo’ladilar. O’zini shak-shubhasiz haq deb bilish, haqiqatni faqat men bilaman, degan qarashga asoslangan manyadanlik esa, zo’ravonlikni yuzaga keltiradi. Ya’ni, aqidaparastlik ekstremizning paydo bo’lishiga zamin yaratadi.
O’zbekistonda diniy ekstremizm va aqidaparastlikning islom dini niqobidagi ekstremizmi va aqidaparastligi shakli mavjud va aynan shu omil milliy xavfsizligimizga taxdiddir. Aqidaparastlarning g’oyalari o’ta zararli bo’lib, ularning fikricha, biz millatimizni jahonga tanitgan allomalarimiz Xorazmiy, Beruniy, Forobiy, Ibn Sino, Navoiy, Ulugbek va tariximizdagi barcha ulur zotlardan mahrum bo’lishimiz kerak. Chunki aqidaparastlar nazarida qayerda tasavvuf bo’lsa, komil inson g’oyasi bo’lsa, bularning barchasi islomga va bizga yot va begona emish. Ular komil insonni kufr, deb bilishadi. Ularning fikricha, inson komil bo’lishi mumkin emas. Imom Termiziy, Najmiddin Kubro, Abdulxoliq G’ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy singari buyuk zotlar, jumladan, otabobolarimiz xilxonalarini va muqaddas joylarni tavof va ziyorat qilmaslik kerak emish. Bularning barchasi bizning turmush tarzimiz, milliy xususiyatlarimiz, an’analarimiznigina emas, xalqimizning o’ziga xos psixologiyasini ham barbod qilishga qaratilgandir. Tasavvufning komil inson g’oyasida insonning erki va taraqqiyoti ifodalanganligi diniy aqidaparastlar g’azabini keltiradi. Aqidaparastlik — jaholatdan boshqa narsa emas. U insonni bir mute, qul, taqdirning o’yinchog’i deb qaraydi, inson qalbi, ma’naviy ehtiyojlari bilan mutlaqo hisoblashmaydi.
Fundamentalistlar esa tasavvuf ta’sirida shakllangan adabiyot, falsafa, san’atdan ham voz kechish, umuman aql va his bilan yaratilgan barcha narsalarni yo’q qilishni talab qiladilar.
Aqidaparastlik va fundamentalizmning namoyon bo’lishini dunyoning ba’zi mamlakatlarida bugungi kunda mavjud Hukmron dindan boshqa dinni tarshb qilganlar jazolanganligi, boshqa din va uning madaniy yodgorliklariga murosasiz Munosabatda bo’lib, uni yo’q qilishga urinishlarida ko’rishimiz mumkin. Masalan, Afgoniston hududidagi buddizm Diniga mansub 15 asr ilgari bunyod etilgan Bamiyon shahridagi madaniy yodgorliklar ham yo’q qilinishiga fatvo berilib, dunyodagi eng yirik va noyob Budda yodgorliklari tutilib, buzib tashlandi. Bu johilona xattiharakatlar islom dini va tasavvuf ta’limotining o’zga dinlarga nisbatan bagrikenglikka asoslangan munosabatlariga mutlaqo zid bo’lganligi uchun ham butun dunyo musulmonlari va barcha taraqqiyparvar kuchlar tomonidan qoralandi.
Islom dinining tasavvuf ta’limoti ahli esa hayotga va inson masalalariga keng qaraganlar. Bu chin ma’nosi bilan insonparvarlik ta’limotidir. Chunki sufiylar, garchi chin musulmon sifatida shuhrat qozonib, islom dini uchun kurashgan bo’lsalarda, ammo hyech qachon o’zga dinlarni kamsitmaganlar. Shu sababli ham tasavvuf diniy bag’rikenglik ta’limoti, inson kamolotiga yo’l qidirgan hamda jaholatga qarshi kurashib kelgan ma’rifiy ta’limotdir.
Aqidaparastlikka qarshi turadigan kuch — bu ilmma’rifatdir. Asrimiz boshida ham jadidlar yangi maktablar tashkil etib, yoshlarga dunyoviy bilim berib, aqidaparastlikka qarshi kurashgan edilar. Aqidaparastlar «dinni tozalash», «sof dinga qaytish» niqobi ostida tashviqot olib borib, odamlarni tahlikaga solish, qonli jinoyatlar sodir etish, jamiyatni xavf ostiga qo’yishga urinmoqdalar. Ularning bu xattiharakatlari yosh mustaqil davlatimizga ochikdanochiq tajovuzdan boshqa narsa emas, u milliy mustaqilligimizga ham qatta tahdiddir.
Diniy ekstremizm — ma’lum siyosiy maqsadlar yo’lida va din niqobi ostida mutaassiblar yoki ularning irodasiga ko’ra ish ko’ruvchya guruhlar tomonidan olib boriladigan o’ta ashaddiy harakatlar va qarashlar majmuini anglatadi.
Boshqacharoq aytganda, diniy ekstremizm — muayyan diniy yo’nalish va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib unsurlar siyosiy faoliyatining mafkurasi. Bu fikrning isboti sifatida «Musulmon birodarlari» va undan ajralib chiqqan ko’plab diniy ekstremistik ruhdagi guruh va tashkilotlar tayanadigan asosiy g’oyalarni eslab o’tishimiz mumkin.
«Musulmon birodarlari» hyech qanday ma’muriyjugrofiy hududni tan olmaydilar va pirovard maqsadda yer yuzidagi barcha mamlakatlarda yagona musulmonlar birligi va ularning diniy va dunyoviy hokimiyatini o’zida mujassamlashtirgan «xalifa» rahbarligidagi yagona musulmon davlati qurishni ko’zlaydilar. Bu shartni bajarmoq, niyatga yetmoq uchun xar kanday xunrezlikka va birodarkushlikka fatvo beriladi.
Diniy ekstremizm namoyon bo’lishiga ko’ra hududiy, mintakaviy, xalqaro shakllarga bo’linadi. Bunday qarashlar juda qadimiy ildizlarga ega bo’lib, hyech qachon chegara bilmagan, shillat, hududni tan olmagan, diniy ekstremizm barcha dinlar doirasida rivojlangan. Diniy ekstremistlar qayerda va qaysi din bayrog’i ostida faoliyat ko’rsatmasin, asosiy maqsayai diniy davlatni barpo qilish bo’lib, bu maqsadga o’zaro nizolar, ixtiloflar, qurolli to’qnashuvlar orqali, ya’ni qon to’kish va zo’rlik bilan erishishni ko’zlaydilar.
Bu esa mustaqillikka ham, taraqqiyotga ham katta g’ov bo’ladi. Ekstremistik guruhlarning yagona maqsadi hokimiyatni qo’lga olish bo’lib, bu yo’lda ular eng jirkanch usullarni qo’llashdan ham tap tortmaydilar. Bugungi kunga kelib ekstremizm nafaqat islom dunyosida, balki boshqa dinlar tarqalgan hududlarda ham, to’lato’kis namoyon bo’lib qolmoqda.
Dunyoda inson huquqlari va demokratik tamoyillar ustuvor bo’lib borayotgan, qonun hamda xalqaro huquq qoidalari mamlakatlar, xalqlar, davlatlar orasidagi munosabatlarning asosiy tamoyiliga aylanayotgan hozirgi davrda diniy ekstremizmga o’rin qolmayapti. Ammo, bu unga qarshi kurashmaslik hushyorlikni oshirmaslikni bildirmaydi. Mazkur sohada ham Prezidentimiz uqtirganlari kabi ogohlik ezgu g’oyalar yo’lida kurash olib borish hayot va faoliyatning asosiy mezoni bo’lib qolmoqda.
Diniy ekstremizmni keltirib chiqaruvchi sabablar:
dindan foydalanib, dinga aloqasi bo’lmagan siyosiy Hamda boshqa tajovuzlar va maqsadlarni amalga oshirish
uchun intilish;
— dinni niqob qilib, turli siyosiy mojarolar, ziddi
yatlarni keltirib chiqarishga urinish;
— inson, millatlarning o’z taqdirini o’zi belgilash Huquqini emas, balki dinning yashashga bo’lgan huquqini e’tirof etish; dinni dunyoqarash, tafakkurning yagona vositasi deb xisoblash.
O’z-o’zidan ravshanki, bu hodisalar O’zbekistoning mustaqilligini mustahkamlash, uning xavfsizligini ta’minlash zarurligi nuqtai nazaridan qaraganda butunlay zararli g’oyalardir.
Hozirgi kunda bizning turmush tarzimizga, ruhiyatigazga nisbatan qilinayotgan ma’naviyma’rifiy hurujlarning turli usullari tobora noziklashib borayapti. Zararli g’oyalarni turli kinofilmlar, televideniye ko’rsatuvlari va radio eshittirishlari shaklida, gazetajurnallar,! internet tarmog’i va boshqa yo’nalishlarda uzluksiz ravishda tiqishtirib, bizning milliy qadriyatlarimizni barbod etishga, mafkuraviy immunitetimizni susaytirishga, yoshlarimizni soxta g’oyalarning ta’siriga olishga muntazam harakat qilinmoqda. Yot, zararli g’oyalarning mamlakatimizga kirib kelishi xalqning milliy g’oyasini (maqsad va intilishlarini), taraqqiyot yo’lini o’ziga xos va mos bo’lmagan yo’nalishga burib yuborish, mamlakatlarning ijtimoiy, ma’naviy, siyosiy hayotini o’zgartirib yuborishi mumkin. Begona g’oyalarning mamlakatga kirib kelishi va fuqarolar o’rtasida tarqalishi katta xavf, salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini e’tiborga olib, Abu Nasr Forobiy o’z vaqtida begona toyalarning zarari to’grisida: «O’zga, begona g’oyalar kirib kelib, xalqning turmush tarzi, urfodatlari, an’analarini tubdan o’zgartirib yuborishi mumkin»1, deb yozgan edi.
Sobiq ittifoq davrida yurtimizga begona g’oyalar kirib keldi. Begona ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy hayot qaror topdi. Turmush tarzimizdan begona urfodat, an’analar joy oldi. O’zimizga xos va mos bo’lmagan kommunizm toyasi bilan yashay boshladik. Xalqimizning azaliy turmush tarzi, urfodatlari psixologiyasi, qadriyatlari, insoniy munosabatlari, tarbiyasiga o’ta salbiy ta’sir ko’rsatdi.
Bunday g’oyalar inson tabiatiga zid bo’lib, uni salbiy tomonga o’zgartiradi, unda nosog’lom turmush tarzini shakllantiradi, fikrlar xilmaxilligini cheklaydi, qaramlik tobelik mutelik muhitini yaratadi. Milliy tafakkur tarzini o’z negizlaridan begonalashtiradi, begona urfodat, an’analarni targib qiladi, ularning kirib kelishiga muhit yaratadi, mamlakatni, xalqni o’z milliy qadriyatlaridan, oxiroqibat o’z taraqqiyot yo’lidan begonalashtiradi, jamiyatda xalqlar va millatlararo totuvlik dinlararo bagrikenglikka rahna solib, ichki ixtiloflar, parokandalikka olib keladi.
Oilada yoshlarga sog’lom tarbiya berish, fuqarolarning imon e’tiqodini mustahkamlash, milliy gurur va iftixor bilan yashashga erishish, har tomonlama komil shaxslar qilib tarbiyalash, mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, fuqarolar ongida milliy istiqlol g’oyalarini shakllantirish orqali uning oldini olishi mumkin.
Milliy istiqlol g’oyasiga zid salbiy holatlar: Befarqlik maqtanchoqlik xushomadgo’ylik hasadgo’ylik manmanlik haqiqatni mensimaslik tanishbilishchilik mahalliychilik mansabparastlik. Ularni bartaraf etish uchun jamiyatda erkin fikr va fikrlashlar, g’oyalar xilmaxilligi, tanqid va o’zo’zini tanqid muhitini yaratish, demokratiya va oshkoralik muhitini kuchaytirish, sog’lom va erkin raqobat muhitini yuzaga keltirib, jamiyatda ilm-ma’rifatning mavqyeini yanada oshirish zarur.
Kommunistik mafkura iskanjasidan ozod bo’lganimizdan so’ng turli g’oyalar hayotimizga o’z ta’sirini o’tkazishga harakat qilmoqsa. Otabobolarimizdan qolgan buyuk merosni anglay boshlagan bir paytimizda uning barchasini barbod qilishga qaratilgan zararli g’oyalarga qarshi turadigan kuch milliy g’oyadir. Milliy g’oya bugungi kunda xalqimiz, jamiyatimiz uchun hayotiy zaruriyat, mamlakatimizda fuqarolar totuvligi va birdamligini ta’minlaydigan taraqqiyotimizga kafolat bo’ladigan, insonlarga ezgu maqsadlariga erishishda ma’naviyruhiy kuchdir. Milliy g’oya ezgu maqsad yo’lida jamiyat a’zolarini birlashtiradi, ularga ruhiy madad beradi, har qanday ko’rinishdagi zararli illatlarni inkor etadi. Fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi roya bilan, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishga da’vat etadi. Jamiyatda osoyishtalik tinchlik o’zaro ishonch, barqarorlik muhitini yaratishga xizmat qiladi. Shu sababli, milliy istiqlol yuyasi mamlakatimizning buyuk kelajagi poydevorini yaratishda muhim vosita, insonning ongi va qalbini Fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaqolatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zarurligi.