Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva trillionlab mijozlar bazasi bo’lgan tarmoqlararo ma’lumot almashinish imkonini berdi. Atrof-muhitdagi buyumlarni birlashtirish bo’yicha IoT imkoniyatlari ko’lamini ko’rsatish uchun quyidagi ma’lumotlarni keltiramiz: Halqaro simsiz aloqa ilmiy forumi bashoratlariga ko’ra, 2020 yilgacha bitta tarmoqqa ulanadigan buyumlar soni yeti tirillionga yetishi mumkin ekan. Cisco kompaniyasi esa joriy o’n yillikda internetga ulanadigan qurilmalarning sonini pul ko’rinishida $14,4 trillion dollar deb baholadi. Bu kompaniyaning ma’lumotlariga ko’ra, hozircha jahondago 99% fizik qurilmalar hozircha bir-biri bilan ulangan emas, ammo, bu biznesning rivojlanishi va o’sishi uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi. Bularning barchasi kelajakda buyumlar interneti iqtosodiyotining paydo bo’lishiga olib keladi. Buyumlar soni 3-5 ming dona deb hisoblanadi va bu kelajakda 50 trillion buyumlarni bir information tarmoqqa ulanish mumkinligi istiqboliga olib keladi. Shuning uchun ham bir qator ilmiy-tadqiqot kompanyalari va bir qancha ko’zga ko’ringan olimlar buyumlar internetini tizimning yangi rivojlanish bosqichi deb ko’ra boshladilar, chunki bu insonlarni, jarayonlarni, ma’lumotlarni va buyumarni birlashtirish orqali insoniyatga cheksiz imkoniyatlar eshigini ochib beradigan kontsetsiya va bu bilan bog’liq texnologiyalardir. Buyumlar internet kontseptsiyasiga o’tishda tarmoq geterogen infratuzilma bo’lib qoladi. Unda bioalgoritmlarning ishlab chiqarish quvvati an’anaviy marshrutlashtirish algoritmlaridan ancha ko’p miqdorda bo’lib, ular simsiz o’z-o’zidan moslashuvchi sun’iy intellect tizimlarnini ancha mukammallashtirishga imkon beradi. Keyingi yillarda buyumlar internetining alohida tarmoqlarning (sog’liqni saqlash, havfsizlik, shahar infratuzilmasi), biznes-modellarning tijoratlashtirishning rivojlanishiga ta’siri ham kuchaydi. Keyingi paytlarda IoT texnologiyalarning havfsizligini ta’minlashga katta ahamiyat qaratilmoqda, ammo bu ish muammoning taxnologik va huquqiy tomonlari bilan chegaralanib qolmoqda. Bir qancha ilmiy ishlarda esa buyumlar internetining ijtimoiy va ruhiy jihatlariga, shu jumladan, jamiyat, tashkilot va insonga bo’lgan ta’siriga ham e’tibor qaratilmoqda. IoT texnologiyasining tarafdorlari va faol ishlatuvchilari uning rivojlanishiga texnooptimizm nuqtai-nazaridan yondoshadilar va bu texnologiya ta’sirida inson
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva imkoniyatlari cheksiz ravishda kengayishiga astoydil ishonadilar. Haqiqatan ham mashinaviy texnologiyalar va inson imkoniyatlarining birlashishi insoniyat rivojlanishi hamda uning salohiyoti oshishi uchun yangidan-yangi imkoniyatlar yaratadi. Bu soha bo’yicha ko’zga ko’ringan mutaxassis D. Rouzning aytishicha, texnologiyalar vositasida o’zgartirilgan ob’ekt nafaqat yangi kochga ega bo’ladi va o’zining qo’llanilish imkoniyatlarini oshiradi, balki hayotimizni yanada to’liq qiladi. Demak, IoT hayotimizga shunchalik chuqur kirib boradiki, inson uning borligini ba’zida sezmay ham qoladi, bu esa hayotimizni yanada qulay qilishga olib keladi. Ammo buyumlar internet hayotimizni qulay va to’liqroq qilish bilan birgalikda atrof-muhitdagi narsa va predmetlar aktiv agentlarga aylanib qolib, turli xildagi hayotiy xolatlarda inson o’rniga qarorlar qabul qilishni boshlaydilar. Bu esa bir qancha noqulayiklar ham tug’dirishi mumkin albatta. Insoniy va mashinaviy fikrlashning asta-sekin bir-biriga yaqinlashishi va bir-birining o’rnini bosa boshlashi inson hayotining yagonalig, qaytarilmasligi va konfidentsialligiga tajovuz qilgan holda ijtimoiy muammolarning kuchayishga olib keladi. Insonlar orasidagi yaqin aloqalar asta-sekin yoqola boshlaydi, ba’zi bir guruh insonlar exklyuziy shaxslar sifatida hayotdan o’rin ola boshlaydi va shu tufayli jamiyat hayotida keskin qarama-qarshiliklar paydo bo’ladi. Bunday holatdan marketologlar maqsadli segmentlar bilan muloqot qilishda va yangi marketing strategiyasi yaratishda unumli foydalanishlari mumkin. Buyumlar internetining zamonaviy inson identikligini ta’minlash to’g’risida fikrlaganda, ijod masalasini ham alohida ko’rsatish talab etiladi. Buyumlar interneti iqtisodiyoti sharoitlarida inson faoliyatini standartlashtirish, uning faoliyatini modellashtirish kuchayib boraveradi. Ammo endi bu amal insonlar tomonidan emas, balki, biomashinalar va algoritmlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday sharoitlarda insoniy ijod va kreativlikka o’rin qoladimi yoki yo’qmi – buni kelajak hal qiladi. IoT kontseptsiyasini va bu bilan bog’liq bo’lgan texnologiyalarni tadbiq qilish ko’pchilik kompaniya va tashkilotlar uchun misli ko’rilmagan imkoniyatlar yaratib beradi hamda ulardagi boshqaruv funktsiyalarini, faoliyatni tashkil qilishni va joriy faoliyatni tubdan o’zgarib yuboradi. Buyumlar internetini o’z faoliyatiga tadbiq