PHP/MySQL xosting 8. Sharq Telekom http://st.uz/hosting Biznesda: 2003 yildan. Kompaniya Unix platformada virtual xosting, ajratilgan VPS virtual server va co-location xizmatlarini taqdim etadi. PHP/MySQL xosting 9. vClouds https://vclouds.uz Biznesda: 2016 yildan boshlab. IT-infratuzilishni optimallashtirish, rivojlantirish va mijoz AT xarajatlarini kamaytirish innovatsion yechimlarni taqdim etadi. MySQL, PHP, Perl, Python xosting Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 10.Billur http://billur.com Biznesda: 2003 yildan. Avvalgi Active Cloud. Linux va Windows, IaaS, SaaS, SSL sertifikatlar, server ijarasi xizmatlari. Serverlari Uzbekiston va Rossiyada joylashgan. PHP/MySQL xosting Boshqaruv paneli: Plesk Panel 12.5 2 11. AHOST @Host http://ahost.uz Biznesda: 2010 yildan boshlab. Serverlari O‘zbekiston hududida TAS-IX tarmog‘ida joylashgan PHP/MySQL xosting 12. UzScinet https://micros.uz/internet/hosting/web-hosting/ Biznesda: 2009 yildan. SCINET INFO SYSTEMS kompaniyasi Unix platformada virtual xosting, co-location xizmatlari. PHP/MySQL xosting 13. Arsenal D http://arsenal-d.uz Biznesda: 2004 yildan boshlab. Linux operatsion tizimida ish yurituvchi xosting xizmatlari. Shartnoma tuzish minimal muddati 1 yil. MySQL xosting 14. Regname http://regname.uz/ Biznesda: 2012 yildan boshlab. “Qoraqalpog‘iston kompyuterlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi. PHP/MySQL xosting 9.3. Buyumlar interneti (Internet of Things - IoT)ning mohiyati va ishlatilishi Hozirgi paytda biz insoniyat va jamiyat hayotining texnologiyalar bilan boyishining yanada kuchayishiga jonli guvoh bo’lib turibmiz. Informatsion va telekommunikatsion texnologiyalar nafaqat zamonaviy insonning yashash tarzi bo’lib qoldi, balki, u zamonaviy biznes jarayonlarni tashkil qilish uchun zaruruiy bo’lgan texnologik platforma ham bo’lib qoldi. Smartfonlarning faol rivojlanishi, gadjetlar uchun (layfflogging tizimlari va devayslar) mobil ilovalar hosil bo’lishi hozirning o’zidayoq inson hayotining turli jihatlarini tezkor kuzatish, belgilash, fiksatsiya qilish va saqlashga imkon beradi. Bular doimiy kontaktlar ruyhati, ish funktsiyalarining ketma-ket bajarilishi, bank transaktsiyalarini bajarish, oxirgi haridlar haqidagi ma’lumotlardan boshlab to insonning fizik va emotsional holatigacha bo’lishi mumkin. Yangi information texnologiyalar ma’lumotlarni yig’ish, saqlash, agregatsiya qilish va yig’ilgan ma’lumotlarni almashinishni
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva insonning minimal ishtirokida amalga oshirishga imkon beradilar. Shuning uchun ham ushbu texnologiyalar to’rtinchi sanoat inqilobining drayverlari bo’lib hisoblanadilar. Ushbu inqilob masalalariga bag’ishlangan Davos jahon halqaro iqtisodiy forumida muhokama qilingan texnologiyalardan biri buyumlar interneti (The Internet of Things) kontseptsiyasi bo’lib, forumda bu bilan bog’liq bo’lgan masala va muammolar hamda bu texnologiyaning zamonaviy jamiyat iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy landshaftiga ta’siri muhokama qilindi. Bu kontsetsiya nafaqat material dunyo predmetlarini ular orasida ma’lumot almashinish uchun internet vositasida birlashtira oladi, balki insonlarning yashash va ish joylarida o’zlarini qanday tutishlari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishga ham imkon beradi. Davosdagi forum tomonidan tayyorlangan tahlilga ko’ra, buyumlar interneti mobil internet, Big Data, tiklanadigan energiya manba’lari bilan bog’liq yangi materiallar va texnologiyalar, kraudsorsing, peer-to-peer platformalar hamda bulutli texnologiyalar bilan bir qatorda to’rtinchi sanoat revolyutsiyasining top-5 texnologik drayverlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Avvalroq buyumlar internet (IoT) Gartner (Gartner’s 2015 Hype Cycle for Emerging Technologies) ilmiy-tadqiqit kompaniyasi tomonidan ikki ming texnologiyalar orasidagi eng kerakli, mijozlar bilan juda yaxshi teskari aloqani amalga oshirib beradigan, mahsulot va hizmatlarning sifatini yaxshilay oladigan texnologiya sifatida aytib o’tigan edi. Ammo shuni ham aytib o’tish kerakki, IoT kontseptsiyasi oldin ham ba’zi bir texnologik loyihalar (aqlli uy, shahar transportini boshqarishning avtonov tizimlari, zaridlarning individual datchiklari, insonlarning fizik xolatini kuzatib boradigan ilovalar) amalga oshirilganida bir predmetlarni boshqalari bilan ulash vositasi sifatida amalda qo’llanilar edi. Qandaydir muddat davomida bunday loyihalar turli yo’nalishlarda (shahar boshqaruvida, sog’liqni saqlashda, ta’limda, tijoratda) parallel ravishda rivojlangan edilar. Ammo infratuzilmalarning yetarli darajada rivojlanmaganligi va tarmoqlarning quvvati yetarli emasligi ularni birlashtirishga va ma’lumotlarni inson ishtirokisiz bir qurilmadan boshqasiga uzatishga imkon bermadi. O’z-o’zini msolashtiruvchi tarmoqlar va bioalgoritmlardan foydalanuvchi IoT kontseptsiyasining amalga oshirilishi