Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva yaratilgan. Ushbu yangi kriptovalyuta faqatgina yahudiy jamoasi tomonidan boshqariladi, ammo uni istalgan inson sotib olishi mumkin. 2017 yilda jahonda ilk bitkoin milliarderlari ham paydo bo’lishdi. Ular egizak aka-ukalar Tayler va Kameron Uinklvosslardir. Ular 2013 yilda har biri 120 dollardan bo’lgan bitkoinlardan 11 million dollarlik sotib olishdi va shundan so’ng kriptovalyutaning narxi 100 barobarga o’sdi. Natijada aka-ukalar bir yumalab milliarderga aylanishdi. 2018 yil boshida bitkoinning kapitalizatsiyasi 306,5 millard dollarga yetdi.Bunday katta miqdordagi o’sishga bir qancha sabablar mavjud. Masalan, CME va CBOE Chikago birjalarida kriptovalyuta bo’yicha f’yucherslar va optsionlar ishga tushirilmoqda, boshqa bir qancha mamlakatlarda esa kriptovalyutalar tan olinib, ular to’lov vositasi sifatida ishlatilmoqda, boshqa bir davlatlarda esa qonuniy baza ishlab chiqilmoqda. Yana bir sabab, dollarning raqamli analogini chiqarayotgan Tether Ltdkompaniyasi yirik kriptovalyuta birjasi Bitfinex bilan kelishgan xolda ta’minlanuvsiz raqamli dollar chiqarib, ulari bitkoinlarga investitsiya qilmoqda. Undan tashqari, yirik jahon bank sektorlari o’yinchilari, avtomobil ishlab chiqaruvchilar va riteyl-gigant Amazon ham asta-sekin kriptobozorga kirib kelmoqda. 2017 yilning noyabrida Shveytsariyaning Vontobel banki ham bitkoinlar uchun mini-f’yucherslar chiqara boshladi. Yaponiyada esa bitkoin rasmiy to’lov instrumenti sifatida tan olindi. Xindistonda ham kriptovalyutalar boshqaruvi bo’yicha qonunlar ishlab chiqish jarayoni amalga oshmoqda. AQSH bitkoinni birja mahsuloti deb tan olgan va Evropa mamlakatlari ham kriptovalyutani boshqarish bo’yicha tartibotlarni amalga kiritdilar. Kanada va Lotin Amerikasida ham bu xolatlar kuzatilayapti. Bularning barchasi bitkoinning jahon miqyosida tan olinayotganligini anglatadi. Bitkoinlarni ishlatish ruhsat etilmagan davlatlar junlasiga Bangladesh, Boliviya, Ekvador, V’etnam va Qirg’izistonni kiritish mumkin. Ammo Saxo Bank ning valyuta strategi Djon Xardining fikricha, Rossiya va Xitoyning ruxsat berilmagan kriptovalyutalarga ta’qiq qo’yishi natijasida 2018-19 yillarda bitkoinning narxi ancha tushib ketishi mumkin. Natijada uning narxi 2019 yillarga kelib 1000 dollar atrofida stabillashadi. Xozirgi davrda nafaqat investorlar, balki boshqa soha mutaxassislari
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva ham kriptovalyutalar bozoriga katta qiziqish bilan qaramoqdalar. Masalan, TechCrunchning habar berishicha, xakerlar NiceHash kriptobirjasini buzib, undan 60 milliondan ko’proq dollar mablag’ni o’girlashga erishdilar. Natijada 5 mingdan ortiq bitkoin yo’qolishi kuzatildi. Belorussiya davlati “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” deb nomlangan dekret kuchga kirgandan so’ng, milliy darajada smart-kontraktlarni legallashtirgan dunyodagi birinchi mamlakat bo’ldi. Bu haqda Belorussiya Yuqori texnologiyalar parki saytida habar berilgan. Ushbu texnopark tokenlar bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha loyihalarni hayotga tadbiq qilish uchun mo’ljallangan tajriba maydoni hisoblanadi. Mamlakat prezidentining bildirishicha, dekret respublikada information texnologiyalari, kriptovalyutalarni va blokcheyn texnologiyasini rivojlantirishga hamda mamlakatga transmilliy IT-kompaniyalar kelishiga qulay imkoniyatlar yaratadi. Uning aytishicha “Yangi dekret ICO larni, kriptovalyutalarni va smart-kontraktlarni (blokcheyn texnologiyasi asosida kontraktlar tuzish va uni bardavom etishga mo’ljallangan komp’yuter dasturi) qonuniylashtiradi”. Dekret tokenlar yaratish, ularni almashtirish, saqlash, joylashtirish, sotib olish hamda kriptobirjalar va kriptovalyutalar platformalari faoliyatiga doir hech qanday chegaralashlar va mahsus talablarni nazarda tutmaydi. Yuqori texnologiyalar parkining bildirishicha “Jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan mayning faoliyati, tokenlarni sotish, almashtirish hamda joylashtirish tadbirkorlik faoliyati deb hisoblanmaydi va tokenlar deklaratsiya qilinmaydi. Mayning faoliyati, tokenlarni yaratish, sotish va sotib olish esa 2023 yilgacha soliqqa tortilmaydi”. Ammo bu ish Belorussiyada elektr energiyaga bo’lgan ehtiyojni ancha oshiradi, chunki mayning juda ham katta elektr energiyasini talab qiladi. Shuning uchun ham mamlakatda nisbatan arzon elektr energiya ishlab chiqarishga imkon beradigan atom elektr stantsiyalari qurilmoqda va yana yangilarini qurish rejalashtirilmoqda (Buni Rossiyaning “Atomstroyeksport” tashkiloti amalga oshirmoqda. Natijada 2019-2020 yillarga kelib atigi ikkita energoblok mamlakatga 2Gvt arzon atom elektr energiyasi ishlab chiqarib beradi). Rossiya prezidenti ham 2019 yil 1 iyuligacha kriptovalyutalar aylanmasi va ICO haqidagi qonunlani ishlab chiqishga topshiriq bergan. Chunki