Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva qilgan global kompaniyalar tajribasi ularda ishlab chiqarish samaradorligi keskin o’sganligini ko’rsatdi, logistika, marketing, administrative jarayonlarga bo’lgan harajatlarni esa keskin kamaytirish imkoniyatini berib, yangi turdagi korxonalar tashkil qilishga imkon bermoqda (4.0 Industriya). Lekin bunday turdagi texnologik yechimlarni amalga oshirish odam-mashina muloqotining va ijtimoiy muloqotning yangi turlarini topishni talab qiladi. Masalan, Airbus kompaniyasi jihozlarni, robotlarni va mashinalarni bir butun IoT tarmog’iga birlashtirib, kompaniya tashkilotlariga maksimal avtonom rejimda ishlash, samolyotlar yig’ishning sifatini oshirish va barcha operatsiyalarni real vaqt rejimida kuzatish imkonini berdi. Ammo bu ishning amalga oshirilishi insonlar va mashinalarni qo’shimcha va virtual reallik uskunalari vositasida ulash bilan bog’liq bo’lgan katta harajatlarga olib keldi. Boshqa tomondan, buyumlar interneti kontseptsiyasining rivojlanishi regional va global miqyosda mehnat bozorining transformatsiyasiga olib keladi. Chunki bunda yangi turdagi hizmatchilarga bo’lgan talab ortadi hamda jamiyatdagi bir qancha professional, tashkiliy, protsessual va ijtimoiy muammolarni hal qilish zarur bo’ladi. Shuning uchun ham IoT rivojlanishiga qarshi bo’lganlar ish joylarining qisqarishini, ishsizlar soni k’payishini, ba’zi kasblarning yo’qolib ketishini va ijtimoiy tengsizlik kuchayichini asosiy sabablar tariqasida keltiradilar. Buyumlar internetining jamiyat hayotiga bo’lgan ta’sirini quyidagi raqamlardan ham yaqqol ko’rib chiqish mumkin: IoT kontseptsiyasining informatsion va telekommunikatsion sohaga ta’siri 33%, professional hizmatlarga ta’siri 15%, mediaindustriyaga va o’yin-kulgi industriyasiga ta’siri 14%, iste’mol sektoriga ta’siri esa 14% bo’lar ekan. Eng kam ta’sir esa energetikaga bo’lishi (4%) ham bashorat qilingan. Buyumlar internetining eng ijobiy ta’siri arxitektura va dizaynga, eng salbiy ta’siri esa sotuv menejerlariga, ofis menejerlarga va administrativ sohaga bo’lishi kutilayapti. Ammo bunda yana bir qancha savollar paydo bo’ladi – ta’lim tizimi bu sohadagi malakali mutahassislarni tayyorlashga qodirmi, ishdan bo’shagan kadrlarni nima qilish kerak, ularni qanday qilib qayta tayyorlash mumkin, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash dasturlari qanday bo’lishi lozim. IoT korxona va tashkilotlarning
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva ma’lumot yig’ish, tahlil qilish va saqlash kabi ishlariga ketadigan harajatlarni ancha kamaytiradi, chunki barcha ma’lumotlar datchiklar yordamida yig’iladi, qayta ishlanadi va foydalanuvchiga yetkaziladi. Tashkilotni boshqarish tizimida IoT nazorat samaradorligini oshiradi: barcha ma’lumotlar smartfon qurilmalari va gadjetlari vositasida barcha ishchi-hizmatchilarga tezkor yetkaziladi. Ammo bunda boshqa bir savol ham paydo bo’ladi – bunday total nazorat sharoitida hodimlar uchun ishlash qanchalik qulay bo’ladi. Bunday sharoit hodimlarga bo’lgan ruhiy bosim kompaniya va ishchilar orasidagi o’zaro ishonchning yo’qolishiga, befarqlikning o’sishiga, mehnat munosabatlarida tushunmovchilklarga va shaxslararo munosabatlarning chigallashiga olib kelishi mumkin. Bu nafaqat ofisda va ishlab chiqarishda ishlaydiganlarga, balki virtual ish joylarida ishlovchilarga va frilanserlarga ham tegishi bo’lishi mumkin, chunki ular ham IoT tufayli nazorat ostiga tushib qoladilar. Yana shuni ham ta’kidlash lozimki, buyumlar internetining rivojlanishi boshqa turdagi texnologiyalar bilan birgalikda insonning o’zini va dunyoqarashini ham o’zgartirishga olib keladi. Inson ishtirokisiz muloqot qiladigan, turli xildagi ma’lumotlarni yig’adigan va bir biriga uzata oladigan hamda yagona tarmoqqa birlashgan buyumlarning barcha sohalarga kirib kelishi insonning jamiyatdagi roli, uning uchun qadrli bo’lgan tushunchalarning hamda uni ruhiyatini o’zgartirib yuboradi. Shasiy ko’rinishdagi ma’lumotlarning katta miqdorda yig’ilishi insonning hayotini qulaylashtiradi, informatsiya va hizmatlarni tezkor olishga imkon beradi. Tijorat kompaniyalari esa bundan foydalangan xolda haridorlarning talab va istaklarini to’liqroq qondirishga harakat qiladilar. Bu esa shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi muammosini keltirib chiqaradi. Shu tufayli butun dunyo hamjamiyati rivojlanayotgan innovatsion texnologiyalar hamda insonning shaxsiy hayotini himoya qilish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal qilshga harakat qilayaptilar. Bunday masalalarni hal qilishning usullaridan biri mediasketizm (raqamli sabr qilish) ni tashviq qilishdir. Ya’ni inson bunda yangi innovatsion texnologiyalar va elektron tijorat vositalaridan qanday foydalanishni o’z hoxishiga ko’ra tanlab olishi mumkin bo’ladi. Shuni juda yaxshi tushunish kerakki, buyumlar interneit va texnologizatsiyaning boshqa kontsetsiyalarini
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva to’xtatish mumkin emas, bizda faqat proaktiv rejalashtirish, yangi texnologiyalarning imoniyatlarini amalga oshira oladigan uskuna va mexanizmlarni yaratish va shu orqali mamlakat kompaniyalari raqobatbardoshligini oshirish uchun qandaydir vaqt intervali bor xolos.