Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti


Katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data)texnologiyasi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə136/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

9.4. Katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data)texnologiyasi
Mutaxassislarning fikrlaricha ko’ra, 2020 yilga kelib, jahon miqyosida internetga 50 milliard qurilma ulanib, ularning yordamida generatsiya qilinadigan ma’lumotlar hajmi 44 trillion gigabaytga yetadi. Bunday ma’lumotlarning gigant oqimlari yoki Big Data iqtisodiyotning turli segmantlarida – iste’mol bozorlaridan tortib, heft gaz sohasigacha, meditsinadan tortib, moliyaviy sektorgacha keng miqyosda ishlatiladi. Shuning uchun Big Data raqamli milliy iqtisodiyotning mahsuloti ham, drayveri ham, milliy mulki ham hisoblanishi mumkin. Big Data texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanishi foydalanuvchilarga ma’lumot himoyasini ta’minlashni, biznesga esa global raqobat sharoitlarida maqsadga muvofiq bo’lgan rivojlanishni ta’minlab berish bo’yicha alohida yondoshuvlar ishlab chiqishni talab qiladi. Evrokomissiyaning “Gorizont 2020” deb nomlangan dasturida Big Data (Katta ma’lumotlar) ga “Yangi raqamli iqtisodiyotning yonilg’si” degan nom berilgan. 2017 yilga kelib, Big Data (Katta ma’lumotlar) va biznes-analitika (BDA) bozoridagi dunyo miqyosida yaratilgan daromad miqdori $150,8 milliardga yetdi. BDA texnologiyasiga $72 milliard mablag’ni bank
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
sektori, ishlab chiqarish va xizmatlar sektori va davlat xokimiyati organlari kiritgan. Yaqin kelajakda Big Data (Katta ma’lumotlar) va biznes-analitika (BDA) ni qayta ishlaydigan eng katta bozorlar jumlasiga AQSH davlatini kiritishimiz mumkin. Ular bunga joriy yilga $88,7 milliard mablag’ sarflashni rejalashtirganlar. Ikkinchi o’rinnni G’arbiy Evropa mamlakatlari ($36 milliard), uchinchi o’rinnni esa Osiyo-Tinch Okeani regioni mamlakatlari ($15 milliard) egallaydi. BSA ning bashoratiga ko’ra, Big Data ning iqtisodiyotda ishlatilishi 2030 yilga kelib, jahon YIM ning $15 trillionga teng miqdorini yaratishga impul’s beradi. McKinsey ning baholoviga ko’ra, bunda iqtisodiy samaraning umumiy miqdori &5 trillionga yetar ekan. Big Data (Katta ma’lumotlar) lardan foydalanish asosidagi texnologiyalr biznesning turli-tuman sohalarida biznesning samaradorligini oshirish va sarf-harajatlarni kamaytirish uchun kompaniyalar tomonidan keng miqyosda foydalaniladi. Big Data (Katta ma’lumotlar) texnologiyasidan foydalanish tufayli, UPS (United Parsel Service) logistik kompaniyasi Big Data ni qo’llash natijasida yiliga 8,5 million litr yonilg’i iqtisod qiladi, yo’nalishlarni optimallashtirdadi va tovar yetkazib berish tezlogini oshiradi. Jo’natmalarni yetkazib berish kartografik ma’lumotlarni ishlatish, tovarlarning o’lchami va yetkazib berish muddatlari hisobga olish, jo’natish va qabul qilish punktlarini nazarda tutish asosida real vaqt rejimida amalga oshiriladi. Liftlar ishlab chiqarish bo’yicha ThyssenKrupp Elevator deb nomlangan halqaro kompaniya lift eshiklarining ochilishini, kabinaning harakat tezligini, dvigatel’ning haroratini va boshqa parametrlarni real vaqt rejimida hisobga olgan holda o’z liftlarining to’xtovsiz ishlashini ta’minlaydi va to’xtab qolish hamda remont uchun ketadigan sarf-harajatlarni minimallashtiradi. Renault (Lotus) Formula 1 Sportkariga o’rnatilgan 200 dan ortiq sensorlar poyga paytida uning turli qismlaridagi holatni yig’adi va uni tahlil qilish natijasida poygachining harakatlarini optimallashtiradi. General Elektrik kompaniyasining baho berishicha, Big Data asosidagi ma’lumotlarni tahlil qilish asosida 20 yil davomida aholi daromadining 30% qismi tejalar ekan. 2016 yilning noyabr oyida Sberbank Ochiq ma;lumotlar” deb nomlangan loyihani ishga tushirdi. Ushbu loyiha bo’yicha, bank foydalanuvchilarga kreditlar va ularga
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
bo’lgan arizalarning soni va o’rtacha kattaligi, nafaqalar hamda ish haqi dinamikasi bo’yicha ma’lumotlarni olish imkoniyatini yaratadi. Olingan ma’lumotlar mijozlarning holatini bashorat qilish uchun ishlatilar ekan. “Uralsib” banki esa Raxel Telematics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan mashinani haydash sifatini boshqarish tizimini avto sug’urtada ishlatadi. Bunday yondoshuv zarar miqdorini 20-30% ga kamaytirar ekan. Kaspersky Security Network (KSN) bulutli tarmog’i jahon miqyosida bo’lgan komp’yuterga bo’lgan hujumlar , tahdidlar va kompyuterni zararlashga bo’lgan barhca urinishlar bo’yicha yuzlab million holatlar bo’yicha ma’lumotlarni yig’ish jarayonini amalga oshirdi. Bunda shubhali ob’ekt haqidagi ma’lumotni olishdan ta qaror qabul qilinginigacha bir daqiqadan kamroq vaqt o’tadi. Rossiya Federatsiyasida Big Data (Katta ma’lumotlar) 2025 yilgacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan “Raqamli iqtisodiyot” ni rivojlantirishning to’qqiz yo’nalishidan birini tashkil qildai. Hususan, Rossiyada Big Data (Katta ma’lumotlar) ni 2020 yildan boshlab, sog’liqni saqlash tizimida ishlatish rejalashtirilgan. Bu amal har insonning salomatligi haqidagi ma’lumotlarni to’plashga, meditsina hizmatining sifatini ekspetiza qilishga, tizimning samaradorligini oshirishga hamda tibbiyot hizmatini optimallashtirishga imkon beradi. Ammo, shuni ham aytish kerakki, Big Data (Katta ma’lumotlar) texnologiyalarini faol rivojlantirish bu sohaga oid ma’lumotlarni tarqatish chegaralarini va uning himoyasini aniq ko’rsatib beradigan normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqarishni talab qiladi. Bunday qonunning nomi “Foydalanuvchilar haqidagi katta ma’lumotlar bazasi” deb nomlanishi va u 2018 yilda yakunlanishi ommaviy ahborot vositalarida aytib o’tilgan. Usbu ma’lumotlarning aloqa operatorlari va boshqa kompaniyalar tomonidan foydalanishini ta’qiqlash imkoniyati fuqarolar ihtiyorida qoldirilar ekan. Bu sohadagi biznes namoyndalarining fikriga ko’ra, ma’lumotlardan foydalanishga ortiqcha chegaralar qo’yish iqtisodiyotni yiliga bir necha milliard dollardan mahrum qilar ekan.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, jahon miqyosidagi ma’lumotlar hajmi geometric progressiya bo’yicha ko’payib borayapti. Agar 2011 yilda generatsiya
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
qilingan informatsiya soni 1,8 zettabayt bo’lgan bo’lsa, 2012 yilda 2,8 zettabayt bo’lgan, 2020 yilga kelib esa bu kattalik 40 zettabaytdan ham oshib ketishi kutilmoqda. Big Data (Katta ma’lumotlar) deganda nafaqat yig’ilgan ma’lumotlarning shartli hajmi, balki servis hizmatlari, qayta ishlash va saqlash uchun kerakli bo’lgan texnologiyalar kompleksi ham tushuniladi. O’rtacha kattalikdagi ma’lumotlar saqlaydigan an’anaviy ma’lumotlar bazalari va Big Data (Katta ma’lumotlar) bazalarini solishtirish natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan:

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin