Bulutda ish joyini tashkil qilish Bulut (Cloud) ga nafaqat tizimlar, balki foydalanuvchilarning ish joylari ham joylashib oladilar. VDI (Virtual Desktop Infrastructure) lar biznesning raqamli transformatsiyasini amalga oshirish paytida IT-ning landshaftini ham o’zgartirib yuboradilar. VDI texnologiyasi juda ham yangi emas, u bozorda keng miqyosda ishlatildi. Virtual ish joylarining talab qilingan soniga bog’liq ravishda VDI tadbiq qilishning uch xildagi stsenariysi mavjud. Ularning ichida eng oddiyyi 20-50 ta hodimning ish joyini virtualizatsiya qilishga imkon beradigan kichikrik loyihalardir. Bunda biznes jarayonlarda xech nima o’zgarmaydi, chunki bu stsenariyda oddiy ish stantsiyalaridagi kabi bir xildagi boshqaruv uskunalaridan foydalaniladi. Ammo 200 atrofidagi foydalanuvchilar uchun bunday tizimni yaratish ancha murakkab, chuki bunda ishnochlilikka, monitoringga, rezerv nusxalashga va funktsionalga bo’lgan talablar paydo bo’ladi. Lekin foydalanuvchilarning ish joylari 2000 tadan ortiq bolsa, yana bir qancha muammolar paydo bo’ladi, chunki bunda VDI talabchan biznes ko’rinishidagi servisga aylanib qoladi hamda tadbiq etilayotgan tizimning katastrofalarga nisbatan chidamli bo’lishi talab qilinadi. Infosistem Djet kompaniyasida amalga oshirilgan yirik loyihalarning birida tizimning katastrofaga chidamliligiga aktiv va passiv rejimda ishlaydigan SOD lar orqali erishilgan. Asosiy SOD da ishlash
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva imkoni bo’lmaganda Citrix NetScale Global balansirovkachi foydalanuvchilari rezerv SOD ga ulab turgan. Boshqa bir loyihada esa SOD lar parallel ishlganlar, eng kritik ish joylarining katastrofalarga chidamliligi esa taqsimlangan klaster yordamida amalga oshirilgan. Foydalanuvchilar ham o’z navbatida yangi texnologiyaning afzalliklarini tushuna boshladilar. VDI ishlatilishi tufayli bulutli platformalarni yaratish va yangilashni bir namunadan foydalangan xolda amalga oshirish, ish joylarini tashkil qilishni soddalashtirish va bir qancha fizik ish stantsiyalarini nozik mijozlar uchun ajratish mumkin bo’ldi. Bu ayniqsa, bir qancha moliyaviy tashkilotlarni o’ziga integratsiya qilgan va meros sifatida turli-tuman texnikalarga hizmet ko’rsatishi kerak bo’lgan banklar uchun mo’ljallangan loyihada muhim ahamiyat kasb etdi. VDI lardan foydalanish bir qancha muammolarni hal qilish imkonini yaratdi va kompaniyaga yangidan qo’shilgan tashkilotlarning xodimlari qiyinchiliklarsiz standart ish joylariga o’tdilar. VDI larning yaqin kelahakda o’zgarishiga ilib keladigan tendentsiyalar jumlasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin. Ularning birinchisi, virtual stantsiyalar ichdagi grafikaning tezlashishi, unga 3D-tizimlarning, grafik tahrirlagichlarning, mul’timediya uskunalarining, HD imkoniyatlarning markaziy protsessorga ishni kamaytirish maqsadida qoshilishi. Bular katta hisoblash resurslarini talab qiluvchi dasturlar ishga tushirilganda vujudga keladigan muammolarni hal qilishga yordam beradi. Ikkinchi tendentsiya – mobil qurilmalar soning ko’payishi va ularni ishlatish uchun bulut (cloud) dan foydalanilishi. VDI texnologiyasi yordamida mobil qurilmalar eskirib qolgan ilovalar bilan ham ishlash imkoniyatiga ega bo’ladilar va o’zlari ham dunyoning istalgan nuqtasidan korporativ ilovalarga kira oladigan nozik mijoz bolib qoladilar. Uchinchi tendentsiya – hisoblash resurslari va ma’lumotlarni saqlash tizimlaridagi hususiyatlarni bir vaqtning o’zida amalga oshira oladigan giperkonvergent tizimlarga bo’lgan qiziqishning ortishi. Chunki bu hususiyat gorizontal chiziqli mashtablashtirishni kafolatlab beradi. Giperkonvergent tizimlar biznesning o’sish bosqichida hisoblash quvvatlarini tezda ko’paytirish imkoniyatiga ega bo’lish maqsadida shaxsiy va gibrid bulutlar yaratish uchun juda qulaydir.
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Shaxsiy, korporativ va ommaviy bulut (cloud) larning o’ziga yarasha koamchililari va afzalliklari mavjud bo’lib, ularning har brining o’z ishlatilish joylari bor albatta. Jahon miqyosida esa ommaviy bulutlar ko’proq rivojlanayapti. Konvergent tuzilmalarda hosil qilinadigan gibrid bulutlarning rivojlanishi an’anaviy ilovalarda ko’proq ishlatilayapti. Dell EMC kompaniyasi mutaxassislarining fikriga ko’ra esa hozirgi davrda korporativ yechimlarning eng ommabop yo’nalishi tayyor cloud infratuzilmasini sotib olish va uni o’rnatib ishlatish bo’lib qoldi. CAGR kompaniyasining bashoratiga ko’ra, yaqin besh yilda konbergent va giperkonvergent infratuzilmalarga bo’lgan sarf-harajatlar 10% ga oshishi mumkin ekan. Bulut (Cloud Native) da ishlatish uchun mo’ljallangan ilovalarning keng miqyosda ishlatilishi turli xildagi tizimlar uchun raqamli transformatsiya talablaridan biridir. Zamonaviy infratuzilmalarga bo’lgan talablardan boshqalari – flesh-tizimlardan foydalanish, gorizontal mashstablashtirish imkoniyati, ishonchlilik, havfsizlik, chidamlilik va dasturiy aniqlaniladigan yechimlardan foydalanishdir. Bulutli gibrid arxitektura provayderning ommaviy bulutini hamda mijozning shaxsiy bulutini ishlatishni ko’zda tutadi. Bunda konvergent infratuzilma data markazni tashkil qilishni eng qisqa yo’lidir. Agarda mijozga hozircha kamroq hisoblash quvvatlai kerak bo’lsa, u oldin bir modulda ishlab turadi va keyinchalik talablari oshgan holda o’z infratuzilmasini kengaytira boradi.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, yangi dunyo – mobil dunyodir va bu raqamli transformatsiya dunyosida hodimlar doimo bir joydagi ofisda o’tirmaydilar, ammo ular har doim aloqada bo’lishlari lozim. Bu mobil dunyo va mobil qurilmalar biznes uchun yangidan-yangi imkoniyatlar yaratishi bilan birga havfsizlik bo’yicha ham bir qancha muammolar yaratadi. Havfsizlik siyosatini boshqarish uchun mo’ljallangan tizimlarni MDM (Mobile Device Management) deb nomlanadi. Bu muammoni hal qilish uchun Samsung kompaniyasi o’zining barcha planshetlari va smartfonlarini 2017 yildan boshlab Knox deb nomlangan korporativ ma’lumotlarni himoya qilishning apparat platformasi bilan ta’minladi. Mahsus registr operatsion tizimda ruxsat berilmagan o’zgarishlar bo’ldimi yoki
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva yo’qligini aniqlaydi va agar bunday o’zgarishlar bo’lgan bo’lsa, u darxol bunday o’zgarishlarni yo’qqa chiqaradi. Kompaniyaning Knox Workspace deb nomlangan alohida mahsuloti esa o’ziga hos ishchi konteyner bo’lib, korporativ ilovalarni shaxsiylaridan ajratib turadi. Bu konteyner xodimning shaxsiy mobil telefoniga o’rnatiladi va faollashtirilib, korporativ MDM vositasida boshqariladi. Knox Workspace ning shifrlash kaliti smartfonning apparat vositalaridan alohida izolyatsiyalangan holatda TrustZone da saqlanadi. Agarda vositani buzmoqchi bo’linsa, Knox Workspace ga bo’lgan kirish bloklantiriladi. Bundan tashqari foydalanuvchilarni kuchaytirilgan xolda autentifikatsiya qilish usullari ham ishlatiladi. Ushbu konteyner ko’pchilik MDM-yechimlar, shu jumladan, VMwarekompaniyasining Airwatch yoki Citrix kompaniyasining XenMobile tizimlari bilan mos tushadi. Android ning oddiy ilovalari ham Knox Workspace da hech qanday o’zgarishlarsiz ishlashlari mumkin. Samsung kompaniyasi bulutli EMM (Enterprise Mobility Management)-yechimni amalga oshirib beradigan Knox Premium tizimini ham ishlab chiqdi. Bu tizim havfsiz ishchi konveyeri bilan ishlaydi, bir qancha havfsizlik siyosatlarini o’z ichiga oladi, yo’qolgan qurilmalar bilan ishlash imkonini yaratadi, ularni masofaviy blokirovka qila oladi va qurilmaning qaerdaligi haqida hisobot tayyorlay oladi.