Vertikal savdo maydoni – korxonalarni bir tarmoq (iste’molchilar, dilerlar yoki yetkazib beruvchilar) chegarasida birlashtirib turuvchi tizim.
Virusli marketing (WOM – Word of mouth) –mahsulot yoki hizmat haqidagi ma’lumotlarning og’zaki tarqatlishi. Vitualizatsiya–Masofadan turib qandaydir konfiguratsiyani zakaz qilish mumkin bo’lgan ko’pchilik foydalanuvchi servis. Virtual jamoa – bu axborotlashgan iqtisodiyotning imkoniyatlaridan foydalanish uchun global darajada ishchi kuchini tashkil qilishning Yangi usuli bo‘lib, u yashirin insoniy resurslarni kommunikatsiya texnologiyalari yordamida safarbar qiladi hamda vaqt va masofa yaratgan to‘siqlarni yengadi. Qisqacha - Virtual jamoa – an’anaviy jamoalar cheklovlarini yengishning yangi imkoniyatidir. Virtual valyuta – narxni belgilash vositasi bo’lib, u bilan raqamli ko’rinishda savdo qilish mumkin. Virtual valyuta almashinuv vositasi, hisob pul birligi va/yoki qiymatni saqlash vositasi sifatida amal qilishi mumkin. Ammo u hozircha qonuniy to’lov vositasi statusiga ega emas. Virtual korporatsiya — bu virtual mahsulot, ya’ni ishlab chiqaruvchilar ongida, ishlab chiqarish tizimlarining imkoniyatlarida mavjud bo‘lgan va yaqin kelajakda iste’molchilar muhtoj bo‘ladigan mahsulotni yoki hizmatni ishlab chiqarishga qodir bo’lgan firma yoki kompaniya. Xeyter (hater) – ingliz tilidagi «hate» – nafratlanmoq fe’lidan olingan bo‘lib, taniqli insonlar yoki o‘zi taniydigan, qaysidir jihati yoqmaydigan insonlarni ijtimoiy tarmoqlarda asossiz tanqid qiladiganlar. Xab (hub) – ingliz tilidan olingan so‘z bo‘lib, «markaz» ma’nosini anglatadi. 1. Kompyuterlarni Ethernet tarmog‘iga ulovchi konsentrator vositasi. 2. To‘qnash keluvchi reyslarda yo‘lovchilar almashuvchi aeropunkt. Xesh – istalgan uzunlikdagi ma’lumotlar massividan oldindan aniqlangan uzunlikdagi qandaydir qiymat olish uchun amalga oshiriladigan o’zgartirishdir. Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva