Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva deflyasion valyutaga aylanadi. Bizning global iqtisodiyot hozirgi holatida inflyasion valyutalarga asoslanadi. Kreditga va kuchli monetar nazoratga asoslangan holda ishlaydigan global iqtisodiyot uchun bunday tizim katta ziyon yetkazgan bo‘lar edi, ayniqsa, u tegishli tayyorgarliksiz joriy qilingan bo‘lsa. Ammo, orada raqobat degan muammo ham bor.VisavaMasterCard kabi oshkora raqobatchilarni yoddan chiqaring. Agar, aytaylik, raqamli to‘lovlarning barcha afzalliklarini taklif qiladigan va bundan bitkoinning barcha real va ehtimoliy kamchiliklaridan xoli bo‘lgan to‘lov tizimi mavjud bo‘lsa-chi? Kriptovalyutalarning moliya tizimida ustunlik qiladigan holatga erishish usuli ularning uzluksiz moslashuv jarayonidan iborat bo‘lib, buni hech kim kriptovalyuta bozoridagi asosiy o‘yinchilardan tezroq bajara olmaydi. Hozir raqamli asr, bitkoin esa – raqamli asr valyutasi hisoblanadi. Odamlar hayotini telefonsiz tasavvur ham qila olmaydigan, juda ko‘plab savdo bitimlari onlayn amalga oshiriladigan dunyoda muomala oddiyligi va harajatlar tejalishi bitkoinga ustunlik beradi. U yuqorida aytib o‘tilgan katalizatorlardan bittasiga, keyin yana bittasiga, undan keyin yana bittasigava ehtiyoj sezadi. Pirovardida bitkoin shu qadar ommalashdiki, pulning uchala funksiyasini birlashtiradi va shunda u xuddi dollar kabi buyuk ahamiyatga ega bo‘ladi.Jamiyatdagi salbiy imidjga va me’yoriy cheklovlarga qaramasdan, tashqi muhit kriptovalyutalarning gullab-yashnashiga to‘sqinlik qilyapti deb bo‘lmaydi. Kriptovalyutalarga moyillik bildiradian ayrim davlatlar, jumladan, Shveytsariya, Singapur, Birlashgan Qirollik va Kanada kriptovalyuta texnologiyalarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan innovatsion xablar yaratishga hizmat qilgan bo‘lar edi. Xatto AQSH da ham, NDFU direktori Bendjamin Loski tomonidan taklif qilingan bit-litsenziya qabul qilinmaganiga qaramay, chuqur fikrlaydigan qonun chiqaruvchilar kriptoolam sohasidagi innovatsiyalar uchun imkon qoldirishgan. Shu bilan bir vaqtda, rivojlanayotgan mamlakatlardagi kriptotexnologiyalar rivojlangan mamlakatlar bilan bu sohada tenglashish ma’nosida juda ham sekin harakat qilishmoqda. Lekin u yerlarda ham bitkoin bilan ishlashga intilish sezilarli darajadaligi OAV habarlari vositasida ma’lum bo’lmoqda. Bitkoinlar depozitariysi va elektron hamyonlar ijaraga
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva beruvchi SEOmutahassisi Xapo Venses Kasares bitkoin kelajagini u onlayn-savdo uchun afzal ko‘riladigan ayirboshlash vositasiga aylanadigan «internet tabiiy valyutasi» sifatida ko‘radi.Bitkoin narxini oshiradigan yagona omil bu – cheklangan emissiya va talabning ortishi yoki kamayishi bo’lib, uni oltin yoki kumush kabi foydali qazilmalar bilan taqqoslash mumkin – dunyoda uning miqdori cheklangan va uni sun’iy raivshda ishlab chiqarib bo‘lmaydi. Kriptovalyutaning asosiy ustunligi ham huddi mana shundan iborat – uni qalbakilashtirib bo‘lmaydi. Biroqmoliyaviy ekspertlar bunday qo‘yilmalar riskli ekanligi haqida ta’kidlashni davom ettirishmoqda, ko‘plab davlatlar esa avvalgidek, o‘z ramsiy bozorlarida kriptovalyutalar bilan operatsiyalarni taqiqlamoqdalar. Shuningdek, mahalliy tartibga soluvchida kriptovalyutalarni nazorat qilish imkoniyati yo‘qligi ham shubha uyg’otadi. Biroqzamonaviy iqtisodiyotdagi tendensiyalarhukumatni raqamli elektron pullarni mahalliylashtirish ustida o‘ylanishga majbur qiladi. Kriptovalyutalar olamida havfsizlik ham muhim rol o‘ynaydi – ko‘pincha jinoyatchilar jinoiy yo‘l bilan topilgan pullarni kriptovalyuta yordamida «yuvish» uchun undan foydalanadilar. Endi kriptovalyutalar birjasihaqida ham bir fikrlab ko’ramiz. Agar siz nima qilib bo‘lsada, bir necha bitkoin yoki efiriumga ega bo‘lish istagida bo‘lsangiz, va bu orqali nimadir ishlab olishni istasangiz, siz to‘g‘ri birjaga yo‘l olishingiz lozim. Kriptovalyutalar birjalari ko’pchlik hollarda oddiy birjalar bilan bir xil tartibda ishlaydi. Bu savdo maydonchalardagi asosiy farq shundaki, agar oddiy birjaga odamlar brokerlarsiz biror bir ish qila olishmasa, kriptovalyuta birjasida savdolarda boshqalarni jalb qilmasdan ham ishtirok etish mumkin. Birjadagi bundan boshqa ishlar esa o‘xshash, ya’ni, ro‘yxatdan o‘tish, birjada kotirovka qilinadigan ma’lum bir valyutada hisobraqami ochish, shundan keyin operatsiyalarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Asosiysi – kriptovalyuta birjalarining ikki xil turi mavjudligini esdan chiqarmaslik kerak. Birinchi turdagi birjalarda kriptovalyuta «tirik» pulga – dollar, yevro, funt va hatto rublga sotiladi. Ikkinchi turdagilarida esa – kriptovalyutalar raqamli elektron pullarga sotiladi. Elektron pullar bitkoinni efiriumga (yoki boshqa kriptovalyutaga) joriy kurs bo‘yicha onlayn rejimida