Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva bitkoindan farqli ravishda bu lotoreyani yutib olish imkoni hisoblash resursiga emas, balki hisobraqamidagi tasdiqlangan kriptotangalar soniga bog‘liq bo‘ladi. G‘oya shundan iboratki, bu ekologik jihatdan havfsiz va iqtisodiy jihatdan harajatli hisoblash resursini oshirishga o’lgan stimullarni yo‘qqa chiqaradi. SAPvaIBM kabi kompaniyalarda kompyuter tizimlari yaratuvchilar xulq-atvori va texnologiyalar o‘rtasida muvozanat topishning o‘xshash muammolariga e’tiborni qaratadilar, biroq ular o‘z korporativ mijozlarining markazlashtirilgan va nazorat qilinadigan muhitlarida ishlaydilar. Bunga qarama-qarshi ravishda, kriptovalyutaishlab chiquvchilar foydalanadigan laboratoriya butun dunyoni ifodalaydi va uning ravnaqi faoliyat ko‘rsatiladigan butun insoniyatni qamrab oladi. Alohida shaxslar tanlovini korporatsiyanng umumiy maqsadlari bilan barcha boshqaruv darajalarida majburiy bo‘lgan yo‘l-yo‘riqlar to‘plami yoki korporativ qoidalarning birontasi bog‘lamaydi. Odamlar optimal xulq-atvorining dastur dizayni ularning fikrlash tarziga qanchalik ta’sir etishi va unga qanchalik muvaffaqiyatli stimullar tizimi kiritilganiga bog‘liq bo‘ladi. Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, bitkoin va boshqa kriptovalyutalar bilan bog‘liq muammolarni hal qilish ustida jahon miqyosida misli ko‘rilmagan quvvatga ega bo‘lgan jamoaviy intellekt mehnat qilmoqda. Kriptoolam ochiq kodga va markazlashmagan modelga ega bo‘lib, bu texnologiyalar byurokratik tashkilotlar va beso‘naqay ulkan korporatsiyalar duch keladigan cheklovlarga uchramaydi. Kriptovalyutalar sohasida nafaqat ularninghavfsizligini ta’minlash bilan, balki ularni jamiyat uchun foydaliroq qilish yo‘llarini izlab topish bilan ham bog‘liq bo‘lgan juda ko‘p sonli innovatsiyalar paydo bo‘layapti. Shunday qilib, bu masalada juda katta istiqbollar yashiringan, lekin rivojlanayotgan davlatlarda ham, rivojlangan davlatlarda ham kriptovalyutalar tarqalishi yo‘lida jiddiy to‘siqlar mavjud. Ayrim mamlakatlarda bitkoin bilan firibgarlik operatsiyalari riski yuqori bo‘lsa, boshqa mamlakatlarda – uni joriy qilishga mavjud an’analar va ijtimoiy muammolar xalal beradi. Agar odamlarda shundoq ham pul ko‘p bo‘lmasa, ular hamma joyda ham qabul qilinavermaydigan, ko‘pchilik esa bu haqida umuman eshitmagan valyutada hisob-kitoblarning yangi, riskli shakllaridan havfsiraydilar.
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Ko‘pchilik moliyaviy beqarorlikning oldini olish borasida amaliyotda sinov va tekshiruvlardan o‘tgan usullarni – taxmondagi naqd pullar, oltin, qimmatbaho toshlar va nihoyat, dollarniafzal ko‘radilar. Qarindoshlarga okean ortiga pul o‘tkazish uchunWesternUnionga 11%gacha to‘lash, albatta, qimmat, lekin ishonchli. Bundan tashqari, qonunchilik novatsiyalari ham mavjud. Rivojlangan mamlakatlarda bo‘lgani kabi, amaldorlar kriptovalyutalar bilan bog‘liq operatsiyalarni, shuningdek, kriptovalyutalarning umumiy pul tizimiga silliqroq integratsiyasini ta’minlaydigan boshqa hizmatlarni litsenziyalashni joriy qilgan holda to‘siqlar yaratishi mumkin. 3.2. Kriptovalyutalar – raqamli iqtisodiyotning aktivi sifatidaYangi raqamli iqtisodiyotda bir qancha turdagi moliyaviy aktivlar bo’lib, ular jumlasiga kriptovalyutalar ham kiradi. Hozirgi paytda turli xil kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan mingdan ortiq kriptovalyutalar mavjud va ularning har bir kriptoiqtisodiyot sohasida bir qancha muhim funktsiyalarni bajaradilar. Shulardan biri – ICO (Initial coin offering) bo’lib, uning yordamida biror bir loyiha uchun jamoaviy mablag’ yig’ish jarayonini uyushturish mumkin. Bunday usulda jamoaviy moliyaviy mablag’lar to’plash mexanizmining nomi kraudfunding usuli vositasida innovatsion moliyaviy mablag’lar topish deb ataladi. Bunday usul yordamida mablag’ to’plash uchun originalusultaklifetiladi:kriptovalyutadakafolatshartnomalari, ya’ni, blokcheyngaasoslanganommaviykraudfandingmodeliversiyasitashkil qilinadi – undatashkilotchilarqatnashchilarningpul o’tkazmalarikattaligi belgilangankattalikda bo’lishi aniqlangach, ular investitsion hamyonga oldindankelishibolinganmiqdordagipul o’tkazmalari o’tkazishadi. Pul mablag’lari o’tkazuvchilarni «ovlash» va to‘plangan mablarni himoya qilish uchun shartli depozit schetlar yaratish o‘rniga blokcheyn va u bilan bog‘liq dasturiy ta’minot bu ishni avtomatik ravishda barchaga ko’rinib turgan tarzda bajaradi. Maxsus ajratilgan va buzib kirishdan himoya qilingan, faqat dasturiy nazorat ostida bo‘ladigan elektron hamyonda zarur miqdordagi mablag‘lar to‘plangach, u tashkilotning zaxira qilingan mablag‘lari saqlanadigan boshqa hamyon bilan
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva birlashtiradi. Agar maqsadli investitsion summani to‘plashning uddasidan chiqilmasa, pul mablag’lari avtomatik ravishda ortga, pul hadya qilganlarning elektron hamyonlariga qaytarib yuboriladi. Shunday qilib, mablag‘lar to‘plash, uni himoyalash, saqlash va qaytarish muammosi hal qilinadi. Endi raqamli texnologiyalar yordamida mulk masalalarini boshqarish tizimini yaratish muammosiga to’xtalamiz.Intellektual (smart) shartnomalarfaqat moliya sohasidaginaishlash bilan chegaralanmaydi. Agar ularni intellektual mulk bilan birlashtiradigan bo‘lsak – bunda mulk huquqi hujjatlariva egalik qilishni tasdiqlaydigan boshqahujjatlar kompyuter dasturlari foydalanishi uchun raqamli shaklga o‘tkaziladi – bu moddiy (masalan, uy yoki avtomobil) yoki nomoddiy (masalan, patentlar) aktivlarga mulkchilik huquqini avtomatik ravishda o‘tkazishni ta’minlaydi. Xuddi shu tarzda kompyuter dasturimos keluvchi shartnoma shartlariga rioya qilinishi tasdiqlangan hollardagina aktivlar almashinishga ruxsat berishi mumkin. Hozir kompaniyalar deyarli har bir elektron qurilma yoki tovar birligiga shtrixkodlar, QR-kodlar, mikrochiplar, bluetooth-uzatgichlarni faollik bilan joriy qilmoqdalar, buning natijasidaistalgan moddiy boyliklarga mulchilik huquqini aynan shu tarzda berish mumkin bo‘lgan «buyumlar interneti» yaratiladi.Blockchain asosidagi yechimlarning keng tarqalishi texnik, huquqiy, moliyaviy va madaniy xarakterdagi katta to‘siqlarga duch kelmoqda. Hozirgi paytda yuzlab bunday yechimlar mavjud, lekin ularning ko‘pchiligi oxirigacha ishlab chiqilmagan va qachonlardir amalga oshirilish imkoniyatiga ega bo‘lishi ehtimoli ancha past hisoblanadi. Biroqularga katta energiya va innovatsion intellektual salohiyati sarflangan bo‘lib, bu bir qator jiddiy loyihalar va startaplar yaratishda namoyon bo‘ldi.Bunday loyihalarning birinchisi 2012 yilning ikkinchi yarmida ishga tushirilganColoredCoinstizimi bo‘ldi. Undan maqsadodamlarga moliyaviy aktivlar va an’anaviy valyutani bevosita bitkoin blokcheyni orqali almashinish imkoniyatini taqdim etishdan iborat bo‘lgan (bu tizim orqali ikki kishi, masalan, yevroni oltinga to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashtirish haqida shartnoma tuzishi mumkin). Shundan boshlabmazkur maydondako‘plab aynan shunday xarakterli loyihalar paydo bo‘ldi, jumladan,Next, Ripple, Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva