[OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.20.00.00 Banklar va kredit tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Bank va kredit faoliyatini litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ: 1.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar)]
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 11-oktabrda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi 216-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 491-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2013-yil № 4, 98-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 10, 670-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.