bankning barqaror moliyaviy holati — bankning moliyaviy oqimlar mutanosibligini, to‘lov qobiliyatini, likvidliligi va rentabelli faoliyatini saqlab turish uchun mablag‘larning yetarliligini, shuningdek barcha prudensial normativlar bank tomonidan bajarilishini ifodalovchi holati;
bilvosita egalik qiluvchi (oluvchi) — bankning aksiyalariga o‘zi nazorat qiladigan boshqa shaxs orqali egalik qiluvchi (aksiyalarni oluvchi) shaxs;
muhim ahamiyatga ega xodimlar — bankning boshqaruv a’zolari bo‘lmagan, lavozimi bank faoliyatiga muhim ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini beradigan xodimlari;
mo‘ljallangan olish — potensial oluvchi tomonidan bank aksiyalarini olish yoki ularga hal qiluvchi egalik qilishni ko‘paytirish yuzasidan qabul qilingan qaror;
oxirgi benefitsiar mulkdor — yuridik shaxs bo‘lgan, bank aksiyalarining potensial oluvchisiga yoki bu aksiyalarga bevosita yoxud bilvosita egalik qiluvchiga bevosita yoki bilvosita egalik qiladigan yoxud uni nazorat qiladigan jismoniy shaxs;
prudensial nazorat — bank faoliyatining o‘ziga xos tavakkalchiliklarining oldini olish va kamaytirish maqsadida banklar faoliyati ustidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradigan nazorat;
regulyativ kapital — bank faoliyatini tartibga solish va prudensial normativlar hisob-kitobini amalga oshirish maqsadida hisob-kitob qilish yo‘li bilan aniqlanadigan bank kapitali;
tizimli ahamiyatga molik bank — bank tizimining barqarorligi qaysi bankning faoliyatiga bog‘liq bo‘lsa, o‘sha bank;
Oldingi tahrirga qarang. chet el banki — chet davlatning hududida ro‘yxatga olingan, uning qonunchilikka muvofiq bank deb hisoblanadigan yuridik shaxs;
(3-moddaning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 67-moddasi.