Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar)]



Yüklə 73,42 Kb.
səhifə7/46
tarix28.09.2023
ölçüsü73,42 Kb.
#150157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
O‘RQ-580 05.11.2019 (3)

11-modda. Bankning nomi
“Bank” atamasidan yoki mazkur atama qo‘shib yasalgan so‘z birikmalaridan faqat bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan firma nomida yoxud tovar belgisida (xizmat ko‘rsatish belgisida) foydalaniladi.
Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar “bank” atamasini o‘zining firma nomiga qo‘shishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1098 — 1101 moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 18-sentabrdagi O‘RQ-51-sonli “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasining uchinchi xatboshisi.
12-modda. Bankning muassislari
Yuridik va jismoniy shaxs bo‘lgan rezidentlar, shuningdek norezidentlar bank muassislari bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari asosida boshqa davlat tashkilotlari nomidan bank muassisi va aksiyadori bo‘lishi mumkin. Ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizdan ortig‘i davlatga tegishli bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, bank muassislari va aksiyadorlari bo‘lishi mumkin emas.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
13-modda. Bankning ustav kapitali
Oldingi tahrirga qarang.
Bank ustav kapitalining eng kam miqdori:
2023-yil 1-sentabrga qadar yuz milliard so‘mni;
2023-yil 1-sentabrdan e’tiboran ikki yuz milliard so‘mni;
2024-yil 1-apreldan e’tiboran uch yuz ellik milliard so‘mni;
2025-yil 1-yanvardan e’tiboran besh yuz milliard so‘mni tashkil etishi kerak.
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 19-apreldagi O‘RQ-831-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 03/23/831/0219-son)
Bankning ustav kapitali O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida shakllantiriladi hamda bank muassislari va aksiyadorlari kiritgan pul mablag‘laridan yoki davlatning qimmatli qog‘ozlaridan tashkil topadi, bundan quyidagi hollar mustasno:
bank aksiyalarini bankning kreditorlari orasida joylashtirish va bankning kreditorlar oldidagi pul majburiyatlari bo‘yicha har qanday huquqlarini (talablarini) hisobga olish yo‘li bilan ularning haqini to‘lash;
qimmatli qog‘ozlarni bank aksiyalariga ayirboshlash;
bankning joylashtirilgan bir turdagi aksiyalarini ushbu bankning boshqa turdagi aksiyalariga almashtirish.
Bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablag‘lardan, shuningdek majburiyat yuklatilgan boshqa mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashkil etilayotgan yoki qo‘shib yuborish, bo‘lish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan bank ustav kapitali ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan, bank tashkil etilayotgan yoki qayta tashkil etilayotgan kundagi bank ustav kapitalining eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Bunda bank ustav kapitalining eng kam miqdori bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza beriladigan paytgacha bank muassislari tomonidan shakllantirilgan bo‘lishi kerak. Tashkil etilayotgan bankning ustav kapitaliga kiritilgan mablag‘lar bankda ochilgan jamg‘arma hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Banklar ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatlarda o‘z ustav kapitali miqdorini mazkur moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan talablarga muvofiqlashtirishi kerak. Ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo‘lgan banklar norezidentlarga davlat ulushini to‘liq sotish orqali xususiylashtirilganda Markaziy bank boshqaruvi bank ustav kapitalini mazkur moddaning birinchi qismida belgilangan eng kam miqdorga muvofiqlashtirish bo‘yicha belgilangandan boshqa muddatlarni o‘rnatishga haqli.
(13-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 19-apreldagi O‘RQ-831-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 03/23/831/0219-son)
Tizimli moliyaviy inqiroz holatida bank aksiyalari davlat qimmatli qog‘ozlari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan sotib olinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 2693, 06.07.2015-y.) 3-bandi.

Yüklə 73,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin