O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni Xozirgi kunda Respublikamizda qurilayotgan zamonaviy turar-joy, jamoat va ma’muriy binolarida zaruriy darajadagi mikroiqlimni yaratish uchun zamonaviy injenerlik jixozlarini yaratish, loyihalashda energiya - tejamkor variantlarni qo‘llash lozim. “Isitish va issiqlik ta’minoti tizimlari ekspluatatsiyasi” fan dasturi muhandislik kommunikatsiyalarning zamonaviy, energiya-tejamkor jixozlarini qo‘llash bo‘yicha zavonaviy usullardan foydalanib loyihalash va yangi material va jixozlarni qo‘llash masalalaridan tashkil topgan. “Isitish” fani 5340400- Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (Issiqlik-gaz ta`minoti va ventilyatsiya) bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 8 semestrida qo`shimcha fan sifatida o‘qitilishi ko‘zda tutilgan.
Fanning maqsad va vazifalari. Fanni o‘qitishdan maqsad-talabalarda isitish va issiqlik ta’minoti tizimlarini loyihalash, xonalarni hisobiy shart-sharoitlarini, tashqi to‘siqlar orqali issiqlik yo‘qolishini, isitish uskunalari hisobi, isitish tizimlarini gidravlik hisoblash usullarini o‘rgatish, turar joy binolarida tabiiy havo almashtirish tizimlarini hisoblash, xonaning belgilangan issiqlik balansini ta’minlash va uni tashkilqiluvchilarni aniqlash uslubiyatlari, issiqlik yuklarmalarini aniqlash, tashqi issiqlik tarmog‘ining qish va yoz fasllari uchun tarmoq suvi miqdorlarini aniqlash, gidravlik hisob qilish, p’ezometrik grafik va bo‘ylama profilini qurish, isitish va issiqlik ta’minoti tizimlarida energiyani tejash va undan samarali foydalanish, zamonaviy isitish va issiqlik ta’minoti tizimlarining turlari, ularning tafsilotlari, sxemalari, ishlash prinsiplari, ularni montaj qilish, ekspluatatsiya qilish jarayonidagi nuqsonlarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha ta’lim yo‘nalishi profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishidir.
Fanni vazifasi - talabalarni isitish va issiqlik ta’minoti tizimlarini loyihalash, xonalarda issiqlik almashinuviga doir bo‘lgan masalalarni echish, isitish va issiqlik ta’minoti tizimlarini gidravlik asoslari to‘g‘risida ma’lumot berish, ularni farqini tushuntirish, isitish va issiqlik ta’minoti tizimlariga servis xizmat ko‘rsatish, ishga tushurish, muhandislik masalalarini echishda ulardan foydalanish,isitish va issiqlik ta’minoti tizimlaridagi quvurlar va jihozlarni tanlash va hisoblashni o‘rgatishdan iborat.