Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jixatdan uzviyligi



Yüklə 182 Kb.
səhifə4/11
tarix20.01.2023
ölçüsü182 Kb.
#79815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Isitish (2)

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jixatdan uzviyligi.
“Isitish” fani ixtisoslik fanlaridan biri hisoblanadi. Mazkur dasturni amalga oshirish uchun talaba o‘quv rejasida rejalashtirilgan “Issiqlik texnikasi”, “Issiqlik ta`minoti tizimlari”, “Gidravlika va aerodinamika”, “Chizma geometriya va muhandislik garafikasi”, “Issiqlik ishlab chiqarish uskunalari”, “Nasoslar va ventilyatorlarga xizmat ko‘rsatish” “Injenerlik geodeziyasi va kadastri” fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi.


Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni.
Hozirgi vaqtda respublikamizda qurilayotgan zamonaviy turar joy, jamoat, sanoat binolari va inshootlarini issiqlik bilan ta’minlash, isitish tizimlari va asboblarining montaj qilinishi bino qurilishi boshlanishi bilan bir vaqtda birgalikda bajariladi. Shu bois isitish va issiqlik ta’minoti tizimlarini loyihalash, qurish, ulardan samarali va ishonchli foydalanishni tashkil qilish kabi masalalar inson hayoti va ishlab chikarish uchun juda muhimdir. Shuning uchun ushbu fan ixtisoslik fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas bo‘g‘inidir.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar.
Talabalarning “Isitish” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning zamonaviy ilg‘or usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, texnologiyalar majmuasi, elektron materiallar, virtual stendlardan va maketlaridan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy darslarida mos ravishda informatsion- pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
Talaba “Isitish” fanini o‘zlashtirishda ta’limning innovatsion usullaridan foydalanishi, yangi pedagogik, axborot va internet texnologiyalarini tadbiq qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Fanni o‘zlashtirishda o‘quv-uslubiy ta’minot (darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, modul topshiriqlari)dan foydalanilish tavsiya etiladi.
Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda turli metod va vositalardan, xususan, aqliy hujum, klaster, amaliy ish va didaktik o‘yinlar, portfolio, keys-stadi, shuningdek, kompyuter dasturlaridan (Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint, Autosad, 3DMAX.)internet tizimlaridan foydalanish mumkin.
Isitish” fanidan mashg‘ulotlarning 8 semestrlarda soatlar bo‘yicha taqsimlanishi

Semestr

Umumiy o‘quv yukla-masi

Mashg‘ulotlar turlari

Ma’ruza mashg‘ulotlari

Amaliy mashg‘ulotlar

Labora-toriya



Kurs ishi yoki kurs loyihasi

Mustaqil ish

8

106

28

28







50

Jami:


Yüklə 182 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin