Fan bo’yicha talaba olgan nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalarini baholash mexanizmi.
Barcha mashg’ulotlar bo’yicha (ON, JN va YaN) nazorat o’tkazish mexanizmi
№
|
Baholash
turi
|
O’tkazish
shakli
|
Bajarish
mexanizmi
|
Talaba to’plashi mumkin bo’lgan maksimal ball
|
Bajarish
vaqti
|
Izoh
|
1
|
JN
|
Og’zaki
|
Dars mashg’uloti davomida har bir talabaga 5 ta amaliy (misol, masalalar) savollar beriladi.
|
Har bir yechilgan misol va masalalar uchun 1 ball hisobida max 5 ball
(5 baho)
|
Dars jarayonida
|
Savollar fanning ishchi o’quv dasturida keltirilgan mavzular bo’yicha beriladi.
|
2
|
ON
|
Yozma
|
2 ta nazariy savollardan iborat variantlar asosida yozma nazorat o’tkaziladi
|
Har bir nazariy savolga to’g’ri javob uchun 2,5 balldan, max 5 ball (5 baho)
|
Dars jarayonida
|
Fanning ishchi dasturining tegishli bo’limi tugagandan so’ng
|
|
YaN
|
Yozma
|
3 ta nazariy va 1 ta amaliy (misol, masala) savollardan iborat variantlar asosida yozma nazorat o’tkaziladi
|
Har bir nazariy savolga to’g’ri javob uchun 1 balldan, amaliy (masala)ga 2 bal jami 5 ball 5 (baho)
|
Dekanat grafigi bo’yicha
|
Auditoriya mashg’ulotlari tugagandan so’ng
|
Talabalar bilimini baholash mezonlari
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Dostları ilə paylaş: |