Samarqand davlat arxitektura-qurilish



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/117
tarix18.08.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#139752
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   117
Ta\'limda axborot texnologiyalari

asosiy
vazifa
bo’lib hisoblansa quyidagi ta’limiy imkoniyatlarni qo’lga kiritish mumkin:
·
masofaviy ta’lim o’qishga ijobiy yondashuvni ta’minlaydi;
·
pedagogik jarayon maqsadi sifatida ta’lim oluvchiga yo’nalish berish imkoniyati bor;
·
metodologik, nazariy, uslubiy bilimlarni egallashga imkon yaratadi;
·
bilish faoliyatini mustaqil tashkil etish imkonini beradi;
·
ta’limning turli axborotlarini topish va o’zlashtirish imkonini beradi;
·
zamonaviy pedagogik texnologiya asosida tashkil etiladigan bilish faoliyatini amalga oshirish
borasida samarali qo’llaniladi;


·
axborotlarga bo’lgan ehtiyojlarni qondirishda, axborot olish va undan foydalanish
samaralarini hosil qilish borasidagi ishlanmalarni tayyorlashga keng imkoniyatlar yaratadi.
Masofaviy ta’lim pedagogik faoliyatning ijodiy xarakterini oshiradi, ya’ni zaruriy
axborotlarni izlay bilish, tanlangan axborotlar bilan ishlay bilish va informatika vositalari
yordamida odamlar bilan muloqotni samarali amalga oshira bilish yo’nalishlarini zamonaviy
ta’lim talablariga mos holda ta’limni yanada optimallashtirib boraveradi.
Masofadan o’qitish uzluksiz ta’lim shakllaridan biri bo’lib, u insonning ta’lim va axborot
olish huquqini ta’minlashga qaratiladi.
“Ta’lim” va “O’qitish” atamalaridan foydalanish bo’yicha bir qat’iy tavsiya yo’q. Ta’lim
ham, jarayon ham natija sifatida ta’riflanadi. Keyingi vaqtlarda “masofadan o’qitish” atamasidan
foydalanish odat tusini oladi. Bu masofadan o’qitishning jarayon ekanligini va uning o’qitish
texnologiyasi bilan uzviy bog’liqligini ko’rsatadi.
Masofadan o’qitishning axborot – ta’lim muhitidan ma’lumotlarni uzatish vositalari, axborot
resurslari, o’zaro muloqot bayonlari, foydalanuvchilarning ta’lim olishga bo’ligan ehtiyojlarini
qondirishga yo’naltirilgan apparat – dasturiy, tashkiliy – uslubiy ta’minot va boshqalarning
tizimiy – tashkiliy majmualarini hosil qilishda keng foydalaniladi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin