ortmoqda. Tashkilot ichidagi turli axborot tizimlarining intergralashuv tendensiyalari va turli
tashkilotlar axborot tizimlarining o’zaro foydali kommunikatsiya aloqasi barqarorlashmoqda.
6. Ko’pgina faoliyat yurituvchi tashkilotlarda yangi dasturiy ilovalarga bo’lgan ehtiyoj
ortmoqda. Yangi dasturiy ilovalarga bo’lgan talab va ularni amalga oshirish o’rtasidagi disbalans
to’xtovsiz o’sib bormoqda. Mavjud tizimlarni yangi sharoitlarga moslash yoki texnik vositalar,
operasion tizimlar bilan ishlash uchun modifikasiyalash harajatlarining o’sib borishi tufayli
ilovalar sonini oshirish oqsayapti. Bunday holatdan chiqib ketish uchun oxiridagi
foydalanuvchilarni shaxsiy tizim va ularning ilovalarini yaratishga jalb etish, ularga kuchli
asbob-uskuna vositalarini yetkazib berish lozim.
7. Avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi asosiy bo’g’in baribir inson bo’lib qolaveradi.
Shuni qayd etish lozimki, hozirgi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari faoliyatida tizimning
oxiridagi foydalanuvchi bilan loyihalovchi, operator, dasturchi, xizmat ko’rsatuv xodim o’rtasida
aniq tafovvut yo’q. Bugungi kunda interpretasiya uslubi orqali o’z dasturiy mo’ljallangan
mahsulotni – amaliy dasturlar paketini tezda ishlab chiqish imkonini beruvchi tayyor dastur
vositalari mavjud.
8. Texnik qarorlarning butun ahamiyatiga qaramasdan, AATning ahamiyati va qimmatini
loyihalashtirish ishtirokchilari ishlab chiqadigan noyob mahsulotlar belgilaydi. Ayni paytda
AATning uzoq vaqt va mustahkam ishlashi uchun undan foydalanish bo’yicha batafsil bayon
etilgan yo’riqnomaning bo’lishi hal etuvchi ahamiyatga ega bo’ladi.
9. AAT yaratishning asosiy shartlari quyidagilar sanaladi: harajatlarni qoplashni ta’minlovchi
samara manbaining mavjudligi; boshqaruv jarayonlari va obyektlarini avtomatlashtirishning
talab darajasini ta’minlash; obyektning belgilangan talablarga mos xolda AATni yaratishga
tayyorligi; AATni yaratish talabiga mos holda tashkiliy, ishlab chiqarish, texnologik tizimlarni
qayta qurish va modernizasiyalash, AATning texnik hujjatlarga mos holda texnik va dasturiy
vositalar bilan jamlanish kafolati, AATni talab darajasidagi malakali xodim bilan ta’minlash,
AATdan foydalanuvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash. AATni yaratish, ishlash va
rivojlanish natijalarini belgilovchi asosiy omillar quyidagicha:
- Xodimning axborotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish tizimida va boshqaruv qarorini qabul
qilishda faol ishtirok etishi;
- Axborot faoliyatining axborot biznesi sifatida talqin qilinishi;
- Aniq bir obyektda amalga oshiriladigan dasturiy-texnik, texnologik platformaning mavjudligi;
- Axborot tizimi va texnologiyasi sohasida foydalanuvchilar talablariga muvofiq ilmiy hamda
amaliy ishlanmalarni yaratish va tatbiq etish;
- Tashkiliy-funksional o’zaro harakat shartlarining shakllanishi va uning matematik, model,
tizim va dasturiy ta’minoti;
- Berilgan samaradorlik mezonlarini hisobga olgan holda boshqaruv sohasida aniq amaliy
vazifalarni qo’yish va hal etish.
Dostları ilə paylaş: