2007 yilning oxiriga kelib, oliy o’quv yurtlarida yaratilgan 500 dan ziyod elektron o’quv
qo’llanma ro’yxatga olingan, o’qitiladigan predmetlar aksariyati bo’yicha ma’ruzalarning
elektron matnlaridan oliy o’quv yurtlari axborot-resurs markazlarida foydalanish mumkin.
ZiyoNET ta’lim tarmog’i resurs markazining bo’linmasi tomonidan «ZiyoNET» portalining
«Biblioteka» bo’limida 6000 dan ziyod axborot-ta’lim resurslari joylashtirilgan. Barcha resurs
markazlarida axborot va kompyuterlarni zararli dasturlardan himoyalash bo’yicha zarur chora-
tadbirlar ko’rildi. Buning uchun doimiy tarzda yangilanib turadigan maxsus viruslarga qarshi
dasturlar qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi 381-son
farmoniga muvofiq oliy o’quv yurtlari qoshida axborot-resurs markazlari tashkil etilmoqda, bu
esa kadrlarni tayyorlash jarayoniga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Axborot-resurs markazlardagi
kompyuterlarning umumiy soni 1600 dan ziyodni tashkil etadi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
markazining barcha o’quv yurtlari orasida byudjet mablag’lari hisobiga tayyorlangan 307 o’quv
qo’llanmalarning elektron versiyalari tarqatilgan. Ishlar ta’lim jarayonida AKTni qo’llash
bo’yicha o’rta maxsus o’quv yurtlari o’qituvchilarining ko’nikmalarini oshirish bo’yicha
tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq amalga oshirilmokda.
Dostları ilə paylaş: