Samarqand davlat arxitektura-qurilish



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/117
tarix18.08.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#139752
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   117
Ta\'limda axborot texnologiyalari

Masofadan o’qitish
– ta’lim oluvchining mustaqil bilim olish tamoyiliga tayanuvchi ta’lim
jarayonining yangi tuzilmasi hisoblanadi. Ta’lim muhiti shu bilan xarakterlanadiki, bunda ta’lim
oluvchilar, asosan, ko’pincha yoki butunlay fazo yoki vaqt jihatidan o’qituvchidan uzoqda va
ayni vaqtda ular istagan paytlarda telekommunikatsiya vositalari yordamida muloqot qilish
imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Masofadan o’qitish uzluksiz ta’lim shakllaridan biri bo’lib, u insonning ta’lim va axborot
olish huquqini ta’minlashga qaratiladi.
“Ta’lim” va “O’qitish” atamalaridan foydalanish bo’yicha bir qat’iy tavsiya yo’q. Ta’lim
ham, jarayon ham natija sifatida ta’riflanadi. Keyingi vaqtlarda “masofadan o’qitish” atamasidan
foydalanish odat tusini oladi. Bu masofadan o’qitishning jarayon ekanligini va uning o’qitish
texnologiyasi bilan uzviy bog’liqligini ko’rsatadi.
Masofadan o’qitishning axborot – ta’lim muhitidan ma’lumotlarni uzatish vositalari,
axborot resurslari, o’zaro muloqot bayonlari, foydalanuvchilarning ta’lim olishga bo’ligan
ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan apparat – dasturiy, tashkiliy – uslubiy ta’minot va
boshqalarning tizimiy – tashkiliy majmualarini hosil qilishda keng foydalaniladi.
Masofadan o’qitishdagi eng asosiy ta’minotlardan biri bu- uning texnik va dasturiy
ta’minotidir. Texnik ta’minot- bu masofali ta’lim tizimini joriy etish uchun talab etiladigan
barcha texnik vositalardir. Budan tashqari texnik ta’minot
-
axborot tizimi ishlashi uchun kerak
bo’lgan texnik vositalar to’plamidir.
Texnik vositalar to’plamiga quyidagilar kiradi:
● kompyuterlar;
● axborotni to’plash, saqlash, qayta ishlash, uzatish va chiqarish vositalari;
● ma’lumotlarni uzatish va aloqa vositalari;
● axborotni olishni avtomatlashgan vositalari va orgtexnika;
● ishlatiladigan materiallar va boshqalar;
Yanada yaqqolroq qilib aytadigan bo’lsak, ularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
- video va audiomagnitafonlar;
- televizorlar;
- elektron sensorli ekranlar;
- shaxsiy kompyuterlar;
- serverlar;
- axborotlarni uzatish va qabul qilish qurilmalari;
- tarmoq qurilmalari;
- kommunikatsiya tarmog’i qurilmalari;
- multimedia qurilmalari;
- modem qurilmasi;
- sputnik aloqa qurilmasi;
- audiokassetalar, videokassetalar;
- CD disklar va DVD disklar;
- slaydlar.
Dasturiy ta’minot- masofali ta’lim tizimi uchun zarur bo’ladigan texnik vositalarni o’rnatish
va sozlash uchun ishlatiladigan dasturlar majmuasi. Ularga quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
dasturiy ta’minot
-
axborot tizimining maqsadini va vazifalarini bajaruvi matematik usul, model,
algoritm va dasturlar to’plamidir.
● boshqaruv jarayonini modellashtirish;
● boshqaruvning namunaviy vazifalari va ularni ijrolashtirish;
● matematik dasturlash, matematik statistika va boshqa usullar.
Dasturiy ta’minot umumtizim va maxsus dastur mahsulotlari hamda ularning texnik
hujjatlaridan tashkil topgan. Umumtizimli dastur ta’minotiga operasion tizimlar, namunaviy
vazifalarni yechish uchun foydalaniladigan dasturlar kiradi. Maxsus dastur ta’minotiga esa
axborot tizimi uchun alohida yaratilgan dasturlar to’plami kiradi.
Ularni yanada aniqroq qilib aytadigan bo’lsak,


- qurilmalarni sozlovchi va o’rnatuvchi dasturlar;
- shaxsiy kompyuterni ishga tushiruvchi tizimli dasturlar;
- turli elektron darsliklarni tayyorlovchi va namoyish etuvchi dasturlar;
- tarmoq dasturlari;
- xizmatchi dasturlar;
- aloqa vositalarini sozlovchi va ishga tushiruvchi dasturlar;
- dasturlash tillari;
- turli qurilmalarni bog’lovchi dasturlar.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin