Samarqand davlat arxitektura-qurilish



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/117
tarix18.08.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#139752
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   117
Ta\'limda axborot texnologiyalari

Tayanch so’z va iboralar:
media, didaktika, mediani qo'llash didaktikasi, mediani qo'llash
kompetensiyasi, elektron o'qish va o'qitish vositalarini tanlash, elektron o'qish va o'qitish
vositalarini ishlab chiqish amaliyoti.
15.1. Mediani qo'llash didaktikasining asosiy xususiyatlari
Zamonaviy axborot jamiyatida mediata’lim rivoji tendensiyalari. Dunyoning barcha
davlatlarida kuzatilayotgan ta’lim inqirozining turli ko’rinishlari ko’pincha jamiyatdagi
kelishmovchiliklari bilan bog’liq bo’lib, moddiy zahiralarni qayta ishlab chiqarish asoslariga
tayangan. Industrial muhit tiklanish davridan hozirgi dunyo rivojlangan jamiyati faoliyati
prinsiplari o’rnini egallaydi va yangicha axborot texnologiyalarga asoslanadi.
Bugungi kunda axborot energiya va materiallar qatorida asosiy zaxira bo’lib kelyapti.
Axborot zaxiralari asosiy Milliy boylik hisoblanib, davlatning iqtisodiy salohiyatini aniqlaydi.
Axborot sonining o’sishi mavjud bo’lgan qayta ishlash vositalari, uzatish, saqlash va
intgrasiyalash imkoniyatlaridan o’zdi. Ayniqsa, ilmiy bilimlar xajmi o’smoqda. Har 50 yilda
1800 yilgacha inson bilimlarining umumiy yig’indisi 2 barobar o’sdi, 1950 yilgacha – har 10 yil,
1970 yilgacha – har 5 yil, 2000 yilgacha esa – har 2 – 3 yil.
Axborotlashtirish jarayoni ta’sirida yangi struktura – axborot jamiyati barpo etiladi. U
axborot texnologiyalarini yuqori darajasi bilan ajralib turadi, rivojlangan infrastrukturalari
axborotga kirishni ta’minlaydi, axborot zaxiralari ishlab chiqarish, tezkor avtomatlash jarayoni,


ishlab chiqarish va boshqaruv tarmoqlarini robotlashtirish, ijtimoiy strukturalarning radikal
o’zgarishi – barchasining negizida axborot faoliyati muhitini kengaytirish yotadi.
Yangi media, shuningdek video, sun’iy yo’ldoshlar va telekommunikatsiya texnologiya-
larining ishlatilishi kengaydi. Monopoliyadan musobaqaga, bir tomonlama kommunikatsiyadan
o’zaro xarakatlanish va dialog tomon siljish bo’ldi. Media – texnologiyalar soni butunlay o’sdi,
shu qatorda eski media shakllari mikrokompyuterlarni ishlatish bilan qo’shildi. Tasvir, ovoz va
matn birlashdi, audiovizual madaniyati kundalik xayotga aylandi. Jamiyatni axborotlashtirishga
texnologiyalarni faol kirib kelishi oliy ta’limning baza tizimiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Yaqin
kunlarda ham biz oliy muhandislik ta’limi sustligi haqida gapirar edik. Bunday ta’lim aniq bilim
bermaydi va hozirgi davrda o’quv jarayonini qo’llashga mablag’i yo’qligi tufayli ulgurmaydi.
Bugungi kunda xolat sezilarli o’zgaryapti. Axborot texnologiyalar dunyo sardorlarining nigohlari
mutaxasislarni oliy maktab bazasida tayyorlash tomon qaratildi. Zamonaviy axborot
texnologiyalar yutuqlarini oliy maktab o’quv jarayonida qo’llash ta’lim olayotganlarga
noan’anaviy axborot qabul qilishga imkon beradi, ijod qilishga yangi imkoniyatlar beradi va
mustaqil ishlash samaradorligini oshiradi. Bu faktlar yangi axborot strukturasi yaratilishga
yordam beradi - ta’limiy muhitga - axborot texnologiyalarni yuqori darajasi, axborotni qabul
qiluvchiga yetkazish va ko’rsatish, rivojlangan vositalari bilan xususlashgan texnologiyalar va
ta’lim jarayonini hamda o’quvchilarni bilimini nazoratga olish vositalarini tashkillashtirish,
o’quv - uslubiy va laborator jixozlashtirish, markazlashtirish tavsifiga ega.
Ta’lim sohasini nazariy va amaliy ishlanmalar bilan ta’minlash va axborot texnologiyalarni
qo’llash zamonaviy jamiyatning zaruriy yo’nalishlaridan biridir.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin