t a ‘ l i m j a r a yo n i g a
keng ko’lamda
joriy qilish quyidagilarni beradi:
·
o’quv va ilmiy axborotlarni talaba hamda professor-o’qituvchilar tomonidan qidirib
topishga ketadigan vaqtning qisqarishi;
·
elektron o’quv adabiyotlar mazmunini davr talabidan kelib chiqqan holda o’zgartirishni
tez-ashtirilishi;
·
talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun qo’shimcha vaqtning ajratilishi.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o’quv
jarayonida qo’llashning istiqbollari bo’lib multimedia-texnologiyalar asosida interaktiv
ma’ruzalarni tashkil qilish hisoblanadi. Ananaviy ma’ruzalar o’qishga nisbatan interaktiv
ma’ruzalarda talabalar o’qitish jarayoniga faol aralashishlari mumkin bo’lib, unda o’quv
materialining turli joyidan savollar berib, aniq javoblar olish imkoniga ega bo’ladilar.
Multimedia-texnologiyalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy dasturiy-
texnik vositalarining mujassamlanishi talabalarning, ya’ni
audioaxborot (ovoz), videoaxborot
va animasiya (multiplikasiya, «tirik video»)
ko’rinishdagi axborotlarni turli xis etuvchi
organlari tomonidan qabul qilish darajasini yuksaltirilishini ta’minlaydi. Bu esa darslarni
qiziqarli va samarali tashkil etishni ta’minlaydi. Shaxsiy kompyuter o’qituvchining yordamchisi
sifatida ishtirok etadi. O’qituvchi ma’ruzalarga tayyorlanishida Microsoft Office dasturining
Power Point grafik dasturida videoslaydlar tayyorlashi kerak bo’ladi. Bu albatta o’qituvchidan
shaxsiy kompyuterda ishlash tajribasiga ega bo’lishini talab etadi. Bundan tashqari bunday
ma’ruzalarni yoki amaliyot mashg’ulotlarini tashkil qilish uchun maxsus jihozlangan
auditoriyalarni talab qiladi.
14.2. Kasbiy ta'limning informatsion-texnik asoslari: zamonaviy informatsion ta'lim texno-
logiyalari (Media) yordamida o'qitish va o'qish.
Pedagoglarning axborot-texnologik tayyorgarligi bir nechta komponentlarni o’z ichiga oladi.
Ulardan biri axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish asoslari va ularni kasbiy
faoliyatda qo’llash metodikasini egallash hisoblanadi. O’zbekiston respublikasi ta’limni
axborotlashtirish yangi konsepsiyasi talaba va pedagoglarni ta’limni axborotlashtirish
sharoitlarida ishlashga tayyorlashni ko’zda tutadi. Shu sababli bilim berishda raqamli ta’lim
resurs(RTR) laridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
RTRlarga Internetdagi ta’lim resurslari, elektron darslik, elektron qo’llanmalar, elektron
kutubxonalar hamda MS Office paketi va boshqa dasturlar asosida tayyorlangan va raqamli
tashuvchida muhrlangan axborotlar kiradi.
Kasb ta’limi uchun bugungi kunda quyidagi muammolar dolzarb hisoblanadi:
1. Zamonaviy RTRlarni yaratish, tarqatish va o’quv jarayonida asosli qo’llash.
2. O’quv jarayonida RTRlardan samarali foydalana oladigan pedagogik kadrlarni tayyorlash.
Darsni RTRlar asosida loyihalash o’z ichiga to’rtta bosqichni oladi: birinchi bosqichda
raqamli resurslardan foydalanish zaruriyati asoslanadi; ikkinchisi texnologik bosqich bo’lib,
unda pedagog dars turi (dars-tadqiqot, dars-taqdimot, virtual ekskursiya, amaliy ish va h.k.),
dasturiy va apparat (lokal tarmoq, Internetga chiqish, multimediali kompyuter, dasturiy vositalar)
ta’minotni aniqlaydi; uchinchi bosqichda dars tuzilmasidagi asosiy elementlar ajratiladi, turli
komponentlar (o’qituvchi-o’quvchi-RTR-o’quv materiali) orasidagi o’zaro aloqa usullari
tanlanadi; to’rtinchi bosqichda o’rganuvchilarning joriy psixologik holati, bilim darajalari
hamda faoliyatlarning eng maqbul ketma-ketligi aniqlanadi [1].
Turli umumta’lim va kasbiy fanlarni o’qitishda RTR larni qisman qo’llashga qaramasdan,
ulardan samarali foydalanish sohasida pedagog kadrlarning malakasini oshirish va tayyorlash
optimal tizimini tanlash masalasi yechimini topmay qolmoqda.
Shuning uchun o’qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish RTRlarni
amalda qo’llash va o’quv yurti axborot muhitini loyihalash tajribasini o’zlashtirishga
yo’naltirilgan amaliy, loyihaviy xarakterda bo’lishi lozim.
Ma’lumki bugungi kunda kompyuter raqamli format hisobiga axborotni barcha ma’lum bo’lgan
usullarda taqdim etishni ta’minlaydi. Xuddi shunday u bitta tashuvchida ta’limiy jarayon
hamma komponentalarining o’quv-metodik ta’minotini birlashtirishi mumkin.
O’rta maxsus, kasb-hunar o’quv muassasalarida yangi o’quv mahsulotlarini tadbiq etish
pedagoglarning malakasini oshirish va metodik qo’llab-quvvatlash butun ta’lim jarayonini qayta
qurish bilan olib borilishi zarur.
Hozirgi zamonda ta’lim tizimi sifatli RTRlarga kuchli ehtiyoj sezmoqda. Amaliyotda ularni
qo’llash quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
1. O’rganuvchilarning mustaqil ravishda bilimlarni olish bo’yicha turli-tuman faoliyat shakllarini
tashkil qilish.
2. Turli xildagi o’quv faoliyatini amalga oshirish jarayonida zamonaviy axborot va
telekommunikasion texnologiyalarning barcha imkoniyatlaridan foydalanish, jumladan: qayd
qilish, yig’ish, saqlash, axborotni qayta ishlash, interfaol muloqot, obyekt, hodisa, jarayonlarni
modellashtirish, virtual laboratoriyalar va boshqalar.
3. O’quv jarayoniga assosiativ bilan bir qatorda multimedia texnologiyalari, virtual haqqoniylik,
gipermatn va gipermedia tizim imkoniyatlariga tayanib oniy axborotni olib kirish.
4. O’rganuvchilarning intellektual imkoniyatlari hamda ularning bilim, uquv, ko’nikma,
mashg’ulotga tayyorlik darajasini obyektiv baholash va tashhis qo’yish.
5. Har bir o’quvchining intellektual darajasiga mos holda ularning o’quv faoliyatini boshqarish.
6. O’rganuvchilarning individual mustaqil o’quv faoliyatini amalga oshirishlari uchun sharoit
yaratish, o’zini o’qitish, rivojlantirish, takomillashtirish, safarbar qilish ko’nikmalarini
shakllantirish.
7. Pedagoglar, o’rganuvchilar va ota-onalarni ta’lim mazmuni va maqsadlariga mos bo’lgan
dolzarb, o’z vaqtidagi axborot bilan tezkor ta’minlash.
8. O’qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagog, o’rganuvchi va ota-onalarning doimiy
va tezkor muloqoti uchun zamin yaratish.
Texnik oliy o’quv yurtlarining “Kasb ta’limi” (Informatika va axborot texnologiyalari,
Telekommunikatsiya) va kasb-hunar kollejlarining “Elektron hisoblash mashinalari (EHM) va
kompyuter tarmoqlarini o’rnatish va ishlatish” yo’nalishlari uchun ishlab chiqilgan RTRlar
o’quv axborotni grafika, animasiya, tovush, video, matnlar uyg’unligida kompleks tasvirlash
imkonini beradi. Ular o’quv materialini interaktiv multimedia shaklida uzatadi. Mantiqan biron-
bir mavzu bilan birlashtirilgan va yagona grafik dizaynda berilgan. Matn va fon ranglari mos
tanlangan. Bular materialni emosional qabul qilishni osonlashtiradi.
O’quvchilarni attestasiyadan o’tkazish uchun an’anaviy shakldan (RTRlar tizimi yorda-
mida tayyorlangan nazorat ishlari va testlar) yoki interaktiv kompyuter shaklidan (kompyuterlar
soni yetarli bo’lganda) foydalanish mumkin. Masalan, o’rganuvchilarning bir qismi qog’ozda
qo’lda tekshiriladigan murakkab vazifalarni bajaradi, qolganlar esa bu vaqtda kompyuterli
testdan o’tadi, so’ngra ularning o’rni almashadi. Katta hajmdagi savol va masalalar o’quvchilar
attestasiyasini qisman avtomatlashtirish imkonini beradi.
Kasb-hunar kollejlarining “EHM va kompyuter tarmoqlarini o’rnatish va ishlatish” yo’nalishi
uchun yana quyidagi RTRlar ishlab chiqilgan:
1) MS PowerPoint, iSpring dasturlari, veb kamera vositasida yaratilgan va Flash formatiga
o’tkazilgan multimediyali ma’ruzalar. Ma’ruza slaydlarining mazmuni animasion effektlar bilan
namoyish qilinadi va multimedia (matn, tovush, video uyg’unligi) elementlarini o’z ichiga oladi;
Media ma’ruzada slayd elementlariga mos animasiyalar berilgan. Media ma’ruzani
Dostları ilə paylaş: |