Samarqand davlat arxitektura-qurilish


Elektron shaklidagi o’quv – uslubiy materiallar



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/110
tarix27.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#103602
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110
Samarqand davlat arxitektura-qurilish

Elektron shaklidagi o’quv – uslubiy materiallar – bular elektron darslik, elektron o’quv
qo’llanmalari, elektron kutubxonalar, mos (CD, Flash va h.k.) sig’imdagi audiovizual
materiallar, interfaol o’quv kurslari, ko’mpyuterda hisoblash tajribasini o’tkazish uchun
labaratoriya vazifalari, test sinovlarini o’tkazish bo’yicha tizimlar.
Ta’limning ko’rgazmalilik metodidan amaliy faoliyatda foydalanishda namoyish etish,
tasvirlash va ekskursiya metodi bilan ish ko’rishda ta’lim oluvchilarni turli mavzularda tasviriy
materiallar bilan ishlashga jalb etish muhim didaktik ahamiyatga ega.
Zamonaviy elektron axborot-ta’lim resurslari qo’yidagi talablarga javob berishi zarur:
1. Pedagogik talablar o’z navbatida didaktik va uslubiy talablarga bo’linadi.
1.1. Didaktik talablar: yaratiladigan elektron axborot-ta’lim resursi (EATR) amaldagi davlat
ta’lim standartlari va o’quv dasturlariga to’la muvofiq bo’lishi zarur;
-ta’lim oluvchiga qiziqarli va ilmning jamiyatdagi rivojlanish darajasiga mos ilmiylikka ega
bo’lishi;
-ta’lim berish jarayonida bilimni o’zlashtirish darajasini oshirish uchun, fan-texnika va
texnologiyalar erishgan yutuqlardan maksimal foydalanilgan;
-berilishi zarur bo’lgan o’quv materialining hajmi o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma
va malakalar darajasida bo’lishi;
-tavsiya etiladigan sinfdagi o’quvchilar uchun, taqdim etiladigan o’quv materialini berish
intensivligini o’zgartirish imkoniyatini ta’minlash;
-iqtidorli ta’lim oluvchilar uchun EATR fani doirasida maxsus qo’shimcha bloklar taqdim etish
(olimpiada masalalari, nobel mukofotlariga taqdim etilgan tematikalar va h.k.)
-foydalanuvchi uchun qulay, sodda, aniq, intuitiv va yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda
ishlab chiqilgan bo’lishi;
-o’rganiladigan o’quv materialini ta’lim oluvchi (o’quvchi) osonroq o’zlashtirilishi uchun
imkoniyat doirasida ovoz, animasiya, rasm va shu kabi media fayllar bilan boyitilgan bo’lishi; -
ta’lim oluvchining bilim darajasiga moslashuvchan, uning tayyorgarlik darajasiga bog’liq holda
ishlaydigan, uning hissiy va jismoniy imkoniyatlarini ham hisobga olishi;
-murakkab hisob-kitoblarni amalga oshirish, olinadigan natijalarni tahlil qilish, natijalarni grafik
interpretasiya orqali namoyish etish, o’rganiladigan fan mazmuniga ko’proq e’tibor berish,
masala va misollar yechish uchun sharoit yaratilishi;
-o’rganuvchining e’tiborini chalg’ituvchi ortiqcha elementlar bo’lmasligi;


-o’rganuvchining bilim, qobiliyat va psixologik xususiyatlari darajasini o’quv jarayoniga
muvofiqligini ta’minlash; -o’rganiladigan fan bo’yicha istalgan bosqichda o’z-o’zini nazorat
qilishga imkoniyat yaratish;
-o’rganiladigan fan bo’yicha tayyorlanadigan materiallarni istalgan tashuvchiga o’tkazish
imkoniyatining mavjudligi; -fanni o’rganishda imkoniyat doirasida kalit so’zlar, qo’shimcha
adabiyotlar, giperko’rsatmalar va yordamchi funksiyalaridan foydalanish imkoniyatlarining
bo’lishi;-tavsiya etiladigan sinfdagi o’quvchilarning barcha psixofiziologik va etnogenetik
xususiyatlarini hisobga olinishi shart.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin