Samarqand davlat chet tillar instituti qoshida tashkil etilgan Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazida pedagogig va kasbiy qayta tayyorlash uchun qabul eʻlon qiladi
Samarqand davlat chet tillar instituti qoshida tashkil etilgan Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazida pedagogig va kasbiy qayta tayyorlash uchun qabul eʻlon qiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi «Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 25-son Qarori, Xalq ta’limi vazirining 2023-yil 20-yanvardagi “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 18-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar hamda Samarqand davlat chet tillar instituti Kuzatuv kengashi tomonidan ma’qullangan 2022 yil 22-noyabrdagi 5-sonli bayonnomasi, taʼlimga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq maktabgacha va maktab ta’limi yoʻnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi (keyingi oʻrinlarda – Markaz) tashkil etilgan.
Shu munosabat bilan maktabgacha va maktab taʻlimi tizimida faoliyat olib borayotgan pedagog hamda nopedagog mutaxassislarni “Ingliz tili” va “Rus tili” yoʻnalishi boʻyicha tashkil etilgan qayta tayyorlash kurslarida taxsil olishlari uchun qabul boshlanganini e’lon qiladi. Kurslar 972 soatga moʻljallangan boʻlib ananaviy va masofaviy shakilda olib boriladi.
Xalq ta’limi tizimidagi oliy maʻlumotli pedagog kadrlarni turdosh mutaxassislikka kasbiy qayta tayyorlashning namunaviy yo‘nalishi