Nazorat savollari va topshiriqlar 1.Xalifalikning Xuroson va Movarounnahrdagi hukmronligining tugatilishiga, sizningcha, qanday omillar sabab bo‘lgan?
2. Ismoil Somoniyning davlat boshqaruvi sohasida amalga oshirgan islohoti qanday maqsadlarni ko‘zda tutgan edi?
3. Somoniylar sulolasi inqirozining asosiy sabablarini nimalarda, deb o‘ylaysiz?
4. Qoraxoniylar davlatining yuzaga kelishi jarayoni qanday tarixiy sharoitda kechdi?
5. Qoraxoniylar hukmronligi davrida mintaqa xalqlarining turmush tarzi, etnik tarkibida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?
6 . Chingizxon shaxsi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
7. Chingizxon 1219-yilgacha qanday hududlarni istilo etgan edi?
8. Muhammad Xorazmshoh davlatining ichki ahvoli qanday edi?
9. Movarounnahr shaharlari qanday mudofaa qilindi?
10. Jaloliddin Manguberdi shaxsi, uning mo‘g‘ullarga qarshi qurashlardagi
beqiyos jasorati haqida so‘zlang.
11. Jaloliddin Manguberdi yubileyi yurtimizda qachon va qanday
nishonlandi?
12. Chig‘atoy ulusi qanday vujudga keldi, qay tarzda boshqarildi?
13. Mo‘g‘ullar mahalliy aholiga qanaqa soliq va to‘lovlar soldi?
14. Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni to‘g‘risida tushuncha bering.
15. Torobiy qo‘zg‘oloni nima uchun mag‘lubiyatga uchradi?
16. Mas’udbekning Movarounnahrdagi boshqaruvchilik va islohotchilik
faoliyati haqida so‘zlang.
17. Kebekxon o‘lkada qanday o‘zgarishlarni amalga oshirdi?
18. Nima sababdan XIV asrning 40-60 yillariga kelib Chig‘atoy ulusi
iqtisodiy tushkunlik, hududiy parchalanishga yuz tutdi?
19. Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida O‘rta Osiyo xalqlarining madaniy-
ma’naviy hayotida qanday o‘zgarishlar yuz berdi?
20. Bu davrga xos O‘rta Osiyo xalqlari moddiy madaniyati namunalaridan
nimalarni bilasiz?
21. Turkiy (eski o‘zbek) adabiyot ijodkorlari asarlaridan so‘zlab bering.
22.Amir Temur shaxsini ta’riflab bering.
23. Amir Temur qanday vaziyatda siyosiy kurash maydoniga kirib keldi?
24. Amir Temurning buyuk tarixiy xizmatlari nimada?
25. Amir Temur davrida shakllangan markaziy davlat boshqaruvi tizimi qanday tamoyillarga asoslangan edi?
26. Amir Temurning xorijiy ellarga uyushtirgan harbiy yurishlardan ko‘zlagan maqsadlari nimalardan iborat bo‘lgan?
27. Temuriylar davrida hukm surgan soliq tizimi haqida tushuncha bering.
28. Amir Temurni harbiy sarkarda sifatida ta’riflab bering.
29. Uning yuksak diplomatik mahoratining sir-asrori nimada?
30. Mirzo Ulug‘bek shaxsi to‘g‘risida nimalar deya olasiz?
31. Mirzo Ulug‘bek amalga oshirgan ichki davlat siyosatining muhim jihatlari nimada?
32. Temuriylar sulolasi inqirozining asosiy sabablarini gapirib bering.
33. Husayn Boyqaro davrida Xuroson davlatining iqtisodiy va madaniy yuksalishining muhim omillarini tushuntirib bering.
34. Qanday omillar Amir Temur va temuriylar davri moddiy va ma’naviy madaniyatining ravnaqini ta’minlagan?