Samarqand davlat chet tillar instituti



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə41/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   139
Majmua 2023 yangi

Sinov savollari
1. Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahr va Xurosonni nisbatan oson egallashiga nimalar sabab bo’ldi?
2. Shayboniylar qachon va qanday shaharlarni zabt etdi?
3. Nima sababdan Shayboniylar Xurosonni qo’lda ushlab turolmadilar?
4. Nima uchun Turkiston uch xonlikka bo’linib ketdi?
5. Buxoro xonligining tashkil topishi haqida so’zlab bering, bu haqda referat yozing.
6. Xiva xonligi qanday muhitda, qachon tashkil topdi?
7. Abdullaxon II davrida Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida qanday o’zgarishlar yuz berdi?
8. Ashtarxoniylar kim, ular Buxoro xonligida hokimiyatni qachon qo’lgan kiritdilar?
9. Qachon va nima uchun Buxoro xonligi amirlik deb ataladigan bo’ldi?
10. Qo’qon xonligining tashkil topishini, hokimiyatni qanday sulola boshqarganini bilasizmi?
11. Buxoro, Xiva, Qo’qon xonliklari tarixiga doir qanday asarlar yozilgan?
12. O’zbek xonliklarida josuslik ishlari bilan shug’ullangan Rossiya
elchilari, ekspedisiyasi haqida nimalarni bilasiz?
13. Rossiya nima uchun xonlik chegaralarida harbiy istehkomlar qurdi?
Shunday istehkomlar qayerlarda barpo etilgan?
14. O’rta Osiyo masalasida ingliz-rus raqobati qanday bordi?
15. Rossiya bosqini qanday boshlandi?
16. Chimkentdagi janglar qanday bordi?
17. Toshkent mudofaasi haqida nimalarni bilasiz?
18. Amir lashkar Alimqul jasorati haqida so’zlang?
19. Jizzax mudofaasi, jang natijalarini bilasizmi?
20. Turkiston general-gubernatorligi qachon tuzildi, uning hududlarini
bilasizmi?
21. Jahonda qaysi davlatlar mustamlakachi davlat deb hisoblanadi va nima uchun?
22. Turkistonda chor Rossiyasining mustamlakachiligi davri qaysi yillarni qamrab oladi?
23. Milliy ozodlik harakati deganda nimani tushunasiz, uning sabablari
nimada?
24. Toshkent qo’zg’olonining sabablari, natijalarini bilasizmi?
25. Andijon qo’zg’oloni haqida nimalarni bilasiz?
26. Qanday voqyea 1916 yilda Turkistonda qo’zg’olon ko’tarilishiga turtki bo’ldi, asosiy sababi nimada edi?
27. Jizzax qo’zg’oloni haqida nimalarni bilasiz?
28. 1916 yilgi qo’zg’olonning ahamiyati nimada?
29. Jadidlar harakati nima va u Turkistonda qachon boshlangan?
30. Kimlar Turkistonda jadidlar harakatiga rahnamolik qildilar?
31. Mahmudxo’ja Bexbudiy faoliyati haqida so’zlang?
32. Munavvar qori Abdurashidxonov faoliyati haqida nimalarni bilasiz?
33. Jadidlar qanday gazeta va jurnallarni nashr etganlar?
34. Jadidlar qanday g’oyalarni ilgari surishgan?

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin