Detsentralizatsiya - nomarkazlashtirish; markaziy hokimiyat organlari vakolatlarining bir qismini mahalliy hokimiyat organlari, o’zini o’zi boshqarish organlari va nodavlat tashkilotlarga berish; markazlashuvnibo’shashtirish yoki bekor qilish, tugatish.
Diaspora – yun. diaspora -tarqalish ma’nosida bo’lib, ma’lum bir davlat hududida yashovchi, ammo boshqa bir davlatda o’z davlat tuzilmasiga ega, ma’lum bir xalq millat vakillarining yig’indisi (masalan O’zbekistonda yashovchi rus, ukrain millatining diasporasi).
Diversifikatsiya– lot. diversification – o’zgarish, turli-tumanlik, faoliyatni har tomonlamava turli-tuman yo’nalishlarda rivojlantirishga strategik mo’ljal olish. Masalan, kapitalni diversifikatsiyalash – iqtisodiy tavakkalchilikning xavfli oqibatini kamaytirish maqsadida kapital mablag’larni turli ob’ektlar o’rtasida bo’lib-bo’lib joylashtirish.
Diniy bag’rikenglik - bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o’zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish va to’g’ri tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hurfikr, vijdon va e’tiqod vujudga keltiradi.
Diskurs- ingl. discourse < lat. discursus – suhbat, muomala, monolog, dialog.
Differensiatsiya – (lot. differentia-farqlash, har xillik); taqsimlanish, nimanidir alohida turli xil unsurlargaajralishi, bo’laklarga bo’linish.
Dualizm – (lot.) ikki taraflamalik (shuningdek, falsafadagi dunyo asosida ikkita mustaqil bosh sabab – ruh va modda, ideallik va moddiylik mavjud degan qarashlar haqidagi ta’limot).
Evropotsentrizm- G’arbiy Evropa madaniyati butun insoniyat uchun na’muna, deb qarovchi konsepsiya. Unga ko’ra G’arbiy Evropa – jahon taraqqiyoti markazidir.
Jazo – huquqbuzarlik sodir etishda ayblangan shaxslarga nisbatan qo’llanadigan ma’naviy, moddiy yoki jismoniy cheklashlar bilan bog’liq bo’lgan majburlov chorasi.
Jamiyat – insonlar munosabati va ijtimoiy aloqalar yig’indisi. Jamiyat tarixiy, moddiy-ma’naviy hayot tarzidan kelib chiqqan holda umumiy orzu-maqsadlari bilan birlashgan insonlar uyushmasining alohida shakli. Jamiyat doimo o’zgarish va rivojlanishda bo’lib, uning asosini doimo insonlar tashkil etadi.