O`quv qo`llanma
172 Sahifa
Surunkali abdominal ishemiyaning ikkinchi simptomi –
ichak
disfunktsiyasidir. U taxminan 60-80% hollarda kuzatiladi va uning motor,
sekret ajratish va absorbtsion funktsiyasi buzilishida yuzaga chiqadi. Bu
simptomlarning og’ir-engilligi ishemiya darajasiga bog’liq. Ilk
bosqichlarida – qorin dam bo’lishi, aerokaliya,
qattiq qabziyat yoki ich
ketib turishi bilan namoyon bo’ladigan qorindagi yoqimsiz hodisalar
kuzatiladi. Biroq, bu simptomlar asta-sekin avj olib boradi. Qabziyat asta-
sekin ich ketar bilan almashinib, bu juda og’riqli bo’ladi.
Yuqori ichak tutqich arteriyasidagi qon aylanishi buzilishi uchun
ichakning
ham motor-sekretor, ham absorbtsion funktsiyasining buzilishi
xosdir. Pastki ichak tutqich arteriyasi zararlanganda evakuator
funktsiyaning buzilishi ko’zatiladi: uzoq vaqtgacha qabziyat bo’ladi, «qo’y
qumalog’i» ko’rinishidagi axlatga aksariyat qon aralashgan bo’ladi, tug’ri
ichak sfinkterlari funktsiyasi pasayadi.
Shunday qilib, ichak ishemiyasi (surunkali) ikkita asosiy formada
yuzaga chiqadi: yuqori ichak tutqich formasi –
ichakning sekretor va
absorbtsion funktsiyasi ustunlik qiladi (proksimal enteropatiya) va pastki
ichak tutqich formasi – ichak terminal bo’limining evakuator funktsiyasi
buziladi (terminal kolopatiya). Bemorlarda ovqatdan yuz o’girish,
ichakning sekretor va absorbtsion funktsiyalari pasayib ketadigan surunkali
abdominal ishemiyaning uchinchi simptomi tobora oriqlab ketish
hisoblanadi. Bu simptom bemorlarning 35-45 foizida aniqlanadi.
Pastki
ichak tutqich arteriyasi zararlanishlarida klinik belgilar ko’pincha
bo’lmaydi, bu magistral qon oqimi tanqisligining yuqori ichak tutqich
arteriyasi hisobiga yaxshi qoplanishidan dalolat beradi.
Yo’g’on ichak chap qismidagi qon aylanishining surunkali
buzilishlari kechishida 3 bosqich farq qilinadi: kompensatsiyalangan
bosqich, funktsional buzilishlar bosqichi bo’lib, bunda yo’g’on ichak
kolopatiyasi sindromi rivojlanadi va ishemik kolitlar, segmentar stenozlar,
yo’g’on ichakda gangrena rivojlanishi bilan o’tadigan organik buzilishlar
bosqichi.
Dostları ilə paylaş: