Gospital xirurgiyasi
3 Sahifa
SO’Z BOSHI
Keyingi yillarda xirurgiya fanining zo’r
berib rivojlanishi zamirida,
ilgari faqatgina yirik ilmiy markazlar imtiyozi hisoblangan ko’pgina
murakkab diagnostika uskunalarining – rentgen televizion qurilmalar,
ultratovush yordamida va endoskopik tekshiruv uskunalari xizmatidan
nafaqat
yirik klinikalar foydalanish, balki viloyat va tuman kasalxonalari
amaliyotiga keng miqyosda kirib kelishi,
yangidan yangi diagnostik
uskunalar (angiografiya, kompyuter tomografiya, doplerografiya va b.)
xizmatidan keng ko’lamda foydalanish, burun tasavvur qilish qiyin bo’lgan
yangi texnologiyalarning shiddat bilan kirib kelishi va ular bilan bog’liq
bo’lgan endoxirurgik va miniinvaziv operatsiyalar uchun moslama yoki
uskunalar taraqqiyoti yotadi. Albatta, bularning barchasini, etakchi omil –
jarrohlik sohasida olib borilayotgan
tinimsiz ilmiy izlanishlar, ular
natijalarini jahon ilm ahli orasida namoyon etish, ular tajribasiga tayangan
holda takomillashtirish, yuqori samarali jarrohlik amaliyotlari usul va
uslublarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga
keng tadbiq etishsiz,
tasavvur qilish qiyin.
Binobarin, bugungi kun torakal, qon tomir va endokrin xirurgiyasi
nafaqat
surunkali kasalliklarda, balki ushbu tizimlarning o’tkir
kasalliklarida, hamda murakkab tug’ma va orttirilgan patologiyalarda ham
torakoskopik operatsiya uslublaridan foydalanish, ko’pgina boshqa
surunkali va o’tkir xirurgik kasalliklarida
kichik yoki kam invaziv
operatsiya taktikasini qo’llash maqsadga muvofiq bo’lib, kundan kun odat
tusiga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, xirurgiya sohasida yangidan-
yangi yo’nalishlar paydo bo’lishi, oldingi qo’llanmalarda
ularning ifoda