O`quv qo`llanma
6 Sahifa
1– rasm. Kompyuter tomografiyada ko’ks oralig’ini normal ko’rinishi.
Komp’yuter tomografiya –
zamonaviy, batafsil ma’lumot beruvchi
tekshiruv usuli
hisoblanib, ko’krak qafasidan kerakli har qanday darajada
ko’ndalang kesma olishga va unda joylashgan barcha a’zolar
haqida
batafsil ma’lumot olishga imkon beradi.
Bundan tashqari, ko’ks oralig’ining
aniq diagnostikasi uchun
quyidagi usullar qo’llanilishi mumkin.
Pnevmomediastikografiya – ko’ks oralig’iga gaz kiritilgandan keyin
amalga oshiriladigan rentgenologik tekshiruv. Ko’ks oralig’i o’smalarining
chegaralarini aniqlashga yordam beradi. Sun’iy pnevmotoraks – plevral
bo’shliqqa gaz yuborish bilan bog’liq tekshirish usuli bo’lib, o’pkaning
o’smasini ko’ks oralig’idagi o’smalar va
kistalardan tafovut qilish
imkonini beradi.
Angiografiya – yurak va yirik qon tomirlarga kateter yordamida
rentgenkontrast moddalar yuborib rentgen tasvirlarni
olib tahlil qiluvchi
tekshirishdan iborat.
Biopsiya olish va diagnozni uzil-kesil aniqlash uchun: bronxlar
orqali punktsiya, torakoskopiya, transtorakal
aspiratsion biopsiya,
mediastinoskopiya yoki periarterial mediastinotomiya qilinib material
olinadi va undan preparat tayyorlanib, mikroskop yoki elektron mikroskop
yordamida tekshiriladi.
Ko’ks oralig’i jarohatlari
Ko’ks oralig’ining ochiq va yopiq jarohatlari farq qilinadi.
Ularni
yana a’zolar jarohatlanmagan yaralanishlar, oldingi ko’ks oralig’i