Gospital xirurgiyasi 7 Sahifa
jarohatlangan yaralanishlarga bo’lish mumkin. Klinik manzarasi qaysi
a’zoning qay darajada jarohatlanganiga, hamda qon oqish darajasiga
bog’liq bo’ladi.
Yopiq jarohatlar ko’pincha ko’ks oralig’i yirik qon tomirlarining
jarohatlanishi oqibatida ichga qon ketish, gematoma shakllanishi kabi
patologik jarayonlar bilan o’tadi. O’pka va bronxlar jarohatlanganda ko’ks
oralig’i emfizemasi rivojlanadi. Ko’ks oralig’i gematomasi va emfizemasi
nafas qisishi, tsianoz, venalarning bo’rtib chiqishi bilan namoyon bo’ladi.
Odatda bu holda, rentgenogrammada ko’ks oralig’ining kengayganligini,
gematoma paydo bo’lganida rentgentasvirda qorong’ilashgan soya
chegaralarini va emfizemada esa aksariyat yorug’ tortganligi aniqlanadi.
Davolash: yallig’lanishga qarshi muolaja o’tkazish, xayotiy muhim
a’zolar ishini bir meyorga solishga qaratilgan bo’ladi. Operatsiya qilish
uchun ko’rsatma bo’lib, a’zolar, yirik qon tomirlarning yorilib ulardan
profuz qon ketishi, ko’ks oralig’i a’zolarining ezilishi, ular faoliyatining
keskin pasayib ketishi kabi holatlar hisoblanadi.
Ochiq jarohatlar. Klinik manzarasi jarohatlangan a’zo turiga, qon
ketishning hajmi yoki darajasiga bog’liq.
Davolash – xirurgik yo’l bilan amalga oshiriladigan operatsiya hajmi
– jarohat turi va xarakteriga bog’liq.
Yallig’lanish kasalliklari O’tkir mediastenit – ko’ks oralig’i kletchatkasining o’tkir yiringli
yallig’lanishi. Uning paydo bo’lishiga, aksariyat hollarda ko’ks
oralig’ining ochiq jarohatlari, o’tkir uchli yot jismlar vositasida teshilishi,
kimyoviy moddalar ta’sirida kuyishi, ba’zan esa asbob-uskunalari
yordamida tekshirishda jarohatlanishi yoki bo’yinning chuqur
flegmonasining tarqalib ketishi sabab bo’ladi.
Klinik manzarasi. O’tkir mediastenit umumiy va mahalliy
simptomlarning
jadal
rivojlanishi
bilan
xarakterlanadi.
Kasallik
haroratning birdaniga 39-40°S darajagacha ko’tarilishi, gektik xarakterdagi
isitma, et junjikishi, kuchli terlash bilan boshlanadi. Shu holatda nafas
qisishi, tsianoz, taxikardiya erta boshlanadi, arterial qon bosimi pasayadi,
og’ir intoksikatsiya belgilari namoyon bo’ladi. Bemorlar odatda ko’krak va
bo’yin sohasidagi tortishadigan sanchiqli kuchli og’riqlarga shikoyat