Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
7 Sahifa 
jarohatlangan yaralanishlarga bo’lish mumkin. Klinik manzarasi qaysi 
a’zoning qay darajada jarohatlanganiga, hamda qon oqish darajasiga 
bog’liq bo’ladi. 
Yopiq jarohatlar
ko’pincha ko’ks oralig’i yirik qon tomirlarining 
jarohatlanishi oqibatida ichga qon ketish, gematoma shakllanishi kabi 
patologik jarayonlar bilan o’tadi. O’pka va bronxlar jarohatlanganda ko’ks 
oralig’i emfizemasi rivojlanadi. Ko’ks oralig’i gematomasi va emfizemasi 
nafas qisishi, tsianoz, venalarning bo’rtib chiqishi bilan namoyon bo’ladi. 
Odatda bu holda, rentgenogrammada ko’ks oralig’ining kengayganligini, 
gematoma paydo bo’lganida rentgentasvirda qorong’ilashgan soya 
chegaralarini va emfizemada esa aksariyat yorug’ tortganligi aniqlanadi. 
Davolash: 
yallig’lanishga qarshi muolaja o’tkazish, xayotiy muhim 
a’zolar ishini bir meyorga solishga qaratilgan bo’ladi. Operatsiya qilish 
uchun ko’rsatma bo’lib, a’zolar, yirik qon tomirlarning yorilib ulardan 
profuz qon ketishi, ko’ks oralig’i a’zolarining ezilishi, ular faoliyatining 
keskin pasayib ketishi kabi holatlar hisoblanadi. 
Ochiq jarohatlar.
Klinik manzarasi jarohatlangan a’zo turiga, qon 
ketishning hajmi yoki darajasiga bog’liq. 
Davolash
– xirurgik yo’l bilan amalga oshiriladigan operatsiya hajmi 
– jarohat turi va xarakteriga bog’liq. 
Yallig’lanish kasalliklari 
O’tkir mediastenit
– ko’ks oralig’i kletchatkasining o’tkir yiringli 
yallig’lanishi. Uning paydo bo’lishiga, aksariyat hollarda ko’ks 
oralig’ining ochiq jarohatlari, o’tkir uchli yot jismlar vositasida teshilishi, 
kimyoviy moddalar ta’sirida kuyishi, ba’zan esa asbob-uskunalari 
yordamida tekshirishda jarohatlanishi yoki bo’yinning chuqur 
flegmonasining tarqalib ketishi sabab bo’ladi. 
Klinik manzarasi.
O’tkir mediastenit umumiy va mahalliy 
simptomlarning 
jadal 
rivojlanishi 
bilan 
xarakterlanadi. 
Kasallik 
haroratning birdaniga 39-40°S darajagacha ko’tarilishi, gektik xarakterdagi 
isitma, et junjikishi, kuchli terlash bilan boshlanadi. Shu holatda nafas 
qisishi, tsianoz, taxikardiya erta boshlanadi, arterial qon bosimi pasayadi, 
og’ir intoksikatsiya belgilari namoyon bo’ladi. Bemorlar odatda ko’krak va 
bo’yin sohasidagi tortishadigan sanchiqli kuchli og’riqlarga shikoyat 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin