O`quv qo`llanma 20 Sahifa
Odatda, uzil-kesil diagnoz rentgenologik teshiruv natijasiga qarab
qo’yiladi. Rentgenologik manzarada: ko’krak qafasiga surilgan qorin
a’zolari tabiati va hajmiga, me’da-ichak yo’llarining to’lish darajasiga
bog’liq.
Me’da tushishida ko’krak qafasining chap tomonida suyuqlik ichish
va ovqat eyishda ko’tarilgadigan katta gorizontal sath ko’rinib turadi.
Ingichka ichak qovuzloqlari tushganda o’pka maydoni fonida ayrim
yorug’langan va soyalashgan qismlar ko’rinib turadi. Taloq yoki jigarning
surilganligi o’pka maydonining tegishli bo’limida qorong’ulanish beradi.
Ayrim bemorlarda diafragma gumbazi va undan yuqorida joylashgan qorin
a’zolari yaxshi ko’rinib turadi.
Me’da-ichak sistemasi a’zolarini kontrast modda yordamida
tekshirilganda, churraga tushgan a’zolarning tarkibi va tabiati aniqlanadi.
Churraga tushgan a’zolarni diaframadagi teshik sathida bosib ko’rish
asosida (churra darvozalari simptomi) churra darvozalarining joylashgan
joyi va o’lchamlari aniqlanadi.
Davolash: diafragmal churralarda siqilish imkoniyati borligini
hisobga olib, profilaktik niyatda operatsiya qilish kerak bo’ladi. Churra
o’ng tomonlama joylashganda operatsiyani IV qovurg’alar orasida
bajariladigan transtorakal kesma (yo’l) orqali qilinadi, parasternal
churralarda qulayroq kesma yuqori-o’rta laparotomiya, chap tomonlama
churralarda esa VII-VIII qovurg’alararo transtorakal kesmalar tavsiya
etiladi. Amaliyot jarayonida bitishmalar ajratilgach, diafragmadagi nuqson
chetlari ozod qilingandan so’ng, surilgan a’zolar qorin bo’shlig’iga
joylashtiriladi va nuqson alohida tugunli choklar yordamida dublikatura
hosil qilib tikiladi. Nuqson o’lchamlari katta bo’lganda diafragmani
kapron, neylon, teflon kabilardan tayyorlangan protezlar yordamida
(alloplastika) mustahkamlash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Parasternal churralarda (Larrey churrasi, retrosternal churra) surilgan
a’zolar o’z bo’shlig’iga joylashtiriladi, churra xaltasi kesib olib tashlanadi,
diafragma nuqsoni chetlariga va qorin mushaklari qinining orqa varag’iga,
suyak ustki pardasi, to’sh va qovurg’alarga birin-ketin П-simon choklar
qo’yiladi.
Qisilgan diafragmal churralarda transtorakal yo’l bilan kiriladi, qisib
turgan halqa kesilgach, churra xaltasining tarkibini tashkil qiluvchi a’zolar