Gospital xirurgiyasi 19 Sahifa
2. churraga tushgan qorin bo’shlig’i a’zolarining o’pkaga kompressiyasi va
ko’ks oralig’i surilishi; 3. difragma funktsiyalarining buzilishi va to’xtashi.
Shunga muvofiq holda diafragmal churralarda uchraydigan barcha
simptomlar quyidagilarga bo’linishi mumkin: a) joyi o’zgargan qorin
bo’shlig’i a’zolari faoliyatining buzilish muddati bilan bog’liq
gastrointestinal belgilar; b) o’pkaning ezilishi va yurakning surilishiga
bog’liq kardiorespirator simptomlar.
Bemorlar to’sh osti sohasida, ko’krak qafasida, qovurg’alar ostidagi
og’irlik sezgisi va og’riqdan, ayniqsa ko’proq ovqat eyilgandan keyin
paydo bo’ladigan nafas qisishi va yurak urishiga shikoyat qiladilar.
Ko’pincha churra tomondagi ko’krak qafasida bilqillagan va quldiragan
tovushlar eshitiladi, bemor gorizontal holatda yotganda nafas qisishi
kuchayadi. Ovqatlangandan so’ng bemor egan ovqatini qayt qilgach keyin
o’zini birmuncha engilroq his qiladi.
Qizilo’ngachning ham buralib qolishi bilan kechadigan me’da
buralishida, paradoksal disfagiya belgilari rivojlanadi (qattiq ovqat suyuq
ovqatdan ko’ra osonroq o’tadi). Klinik belgilarning yuzaga chiqish
darajasi, bevosita me’da-ichak yo’llarining to’liqlik darajasiga bog’liq
bo’lishi, katta diagnostik ahamiyatga ega.
Ko’krak qafasining tegishli yarmidagi yoki epigastral sohadagi qattiq
og’riqning orqaga, kuraklarga o’tishi – diafragmal churraning qisilib
qolganidan darak beradi. Kovak a’zoning qisilib qolishi, uning devorini
nekrozga uchrashi yoki teshilishi, piopnevmotoraks rivojlanishiga va uning
avj olishiga olib kelishi mumkin. Anamnezda jarohatlanish bo’lgani,
yuqorida sanab o’tilgan shikoyatlarning borligi, zararlangan tomonda
ko’krak
qafasi
xarakatchanligining
pasayishi
va
qovurg’alararo
oraliqlarning kengayganligi, uzoq muddatdan beri mavjud bo’lgan
churralarda – qorinning ichga botishi, ko’krak qafasining tegishli yarmi
ustida to’mtoq tovush yoki timpanitning aniqlanishi, me’da va ichaklarning
to’lish darajasiga ko’ra tovush kuchining o’zgarishi, bu sohada ichak
peristaltikasi
yoki
chayqalish
shovqini
eshitilayotganda
nafas
shovqinlarning sustlashishi yoki mutlaqo bo’lmasligi, ko’ks oralig’idagi
to’mtoq tovushning sog’ tomonga surilishi, diafragmal churra borligiga
xaqida dalolat beradi.