Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
15 Sahifa 
DIAFRAGMA KASALLIKLARI 
 
Anatomik-fiziologik ma’lumotlar 
Diafragma (diaphragma – yunoncha «to’siq») yoki to’sh-qorin 
to’sig’i, ko’krak bo’shlig’i a’zolarini qorin a’zolaridan ajratib turadi.
U yassi yupqa mushakdan iborat bo’lib, uning tolalari ko’krak qafasining 
pastki gumbaz qismining butun doirasi bo’yicha boshlanib, yuqoriga 
boradi va radial holda pay tizmasiga o’tib, o’ng va chap tomondan ko’krak 
bo’shlig’iga chiqib turadigan gumbazsimon qabariqlar hosil qiladi. Shunga 
muvofiq holda diafragmada ikkita qism farq qilinadi: markaziy pay qismi 
va chekka-mushak qismi. Keyingisi yana uch qismga: to’sh, qovurg’a va 
bel qismlariga bo’linadi. Diafragmaning ko’krak qismi biroz nozikroq 
ifodalangan bo’lib, ba’zi hollarda esa, hatto bo’lmasligi mumkin. Odatda u 
to’sh-xanjarsimon o’sig’ining ichki yuzasi va qorin to’g’ri mushaklari 
qinining orqa varag’idan boshlanadigan bir necha kalta tutamlardan iborat 
bo’ladi. Diafragmaning bu qismi kletchatka bilan to’lgan kichkina va tor 
uchburchak yoriq – ko’krak-qovurg’a bo’shlig’i yoki Larrey uchburchagi 
bilan qovurg’a bo’limidan ajralgan bo’ladi.
Qovurg’a qismi VII-XII qovurg’alar tog’aylarining ichki yuzasidan 
ko’ndalang qorin mushagi o’siqlari bilan navbatlashadigan alohida mushak 
tutamlaridan boshlanadi, so’ngra yuqoriga ko’tarilib pay markaziga o’tadi 
va diafragma gumbazlarining kattagina qismini hosil qiladi. Qovurg’a 
qismi, Boxdalek uchburchagi nomini olgan boshqa, huddi shunday 


O`quv qo`llanma
16 Sahifa 
uchburchak yoriq vositasida diafragmaning kuchliroq ifodalangan bel 
qismidan ajratilgan. Diafragmaning bel qismi har tomonlama uchta 
mushak “oyoqcha”lar: tashqi, oraliq va ichki “oyoqcha”lardan tashkil 
topgan bo’ladi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin