Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
9 Sahifa 
maqsadga muvofiq bo’ladi. Hayotiy muhim a’zolar ezilganda, xirurgik 
usullarni tanlashga to’g’ri keladi.
Ko’ks oralig’i o’smalari va kistalari 
Ko’ks oralig’i o’smalarining talaygina gistologik turlari mavjud. 
Kelib chiqishiga ko’ra ular: 

nevrogen 
(ganglionevromalar, 
neyroblastomalar, 
simpatikoblastomalar, oreoxomotsitomalar, nevrinomalar va nevrogen 
sarkomalar); 
- mezenximadan kelib chiqqan (fibromalar, fibrosarkomalar, 
lipomalar, 
liposarkomalar, 
limfangiomalar, 
gemangiomalar, 
angiosarkomalar va b.); 
- limfatik tugunlar retikulyar to’qimasidan paydo bo’lgan 
(limfosarkomalar, retikulosarkomalar, limfogranulematoz); 
- embriogenez buzilishi oqibatida paydo bo’ladigan ayrisimon yoki 
qalqonsimon bezlardan kelib chiqadigan (dermoid kistalar va teratomalar, 
seminomalar, xarinoepitelioma, ko’krak qafasi ichidagi buqoq) o’smalari 
bo’ladi.
Ko’ks oralig’i kistalari haqiqiy tselamik kistalar va perikard 
divertikullariga, bronxogen va enterogen parazitar kistalarga bo’linadi. 
Bular embriogenez jarayonining buzilishlari oqibatida kelib chiqadi. 
Ko’ks oralig’i o’smalari va kistalarini soxta o’smalar, 
anevrizmalardan (aorta, o’pka arteriyasi, toq vena anevrizmasi), diafragma 
churrasi, qizilo’ngach o’smalaridan tafovut qilish kerak bo’ladi. 
Klinik manzarasi.
Ko’ks oralig’ining o’smalari va kistalari ilk 
bosqichlarda belgisiz kechadi va ko’pincha profilaktika maqsadida 
o’tkazilgan rentgenologik tekshiruvlarda aniqlanadi. Keyinchalik o’sib 
ketganda va atrofdagi a’zolarni ezib qo’yganida, ko’krak qafasida og’riq, 
nafas olishning qiyinlashuvi kabi belgilar paydo bo’ladi. Ko’ks 
oralig’ining o’smalari rivojlanishi jarayonida kasallikka simpatik nerv 
aloqador bo’lganida Gorner simptomi aniqlanadi, qaytuvchi nerv 
qo’shilganda esa tovushning bo’g’ilishi kabi belgilar kuzatiladi. Yurakning 
ezilishi oqibatida, ko’krak qafasining o’ng yarmida og’riq paydo bo’ladi, 
yurak ritmining buzilishlari kuzatiladi. 


O`quv qo`llanma
10 Sahifa 
Nevrogen o’smalar orqa miyaning ezilishi belgilari – sezuvchanlik 
buzilishining turli xil turlari, parez, falajlar, kichik chanoqda joylashgan 
a’zolar faoliyatining buzilishlari bilan namoyon bo’lishi mumkin. 
Yuqori kovak venasining qattiq ezilishi – “yuqori kovak vena” 
simptomokompleksining (belgilar majmuasi) rivojlanishiga olib keladi. 
Bunda yuz, bo’yin, qo’llar, gavdaning yuqori yarmida shish va tsianoz 
paydo bo’ladi. Shu bilan birga o’smaga aloqador simptomlar paydo 
bo’lishi ham ehtimol. Ko’ks oralig’i o’smalarining ko’pchiligi xavfsiz 
o’smalardan hisoblanib, odatda o’smalar o’lchamining kattalashishi 
oqibatida a’zolarning ezilishi yuzaga kelganda, xirurgik yo’l bilan olib 
tashlanadi. Ko’ks oralig’i o’smalarining ko’pchiligi, vaqt o’tishi bilan 
xavfli o’smalar turiga aylanishi mumkin. Demak, ko’ks oralig’i o’smalari 
diagnostika qilinganda, bemorning ahvoli imkon bersa, profilaktik nuqtai 
nazardan uni jarrohlik amaliyoti usullarini qo’llab olib tashlash, ayni 
maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Ko’ks oralig’i o’smalari va kistalarining ayrim turlari diagnostikasi, 
kasallikning klinik manzarasi va davolash. Nevrogen o’smalar – ko’ks 
oralig’ining ko’proq uchraydigan xavfsiz o’smalaridan hisoblanadi. Ular 
odatda, orqa ko’ks oralig’i sohasida joylashadi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin