Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O`quv qo`llanma
8 Sahifa 
qiladilar. Bo’yinni egish va to’g’rilashda, boshni yon tomonlarga burishda, 
ko’krakni bosishda og’riq kuchayadi. Bemorlar majburiy holatni 
egallaydilar (boshini oldinga qilib qaddini baland qo’yib yotadilar). 
Qizilo’ngach, bronxlar teshilganda mediastinal, so’ngra esa teri osti 
emfizemasi vujudga keladi. 
Qon tahlilida yuqori leykotsitoz, leykoformulaning chapga siljishi, 
EChTning oshganligi ma’lum bo’ladi. Rentgenogrammalarda ko’ks 
oralig’i ko’lankasining kengayganligi, ichi bo’sh a’zolar teshilganda esa
ko’ks oralig’ida gaz borligi qayd etiladi. 
Davolash:
Muolaja tadbirlarini o’tkazish bilan birga jarrohlik 
amaliyoti (operatsiya) qo’llaniladi. Bundan maqsad infektsiya manbaini 
bartaraf etish, ko’ks oralig’ini antiseptik eritmalar bilan doimiy yuvib 
turish uchun qo’sh bo’shlig’li silikon naychalar bilan adekvat 
drenajlashdan iborat. Muolaja tadbirlari bakteriologik tekshiruvlar tahlili 
va nazorati ostida antibakterial muolaja, diurez stimulyatsiyasi bilan birga 
detoksikatsion infuzion muolaja, hamda bemorning immunologik holatini 
quvvatlaydigan muolajalar o’tkazishdan iborat. 
Surunkali mediastenit o’tkir mediastenitning oqibati bo’lishi 
mumkin. Unga sil, antipolipoz, zaxm sabab bo’lishi ehtimoli bor. Idiopatik 
sklerozlovchi mediastenit ham farq qilinadi. 
Klinik ko’rinishi.
Surunkali mediastenit uzoq vaqt mobaynida 
belgisiz kechishi mumkin. Keyinroq esa, ko’krak qafasida og’riq, tana 
haroratini subfebril ko’rsatkichlargacha ko’tarilishi, yo’tal, nafas olishda 
qiynalish va uning qisishi, lanjlik, holsizlik, yutish jarayonida qiynalishlar, 
ko’krakda siqilish sezgisining paydo bo’lishi kuzatiladi. Bu simptomlar 
odatda sil (o’pka yoki limfatik tugunlar sili), zaxm kabi spetsifik 
kasalliklaridagi bo’ladigan klinik belgilar bilan o’tadi. Sklerozlovchi 
mediastenitda, kasallikning rivojlanishi jarayonida asta-sekin yuqori kovak 
venaning ezilishi bilan bog’liq simptomlarning paydo bo’lishi (yuz 
kerikishi, qo’lda shish, tsianoz paydo bo’lishi), ko’krak teri osti 
venalarining g’oyat darajada kengayishi sodir bo’ladi. 
Diagnozni tasdiqlash uchun qizilo’ngach va yuqori kovak venasiga 
kontrast modda yuborib rentgenologik tekshirishdan foydalaniladi. 
Davolash:
spetsifik antibakterial preparatlar tayinlashdan iborat. 
Idiopatik sklerozlaydigan mediastenitda nurlash, kortikosteroidlar qo’llash 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin