Gospital xirurgiyasi
5 Sahifa
KO’KS ORALIG’I KASALLIKLARI
Anatomik-fiziologik ma’lumotlar
Ko’ks oralig’i – ko’krak bo’shlig’ining orqa tomondan umurtqa
pog’onasi, oldingi tomondan ko’krak, yon tomonlardan mediastinal plevra
va pastdan diafragma bilan chegaralanib turadigan qismi bo’lib, ko’ks
oralig’i yuqorida aniq chegaralarsiz bo’yin sohasiga o’tadi. Ko’ks oralig’i
shartli ravishda yuqori va pastki qismlarga bo’linadi,
uning sathi
IV ko’krak umurtqasidan o’tadi. Traxeya yuqori ko’ks oralig’ini shartli
ravishda oldingi va orqa ko’ks oralig’iga bo’ladi, yurak xaltasi esa pastki
va oldingi, o’rta va orqa ko’ks oralig’iga bo’ladi.
Ko’ks oralig’i topografikanatomik bog’liq a’zolar va to’qimalarning
yig’indisi hisoblanadi. Yuqori ko’ks oralig’ida traxeya, qizilo’ngach,
ayrisimon bez, aorta ravog’i, elka-bosh venalari, ko’krak limfatik yo’li
joylashgan bo’ladi. Pastki ko’ks oralig’ining oldingi va o’rta
qismlarida
yurak va perikard joylashgan bo’lib, o’rta qismining yuqori uchdan birida
esa traxeya bifurkatsiyasi, o’pka arteriyasi, aortaning yuqoriga ko’taruvchi
qismi joylashadi. Nihoyat, pastki orqa oralig’ida aortaning pastga
tushuvchi qismi, qizilo’ngach, ko’krak limfa yo’li, simpatik va
parasimpatik nervlar o’tadi.
Dostları ilə paylaş: