Gospital xirurgiyasi
11 Sahifa
o’smalar
qisman orqa miya kanali ichiga, qisman esa ko’ks oralig’iga
“qum soat” kabi shaklda bo’lib o’sadi. Shu munosabat bilan bemorlar
orqadagi og’riqqa shikoyat qiladilar, ularda
orqa miyaning bosilish
belgilari, parezlar va falajliklar rivojlanadi.
Rentgenologik alomatlar: tuxumsimon yoki yumaloq shakldagi
intensiv gomogen soyaning aniq chegaralari bor, ko’ks oralig’ining orqa
yuqori bo’limlarida
joylashadi, sun’iy pnevmotoraks qo’yilgandan keyin
yaxshiroq aniqlanadi.
Davolash – xirurgik yo’l bilan o’sma olib tashlanadi.
To’sh suyagi orti (ichki) buqoq.
Ko’krak qafasining to’sh suyagi
ortida joylashgan ichki buqoq tireoptoz (qalqonsimon bezining to’sh
suyagi ortiga tushishi) va ko’ks oralig’ida joylashgan qo’shimcha
qalqonsimon bezlar ham kiradi. Aksariyat o’ng tarafda, buqoqning bu turi
ko’proq uchraydi. Ko’krak qafasining to’sh suyagi ortida joylashgan ichki
buqoqning muhim belgilaridan biri bo’lib, traxeyaning ezilishi,
siqilishi
yoki deviatsiyasi (bir tomonga surilishi) hisoblanadi. Buqoqning
o’lchamlari katta bo’lganda ko’ks oralig’idagi yirik qon tomirlarining
ezilishi simptomlari: bo’yin teri osti
venalarining kengayishi va
pulsatsiyasi, bosh og’rig’i, yuz salqishi “kompression sindrom” rivojlanishi
mumkin.
3 – rasm. Qalqonsimon bez to’sh orti sohasida joylashish
varianti.
O`quv qo`llanma
12 Sahifa
Rentgenologik tekshiruv qo’llanilganda traxeya va qizilo’ngachni
joyidan siljiganligining aniq chegaralari soya (ko’lanka)
sifatida
aniqlanadi. Ko’pincha I131 bilan skanerlash aniqroq ma’lumot beradi.
Davolash – buqoqni xirurgik yo’l bilan olib tashlashdan iborat.
Timomalar
– ayrisimon bez o’smalari, xavfsiz va xavfli bo’lishi
mumkin. “Kompression sindrom” dan tashqari aregenerator anemiya,
Kushing sindromi namoyon bo’ladi. Ko’p hollarda miasteniya belgilari
(skelet mushaklarining birdaniga bo’shashishi,
chaynash, yutish, nutq,
nafas olishning buzilishi, mushak gipotrofiyasi) bilan o’tadi. Bu
simptomlar antixolinesteraza preparatlari yuborilgandan keyin kamayadi.
Diagnostika usullaridan mediastinografiya batafsilroq ma’lumot beradi.
Davolash – bezni operatsiya yo’li bilan olib tashlashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: