Gospital xirurgiyasi
17 Sahifa
chap tomonda joylashadi. Diafragma qizilo’ngach teshigining eni normada
1,0 sm dan 3 sm gacha bo’lib, uzunligi esa 3,5 dan 6 sm gacha kattalikka
ega bo’ladi. Diafragmaning qizilo’ngach teshigi orqali qizilo’ngachdan
tashqari, chap va o’ng adashgan nervlari o’tadi.
Diafragma o’pka bilan tutashgan joylarda va diafragmal-mediastinal,
hamda diafragmal-qovurg’a sinuslar sohasida
plevra bilan qoplangan
bo’lib, uning payidan, qorin ichi fastsiyasining
bir qismi hisoblangan
biriktiruvchi to’qima plastinkasi boshlangan bo’ladi.
Diafragmani juft mushak – diafragmal arteriya (a. musculophrenica)
lar va aortaning juft tarmoqlari: yuqorigi diafragmal arteriya va oltita
pastki qovurg’alararo arteriyalar orqali qon bilan ta’minlanadi.
Diafragmaning asosiy arteriyalari o’ng
va chap pastki diafragmal
arteriyalar bo’lib, ular aslini olganda butun diafragmani u yopishgan chiziq
bo’ylab vaskulyarizatsiya qiladi. Ko’p sonli limfatik tomirlar diafragma
qatlamlariga muvofiq joylashgan to’rlar hosil qiladi.
Diafragmadan limfa
oqishi, uning mushak-pay elementlari qisqarishi tufayli, ko’p sonli limfatik
tugunlar vositasida ruy beradi.
Diafragma ikkita diafragmal nervlar (nn. phrenici), ikkala tomondagi
oltita pastki qovurg’alararo nervlar (n. intercostalis) tarmoqlaridan
innervatsiya
qilinadi, shuningdek o’ng va chap diafragmal chigallaridan
nerv tolalarini oladi.
Dostları ilə paylaş: