Masala.
65 yoshli erkak tusatdan boshlangan chap oyoqdagi holsizlik bilan shifoxonaga keltirilgan. Аnamnezdan oxirgi 10 yilda АB- 180/110 mm s u.gacha vaqti- vaqti bilan ko’tarilgan. Ko’rikda: es-xushi aniq, АB- 190/115 mm. s.u., puls - minutiga 80ta, ritmik. Nevrostatusda: meningeal simptomlar yo’q, chap tomonlama pastki mimika mushaklari kuchsiz, mushak kuchi chap oyoqlarda 3 ballgacha pasaygan, chap tomonlama pay reflekslari jonlangan, chap tomonlama Babinskiy simptomi musbat.
Nazorat savollari:
1. Taxminiy tashxisni kuying. O’ng tomonlama bosh miyada qon aylanishning o’tkir buzulishi. Ishemik insult 2. Patologik reflekslarni tekshirish usulini kursating.
Patologik reflekslar markaziy piramidal yo'llar zararlanishi sababli yuzaga keladigan reflekslar bo'lib, sog'lom odamda chaqirilmaydi. Ularning mavjudligi bemorni chuqurroq tekshirishni talab qiladi. Biroq ilk bolalik davrida piramidal yo'llar mielinizatsiyasi tugagunga qadar (odatda, 2 yoshgacha) patologik reflekslar chaqirilishi mumkin.
Yozuvchi patologik reflekslar ( oyoqda tekshiriladi) Babinskiy refleksi; Oyoq panjasining tagi pastdan yuqoriga qarab to‘g‘nog'ichning o'tmas qismi bilan
chiziladi. Bosh barmoq orqaga qayriladi, qolgan barmoqlar yelpig'ichsimon yoyiladi.
Oppengeym Refleksi Boldirning old yuzasi bo'ylab bosh va ko‘rsatkich barmoqlar tizza tomondan pastga qarab yurgiziladi Xuddi shunday holat kuzatiladi
Gordon refleksi Boldir muskuli qo‘l bilan qisiladi Xuddi shunday holat kuzatiladi
Sheffer refleksi Axill payi qo‘1 bilan qisiladi Xuddi shunday holat kuzatiladi
Bukuvchi patalogik reflekslar; ( oyoq va qo’lda tekshiriladi) Rossolimo refleksi Vrach bemorning barmoqlari uchiga o‘zining barmoqlari bilan chertadi. Barmoqlar bukiladi
Bexterev I refleksi (Bexterev-Mendel refleksi) Oyoq va qo‘l panjasining orqa yuzasi bo'ylab lll-IV barmoqlar tagiga bolg'acha bilan uriladi Barmoqlar bukiladi