1. Umumiy sezgi va og'riqlarni tekshirish. Dastlab bemordan o g 'r iq la r b o r -y o 'q lig i so'rab-surishtiriladi. Odatda, ushbu ne rv zararlanishi uchun tok urgandek bir zumda o'tib ketuvchi o g 'r iq la r xos. Kuchli o g 'r iq kuzatiladigan nuqtaga trigger soha deyiladi. So'ngra for. supraorbitale, Infraorbitale va mentale nuqtalari bosib tekshiriladi. Og'riq, harorat va taktil s e zg ila r avval V ne rv shoxchalari sohasida (n e v ra l inne rva ts iya), so'ngra yuzning ichki, o'rta va tashqi aylanasida (segmentar inne rvats iya) tekshiriladi. 2. Ta’m sezgisini tekshirish.Avval qo g 'o zga nordon, shirin, sho'r va achchiq degan so'zlar katta harflar bilan yozib qo'yiladi. Sinaluvchidan tilini chiqarib turish so'raladi. So'ngra tilning oldingi 2/3 q ism iningbir tomoniga tomizg'ich orqali ma’lum ta'mga ega modda tomiziladi. Sinaluvchi tilini ichkariga tortmay turib qog'ozda yozilgan ta’mlardan birini ko'rsatib berishi kerak. Keyin sinaluvchi og'zini suv bilan chayib tashlaydi. So'ngra tilining ikkinchi tomoniga boshqa ta'mga ega modda tomizib ta’m sezish yana tekshiradi.
3. Harakat (chaynov) funksiyasini tekshirish.Sinaluvchidan pastki jag'ni chap va o 'n g tomonlarga harakatlantirish va o g 'izn i ochib-yumish so'raladi. So'ngra ikkala tom on da m. temporalis va m. masseter tarangligi tekshiriladi. Buning uchun vrach barmoqlarini ushbu muskullar ustiga q o 'y ib turadi va sinaluvchidan chaynov harakatlarini bajarish so'raladi. Iyakning pastiga vrach kaftini q o 'y ib turadi va sinaluvchidan o g 'z in i ochishni so'raydi. Vrach bunga qarshilik ko'rsatadi va shu y o 'l bilan pastki jag* kuchi tekshiriladi.
4. Reflekslarni tekshirish a) Shox parda ( korneal) refleksi.Buning uchun sinaluvchidan
yuqoriga va chetga qarab turish so'raladi. So'ngra buralgan toza q o g 'o zn in g uchi shox
pardaga (qorachiqqa emas) tegiziladi . Bunga javoban ko'z yumiladi. Ushbu refleks normada har doim chaqiriladi. Korneal refleksning afferent qismini n.ophthalmicus [V nerv), effe rent qismini n. facialis (VII n e rv j ta’minlaydi. Shuning uchun ikkala nerv patologiyasida ham korneal refleks pasayadi yoki so'nadi.