Bexterev II refleksi Nevrologik bolg'acha bilan tovonga, qo'lda esa kaftning pastki qismiga uriladi
Barmoqlar bukiladi
Jukovskiy refleksi Oyoq va qo'l kaftining o'rtasiga nevrologik bolg'acha bilan uriladi Barmoqlar bukiladi
Masala.
72 yoshli ayol zurikish stenokardiyasi bilan betob, to’satdan gorizontal holatda predmetlarni ikkilanishi rivojlanishi, o’ng qovoqning pastga tushishi, chap oyoq- qo’llarning holsizlanishi kuzatildi. 1 soatdan so’ng ayol shifoxonaga keltirildi. Ko’rikda: es-xushi aniq, meningeal belgilari yo’q, chap tomonlama ptoz, tashqariga qaragan g’ilaylik, o’ng ko’z olmasi tashqariga va pastga qaragan, o’ng qorachiq kengaygan, yorug’likka reaksiyasi yo’q. Chap qo’l va oyoqda mushak kuchi 3 ball, holsizlik, chap tomonlama pay reflekslari oshgan, chap tomonlama Babinskiy simptomi musbat.
Nazorat savollari
1. Taxminiy tashxisni qo’ying. Alternallashgan viber sindromi
2. Patologik reflekslarni tekshirish usulini ko’rsating. 1 da bor
Masala
45 yoshli ayol shifoxonaga intensiv bosh og’rig’i, kunduz kungi jismoniy zo’riqishdan keyin paydo bo’luvchi ko’ngil aynishi va qaytalanuvchi qusish bilan keltirildi. Yuqoridagi belgilar paydo bo’lgunga qadar o’zini sog’lom hisoblangan. Ko’rikda: es-xushi joyida АB-160/100 mm s.u, puls-70 ta minutiga, ritmik, yorug’likdan qo’rqish, bo’yin mushaklari rigidligi, parezi va boshka nevrologik o’zgarishlar yo’q.
Nazorat savollari.
1. Taxminiy tashxisni kuying. Bosh miyada qon aylanishing o’tkir buzulishi . AG 2
2. Meningeal simptomlarni tekshirish usulini kursating.
Meningeal simptomlarni tekshirish usullari
Ensa mushaklari rigidligi. Bemor tekis va ravon joyda tepaga qarab yotadi. Vrach uning boshini qo‘li bilan ushlab oldinga egadi. Normada bosh oldinga yaxshi bukiladi va bemorning dahani ko‘krakka tegadi. Agar bosh oldinga egilmay qotib tursa, bunga ensa mushaklari rigidligi deb aytiladi. Ensa mushaklari rigidligi turli darajada ifodalangan bo‘ladi: agar boshni oldinga egganda dahan ko‘krakkacha 1–2 sm ga yetmay qolsa – yengil, agar 3–5 sm yetmay qolsa – o‘rta
darajadagi rigidlik deb aytiladi. Agar bosh umuman oldinga egilmasa yoki orqaga qayrilib tursa – unda kuchli darajali rigidlik rivojlangan bo‘ladi. Ensa mushaklari rigidligini Neri simptomi bilan adashtirmaslik kerak. Neri simptomi ham xuddi shu tarzda, ya’ni boshni oldinga egib
tekshiriladi. Boshni oldinga egayotganda spinal ildizchalar tortilishi sababli bo‘yinning orqa qismida reflektor og‘riq paydo bo‘ladi. Demak, Neri simptomi ham patologik simptom bo‘lib, u spinal ildizchalar ta’sirlanishi (zararlanishi) hisobiga rivojlanadi. Meningitlarda ensa
mushaklari rigidligi deyarli har doim Neri simptomi bilan birgalikda
namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |