O’ng tomonlama bosh miyada qon aylanishning o’tkir buzulishi. Ishemik insult



Yüklə 146,94 Kb.
səhifə5/16
tarix07.01.2024
ölçüsü146,94 Kb.
#208423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
OSKE nevralogiya

Laseg simptomi – quymich nervining tortilishi sababli yuzaga keladigan simptom bo‘lib, n. Ischiadicus ta’sirlanishida doimo aniqlanadi. Bu simptomni tekshirayotganda bemor oyoqlarini uzatib, chalqanchasiga yotadi. Laseg simptomi 3 bosqichda tekshiriladi. Birinchi bosqich: vrach
bemorning og‘riyotgan oyog‘ini bir vaqtning o‘zida chanoq-son va tizza bo‘g‘imlarida bukadi. Bu bosqichda og‘riq kuzatilmaydi, chunki quymich nervi tortilmaydi. Ikkinchi bosqich: vrach bemorning oyog‘ini tizza bo‘g‘imida yoza boshlaydi, chanoq-son bo‘g‘imi esa bukilganicha
qoladi. Quymich nervining tortilishi sababli oyoqning orqalateral yuzasi bo‘ylab kuchli og‘riq paydo bo‘ladi. Uchinchi bosqich: vrach bemorning tizza bo‘g‘imida yozilgan oyog‘
ini sekin tushira boshlaydi va dastlabki holatiga qaytaradi. Bunda nerv tortilishi to‘xtaganligi sababli og‘riq yana kamayadi yoki to‘xtaydi.
Lasegning kesishgan simptomi – bemorning sog‘lom
oyog‘i tizza bo‘g‘imida emas, balki son bo‘g‘imida bukib
tepaga ko‘tariladi. Buning natijasida belda va kasal oyoqning
orqa tomoni bo‘ylab og‘riq paydo bo‘ladi.
Neri simptomi – bemorning boshini oldinga engashtirganda,
belda va oyoqning orqa-lateral yuzasi bo‘ylab og‘riq kuzatiladi.
Sikar simptomi – bemorning oyoq panjasini keskin pastga
bukkanda, tizza ostidagi chuqurchada og‘riq vujudga keladi.
Bexterev simptomi – oyoqlarini uzatib chalqancha yotgan
bemorning tizzasi pastga bosilsa, og‘riq kuzatiladi.
Dejerin simptomi – yo‘talganda yoki aksa urganda, quymich
nervi bo‘ylab og‘riq yuzaga keladi.
Bonne simptomi – tizza bo‘g‘imida bukilgan oyoqni yon
tomonlarga og‘dirganda og‘riq paydo bo‘ladi.
Maskevich simptomi – qorni bilan yerga qarab yotgan bemorning
oyog‘i tizza bo‘g‘imida bukilsa, oyoqning old
yuzasi bo‘ylab va chov sohasida og‘riq paydo bo‘ladi. Bu
simptom son nervi va uni hosil qiluvchi spinal ildizchalar
zararlansa kuzatiladi.
Vasserman simptomi – qorni bilan yerga qarab yotgan bemorning
oyog‘i orqaga ko‘tarilsa, oyoqning old yuzasi
bo‘ylab va chov sohasida og‘riq paydo bo‘ladi. Bu simptom
son nervi va uni hosil qiluvchi spinal ildizchalar zararlansa
kuzatiladi.
Erben simptomi – og‘riq kuzatilayotgan oyoqda teri
harorati pasayadi. Bu simptom quymich nervining vegetativ
tolalari zararlanganligi sababli yuzaga keladi.
Minor simptomi – bemor tik turganda og‘riyotgan oyog‘i
tizza bo‘g‘imida biroz bukilgan holatda bo‘ladi va buning
natijasida og‘riyotgan oyoq tovoni yerdan biroz ko‘tarilib,
sog‘lom oyoq tovoni esa yerga tegib turadi

Masala.
70 yoshli bemor ayol oyoq va qo’llarning ayniqsa chap tomonda xarakat kiyinlashuviga, uz uziga xizmat kilishni kiyinlashuviga, baʼzida kullarda kaltirash – asosan tinch xolatda, xarakatlarning sekinlashuviga, umumiy xolsizlikka, yurishning buzilishiga (kadam uzunligi va balandligi kamaygan, yurganda oldinga egiladi), tez tez yikilishlar, nikturiya, ich kotishi, АB oshib turishiga shikoyat kilmokda.


Nazorat savoli
1. Taxminiy tashxisni kuying. Parkinsonizm
2. Xarakat doirasini tekshirish usulini kursating.
1. Aktiv va Passiv harakatlar. 2. Muskullar trofikasini . 3. Mushaklar kuchini 4. Muskullar tonusini



Yüklə 146,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin