O’ng tomonlama bosh miyada qon aylanishning o’tkir buzulishi. Ishemik insult



Yüklə 146,94 Kb.
səhifə4/16
tarix07.01.2024
ölçüsü146,94 Kb.
#208423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
OSKE nevralogiya

Bexterevning yonoq simptomi – yonoq ravog‘iga bolg‘acha
bilan urilsa, o‘sha tomonda mimik muskullar qisqaradi;
Ko‘z olmasini bosib tekshirish – agar ko‘z olmasi bosib tekshirilsa,
bunga javoban mimik muskullar qisqarishi ro‘y
beradi. Bemor yuzini bujmaytiradi.
Trizm – yuqori va pastki jag‘larning (tishlarning) bir-biriga
qattiq qisilishi bilan namoyon bo‘ladigan holat. Agar bemorning
og‘zini ochishga harakat qilinsa, u reflektor tarzda
og‘zini yanada qattiqroq qisadi. Bu holat V nervning efferent
tolalari qo‘zg‘alishi bilan bog‘liq.
Boshning orqaga qayrilib qolishi – boshning orqaga keskin
qayrilishi va oyoq-qo‘llarning barcha bo‘g‘imlarda bukilishi
bilan namoyon bo‘ladigan holat.
Masala.
Bemor 33 yoshda. 2 kun oldin emotsional zo’riqish vaqtida to’satdan boshida “zarb” hissi paydo bo’lgan. To’satdan bosh og’rig’i, so’ng ko’ngil aynish va qusish paydo bo’lgan. Klinikaga gospitalizatsiya qilingan.
Obektiv ko’ruvda: АB – 115/70 mm s u. Pulsi minutiga 50 ta, ritmik. Yurak tonlari aniq. Ensa mushaklari rigidligining kuchli namoyon bo’lishi va ikkala tomonda Kerning simptomi aniqlanadi. Ko’z tubida patologiya aniqlanmadi. Oyoqlarda parezlar yo’q.
Qon analizi: SOE – 10 mm/s, leykotsitlar – 8000 1 mkl. Orqa miya suyuqligi qon aralashmasi bilan.

Nazorat savollari


1. Taxminiy tashxisni qo’ying. Bosh miyada o’tkir qon aylanishining buzulishi. Gemorargik insult
2. Meningeal simptomlarni tekshirish usulini ko’rsating. Yuqorida javobi bor

Masala.
50 yoshli erkak dala xovlida jismoniy zo’rikish vaqtida orqa miyaning bel sohasida, o’ng oyoqning orqa tashqi yuzasiga irradiatsiyalanuvchi(tarqaluvchi) og’riq xis qildi. So’rovda bemor yo’talganida, yoki aksirganida, bel harakatida og’riqning kuchayishini taʼkidladi. Ko’rik vaqtida tananing orqa guruh mushaklarining zo’rayishining kuchli namoyon bo’lishi, bel soxasida o’ngga qaragan skolioz, umurtqa pog’onasining bel sohasining tekisligi aniqlandi. Bel sohasida harakatning keskin chegaralanishi, tananing oldinga va yon tarafga egilishi ogriq hisobiga chegaralangan. O’ng oyoq katta yozuvchi barmog’ining kuchsizligi, o’ng boldirning tashqi yuzasidava oyoq kaftining tashki qirrasida ogriqli gipesteziya, o’ng tomonlama axill refleksining yo’qligi, o’ng tomonda 30 C burchakda Lassega simptomi musbat.


Nazorat savoli


1. Taxminiy tashxisni qo’ying. Bel dumg’aza pleksiyapatiya ( L4 L5 da patalogiya)
2. Tortilish simptomlarini tekshirish usulini ko’rsating.

Yüklə 146,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin