Muskullar trofikasini tekshirish. Periferik motoneyrondan muskullarga impulslarning to'xtovsiz oqimi nafaqat muskul tonusi, balki uning trofikasini ham ta’minlab beradi. Qadimda vrachlar nerv tolalarining kuchli ezilishi yoki bosilishida ikki-uch soat ichida muskullar oza boshlaganiga guvoh
bo'lishgan. Keyingi o'tkazilgan tadqiqotlar ham periferik motoneyronning yuqori darajada trofik funksiyasi borligini tasdiqladi. Shu bois ham muskul atrofiyasi periferik motoneyron zararlanishi
uchun patognomonik simptomdir. Shuning uchun ham periferik falajlikning ikkinchi nomi - bu atrofik falajlik. Markaziy motoneyron zararlansa muskullar atrofiyasi kuzatilmaydi.
Biroq markaziy falajlik sababli harakatsiz yotgan muskullar keyinchalik oza boshlaydi.
Bo'g'im kasalliklarida ham atrofiya kuzatilishi mumkin. Bunga artrogen atrofiya deyiladi, bunda muskullarda gipotoniya va atrofiya kuzatilsa-da, pay reflekslari pasaymaydi. Muskullar atrofiyasi
nasliy miodistrofiyalarda ham kuzatiladi. Bunday paytda atrofiya, atoniya va arefleksiya birgalikda namoyon bo'ladi. Demak, ularni spinal yoki nevrogen atrofiya bilan farqlay olish
kerak. Muskullar trofikasini tekshirish uchun dastlab ular paypaslab ko'riladi. So'ngra atrofiyaga gumon qilingan joy santimetrli lenta bilan o'lchanadi. Bu o'lchov qo'l bo'g'imlaridan 5 sm, oyoq bo'g'imlaridan 10 sm yuqori yoki pastda o'tkaziladi. Bunda chap va o'ng tomondagi muskullar aylanasi solishtirib ko'riladi. Xulosa yozayotganda sog'lom tomondagi muskulga qaraganda
atrofiyaga uchragan tomondagi muskul necha smga kichraygani ko'rsatiladi. Masalan, chap tomondagi bolder muskuli aylanasi, o'ng tomondagi boldir muskuli aylanasiga qaraganda 3 sm kichraygan va h.k. Muskullar aylanasi qo'loyoqlarni vertikal holatga keltirib tekshiriladi.
Masala.
55 yoshli erkak uydagi ogir taʼmirlash ishlaridan sung oyok kaftida xolsizlik va ivishishni xis kildi. Tekshiruvda oyok kaftini ichkariga bukuvchi mushaklarning xolsizligi, boldirning tashki yuzasida va va oyok kaftining ichki yuzasida sezgining barcha turlarini buzilishi aniklandi. Bemor ung oyok tovonida tura olmayapti, tizza (PR) va axill (AR) reflekslari saklangan.
Nazorat savoli
1. Taxminiy tashxisni kuying. N.PERANEUSI NEVRAPATIYASI
2. Oyoklarda pay reflekslarni tekshirish usulini va yuzaki sezgini tekshirish usulini kursating.
1. Og'riq sezgisini tekshirish. Og'riq sezgisi nina sanchish orqali o'rganiladi. Sinaluvchidan ko'zlarini yumib erkin o'tirish so'raladi. Vrach tekshirish zarur bo'lgan joylar va simmetrik
sohalarga nina sanchib tekshiradi. Ninani kuchli sanchish mumkin emas. Bu maqsadda to'g'nog'ichdan foydalaniladi. Tekshirish natijasini bilish uchun "nina sanchilgani sezildimi?"
"qaysi tomonda o'tkiryoki o'tmas?" deb so'raladi. Shuyo'l bilan og'riq sezgisi saqlangan, pasaygan, yo'qolgan yoki kuchayganligi bilib olinadi.
Dostları ilə paylaş: |